Chinoz tumani hokimligi
2.25K subscribers
18.5K photos
2.21K videos
22 files
4.93K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
Forwarded from Alisher Mavlonov
#Chinoz_tumani
#Jarayon

⚡️Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tomonidan "Yovvosh" mahallasida parrandachilikni rivojlantirish maqsadida 100. million soʻm pul ajratilgan edi.Hozirda ushbu hududda parranda boqish uchun moʻljallangan maxsus kataklar yasalmoqda.
⚡️Tuman hokimi Sherzod Salixov qilinayotgan ishlar bilan yaqindan tanisharkan, mahalla faollariga "Bir mahalla, bir mahsulot" tamoyili asosida ushbu yoʻnalishni yanada rivojlantirish zarurligini taʼkidladi va bu borada tegishli masʼullarga koʻrsatmalar berildi.
Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, yasalayotgan ushbu kataklar oilaviy sharoiti ogʻir boʻlgan va ehtiyojmand 100 nafar oila vakillariga parrandachilik bilan shugʻullanish uchun beriladi. Qolaversa, hudud tajriba tariqasida "Bir mahalla, bir mahsulot" tamoyili asosida parranda gʻoʻshti va tuhim ishlab chiqarish uchun ixtisoslashtiriladi.


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram
#Chinoz_tumani

Xotira-aziz, qadr-muqaddas!

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Chinoz tumani xokimi Sherzod Salixov “Nuroniy” jamg'armasi tuman bo'limi raisi M.Mirsodiqov, Ixtisoslashtirilgan maktabi direktori O.Isoqov, “Nuroniy” jamg'armasi tuman bo'limi jamoatchilik kengashi a'zolari S.Norxo'jaev, T.Mansurovlar ishtirokida “Sarbozor” mahallasida istiqomat qiluvchi front orti mehnat faxriylari Xudoynazarova Mavluda, A.Navoiy mahallasida istiqomat qiluvchi Karimova Rixsi onaxonlarning xonadonlarida bo'lib, ularning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishdilar.

👉BATAFSIL

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram
#Xotira_abadiy_qadr_muqaddas
🔰9-may -Xotira va qadrlash kuni
📍Chinoz tuman


➡️ 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Chinoz tumani MMTB boshlig'i D.Isakov hamda Ta'lim va fan hodimlari kasaba uyushmasi Chinoz tuman Kengashi raisi F.Abdullayevlar hamkorlikda tumandagi nafaqadagi faxriy ustozlar uchun dasturxon tuzalib bir piyola choyga taklif qilindi.

➡️ Faxriy ustozlar yurtimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligini tilab dasturxonda duoga qo'l ochishdi. Tadbir so'ngida faxriy ustozlarga esdalik sovg'alar topshirildi.

Bizni kuzatishda davom eting, Sizlarga eng yaxshilarini ulashamiz!

Chinoz tumani MMTB rasmiy kanali
👇👇👇
https://t.iss.one/Chinoz_maktabgacha_va_maktab
🔰DEPUTATLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI DAVOM ETMOQDA

⚡️Chinoz tumani “Bog’bon” MFY hududida aholi va tadbirkorlarning murojaatlarini o’rganish maqsadida qabul o‘tkazildi.
⚡️Qabulda Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri Asqar Baxramov , Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi 16-saylov okrugidan saylangan deputat Olimjon Dadajonov, “Nuroniylar” jamg’armasi raisi Mirsoat Mirsodiqov hamda “Bog‘bon” MFY “Mahalla yettiligi” mas’ullari ishtirokida fuqarolarning kommunal xo'jaligi, sog'liqni saqlash, moddiy yordam va boshqa masalalardagi murojaatlarni bartaraf etish choralari ko‘rildi.
⚡️O‘rganish va aholi bilan muloqot natijalari bo‘yicha aniqlangan muammolar va shakllantirilgan takliflar “mahalla yettiligi” bilan umumlashtirilib, tegishli doimiy komissiyalarda ko‘rib chiqish uchun Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatiga taqdim etib borish belgilab olindi.
Toshkent viloyati Chinoz tuman hokimi QARORI

2024 - yil 08-may
Chinoz tuman hokimligi

Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi sakson to‘rtinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq
Q A R O R Q I L A M A N:

1. Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi sakson to‘rtinchi sessiyasi 2024-yil 15-may (chorshanba) kuni soat 11:00 da ZOOM platformasi orqali masofaviy (onlayn) tarzda chaqirilsin.

2. Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi sakson to‘rtinchi sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin:

- Chinoz tumanida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish holatini o‘rganish natijalari to‘g‘risida;

- Chinoz tumanida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ajratilgan kreditlar samaradorligini ta’minlash borasida 2024-yilning 5 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda tumanda “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturini tashkil etish bo‘yicha 2024-yilning 5 oyi davomida olib borilgan ishlar to‘g‘risida;

- boshqa masalalar.
#Chinoz_tumani

⚡️Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov "Istiqlol" mahalla fuqarolari yig‘inida tomorqadan samarali foydalanish va hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

🔹 Shuningdek, bu borada hududda “mahalla yettiligi” tomonidan qilingan ishlar ham o‘rganildi.
🔹Muloqotda, mahalladagi muammolarni o‘z vaqtida hal etilishi, tomorqa imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda aholining oilaviy daromadini oshirish, tomorqada yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
🔹Shundan soʻng tuman rahbari hududdagi 29-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida ham boʻldi. U yerda oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.Maktab hududini obodonlashtirsh va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|