Chinoz tumani hokimligi
2.49K subscribers
18.8K photos
2.25K videos
22 files
5.03K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Chinoz_tumani

Tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

🌱Chinoz tumani hokimining oʻrinbosari T.Tojiboyev "Madaniyat" mahalla fuqarolar yig‘inida aholi tomorqalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

🔹Oʻrganish ishlaridan koʻzlangan asosiy maqsad xalqni oʻz kuchiga va imkoniyatlariga ishontirib, oʻz taqdirini oʻz qoʻliga olishi, oilasi uchun daromadlarni oʻzi yaratishi mumkinligini singdirishdan iboratdir.

🔹Shundan soʻng
T.Tojiboyev hududdagi Davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotida ham boʻldi. U yerda bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.Bog‘cha hududini obodonlashtirsh va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha tavsiyalar berildi.

O‘rganish ishlari tumandagi boshqa mahallalarda ham davom etmoqda.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.

|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#ZAKOVAT

      🔰O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi "Zakovat intelektual o'yinni aholi o'rtasida ommaviy-ma'rifiy harakatga aylantirish va boshqa intelektual o'yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-96-son qaroriga muvofiq, Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabining Zakovat klub kordinatori Anvarjon Akmaljonovich boshchiligida 7-8-sinf o'quvchilari o'rtasida zakovat intellektual o'yini o'tkazildi. Bellashuv natijalariga ko'ra:
       🥇1-o'rinni 8-"A" sinf o'quvchilarining "Everest" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Forwarded from Alisher Mavlonov
#Chinoz_tumani

DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI

2024-yil 14-may kuni soat 11-00da Chinoz tumani hokimligi kichik majlislar zalida Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi, Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda va Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site |Facebook|Instagram|
📍#Chinoz tumani
📍#Jarayon

📚 Chinoz tumani 2-umumta'lim maktabida tuman hokimi o'rinbosari Nasiba Qoraboyeva va Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Dilmurod Isakovlar maktab va maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari bilan yig'ilish o'tkazildi.

Yig'ilishda tuman hokimi o'rinbosari Nasiba Qoraboyeva Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 2023-2024 oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar” to'g'risida tanishtirdi.

Yig'ilish davomida "Zamonaviy maktab" maqomini olgan 9, 10, 24, 32-sonli umumta'lim maktablarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|