Chinoz tumani hokimligi
2.88K subscribers
20.1K photos
2.52K videos
22 files
5.53K links
Chinoz tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.

Kanal Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan yuritiladi.
Savol va murojaatlar uchun: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Chinoz_tumani
#O‘quv_seminari

👥 Chinoz tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktorining tashabbusi bilan yangi ishga qabul qilingan Mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun:
1. “Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi”;
2. “Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash" mavzularida o‘quv-seminari tashkil etildi.
📝 Seminar bosh ijtimoiy xodim M.Mazbudov moderatorligida Ijtimoiy to'lovlar sho'basi mudiri I.Ahmadjonov va bosh mutaxassis B.Qurbonovlar taqdimotlari orqali o'tkazildi.
👨🏼‍🏫 Seminarnig asosiy maqsadi ijtimoiy xodimlarning yo'nalish bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishlariga erishish hamda ish jarayonida yuzaga keladigan vaziyatlarda to'g'ri xulosa qabul qilishga o'rgatishdan iboratdir.
O'quv-seminarlarimiz yo'nalishlar bo'yicha davom etadi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani 

Chinoz tumani hokimining oʻrinbosari Nasiba Qoraboyeva "Ochamayli" mahalla fuqarolari yigʻinida aholi bilan uchrashdi.

🔰Tuman hokimining oʻrinbosari "Ochamayli" mahalla fuqarolari yigʻinidagi  10-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi hamda shu hududda joylashgan qishloq vrachlik punktida davolanayotgan aholi bilan suhbatlashib davo muolajalari sifati bilan qiziqdi.
🔰Shuningdek 3-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻquvchilarning davomati va yuqori sinf oʻquvchilari uchun Davlat imtihonlariga maktab maʼmuriyati tomonidan koʻrilayotgan tayyorgarliklar bilan tanishib chiqib kerakli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Diqqat

⚡️Toshkent viloyatida 20 may kunidan 20 iyun kuniga qadar "Harakat xavfsizligi oyligi" o‘tkaziladi.

🚔 Shuningdek Chinoz tumani hududida yo‘l-transport hodisalarini oldini olish, avtomobil yo‘llarida harakat xavfizligini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining 2024 yil 17 may kunidagi tegishli farmoyishi asosida 20 may kunidan 20 iyun kuniga qadar "Harakat xavfsizligi oyligi" o‘tkaziladi.

Barcha harakat ishtirokchilarini ushbu tadbirda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2024
#1_iyundan_20_iyungacha

📣📣📣📣📣

❗️IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda
ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining:
aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-sinfga;
tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfga qabul qilinadi.

🗺 HUDUDIY MAKTABLAR

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Chinoz_tumani
#Sayyor_qabul

♻️ Har bir murojaat ortida inson qadri mujassam.

♻️Ana shu ma'noda, aholi muammolarini òrganish va tizimli hal etish maqsadida Chinoz tumani hokimi òrinbosari Oila va xotin - qizlar bòlimi boshlig'i V.Mansurova hamda "Kattatepalik" mahalla fuqarolari yigʻini xodimlari ishtirokida xonadonbay sayyor qabul bòlib òtdi.
♻️Qabulda fuqarolarning murojaatlari eshitilib, muammolarini hal etish bo'yicha kerakli maslaxatlar berildi, ma'sul tashkilotlarga yonaltirildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani

⚡️Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan Chinoz tumanida joylashgan 36-sonli umumta’lim maktabida oʻquvchi yoshlari uchun “Prokurorlik soati” tashkil etildi.

♻️Uchrashuv davomida Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, FVB hamda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘quvchilarga yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyat uchun jazo muqarrarligi to‘g‘risida ma’ruzalar qilindi.

♻️Tadbirning badiiy qismida harbiy ansabl tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga xushkayfiyat ulashdi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|