Chinoz tumani hokimligi
2.27K subscribers
18.7K photos
2.23K videos
22 files
4.99K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Chinoz_tumani

"Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va Fuqaro muhofazasi oyligi" davomida...

Chinoz tumani FVB hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda "Yosh qutqaruvchi" koʻngillilar klublari oʻrtasida musobaqaning tuman bosqichi oʻtkazildi.

Oʻquvchi yoshlar orasida qutqaruvchi kasbiga boʻlgan qiziqishlarni oshirish va ularni "Vatanparvarlik ruhida" tarbiyalash hamda Favqulodda vaziyatlarga oid bilim, malaka hamda koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan musobaqada, jamoalar amaliy va nazariy sinovlarda ishtirok etib, oʻz mahoratlarini namoyish etdilar.

Musobaqa yakuniga koʻra,
🥇🏆 37-umumtaʼlim maktabi jamoasi - 1-oʻrin (viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi);
🥈 34-umumtaʼlim maktabi jamoasi - 2-oʻrin;
🥉 20-umumtaʼlim maktabi jamoasi - 3-oʻrinni egallashdi.

Musobaqa yakunida gʻolib boʻlgan jamoalar diplom, medal va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Chinoz tumani hokimligi Axborot xizmati.
#Chinoz_MMTB
#Olimpiada

Toshkent viloyati Chinoz tumani 1- IDUM oʻquvchilari Abrorova Nazokat va Axmadaliyeva Azizaxon BAA ning DUBAY shahrida boʻlib oʻtgan mental arifmetika olimpiadasida OLIY va faxrli 2- oʻrinlarni olib chempionlikni qoʻlga kiritishdi.

Abrorova Nazokat 5-"V" sinf oʻquvchisi OLIY oʻrin,
Axmadaliyeva Azizaxon 4-"G" sinf oʻquvchisi 2- oʻrinni egallashdi.
Ularga keyingi faoliyatlarida omad va zafarlar tilab qolamiz.
Toʻgarak rahbari: Boshlangʻich sinf oʻquvchisi (trener) Mazbudova Ma'mura

Chinoz tumani MMTB rasmiy kanali
👇👇👇
https://t.iss.one/Chinoz_maktabgacha_va_maktab
#ЭЛОН

⚡️Ҳурматли Чиноз тумани аҳолиси ва тадбиркорлар!

⚡️Чиноз тумани ҳокими 1-сектор раҳбари Шерзод Салихов томонидан 27-март чоршанба куни соат 14:00 да Чиноз тумани, "Қир" маҳалла фуқаролари йиғини ҳудудидаги 1-сектор штаби биносида бўлиб ўтадиган сайёр қабул ва меҳнат ярмаркасига таклиф этамиз.

⚡️Сайёр қабул ва меҳнат ярмаркасида Чиноз тумани ҳокими Шерзод Салихов ҳамда иқтисодий комплекс ташкилотлари раҳбарлари ва даҳлдор ташкилот-идоралари раҳбарлари иштирок этишади.

⚡️Сайёр қабул ва меҳнат ярмаркасига барча аҳоли ҳамда тадбиркорларни таклиф этамиз.


Чиноз тумани ҳокимлиги ахборот хизмати.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
⚡️Ҳурматли Чиноз тумани аҳолиси ва  тадбиркорлар!

⚡️Чиноз тумани прокурори Ғанишер Абдусаламов томонидан 27-март чоршанба куни соат 16:00 да 2-сектор "Наврўз" маҳалла фуқаролари йиғини ҳудудидаги 2-сонли касб-ҳунар мактаби биносида бўлиб ўтадиган сайёр қабул ва меҳнат ярмаркасига таклиф этамиз.

⚡️Сайёр қабул ва меҳнат ярмаркасида Чиноз тумани прокурори Ғ.Абдусаламов ҳамда иқтисодий комплекс ташкилотлари раҳбарлари ва дахлдор ташкилот-идоралари раҳбарлари иштирок этишади.

⚡️Сайёр қабул ва меҳнат ярмаркасига барча аҳоли ҳамда тадбиркорларни таклиф этамиз.

Чиноз тумани ҳокимлиги ахборот хизмати.

|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#inson_qadri_uchun

Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov aholi muammolarini o‘rganish maqsadida "Birlik" mahallasida bo‘lganida fuqaro S.Xaydarov nogironlik aravachasiga ehtiyoji borligini ma’lum qilib, bu borada amaliy yordam berishini so‘ragandi.
Ushbu murojaat qisqa vaqt mobaynida ijobiy hal etilib "Birlik" mahalla fuqarolari yig‘ini Sog‘lom avlod ko‘chasida yashovchi Sunnat Xaydarovga "Inson" ijtimoiy xizmatlari markazi xodimlari tomonidan nogironlik aravachasini yetkazib berildi.
⚡️Shuningdek mahalla faollari Xaydarov Sunnatning xonadoni va oila azolaridan doimiy xabardor bo‘lib turishi ta’kidlandi.


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Sessiya

Joriy yilning 26-mart kuni oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi 81-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyasi ishida xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati xodimlari, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

👉Batafsil


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|