Chinoz tumani hokimligi
2.11K subscribers
18.2K photos
2.18K videos
22 files
4.83K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
JAMOATCHILIK NAZORATI

Chinoz tumani

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi
PQ-341-son qarorining ijrosi yuzasidan Chinoz tumanida aholining ichimlik suvi va oqova suv bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘z muddatlarida va sifatli bajarilishini nazorat qilish maqsadida jamoatchilik nazorati guruhi tuzilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-341-son qarorining ijrosi yuzasidan Chinoz tumanida aholining ichimlik suvi va oqova suv bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati to‘g‘risida jamoatchilik nazorati guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri, jamoatchilik nazorati guruhi rahbari Asqar Baxramov olib bordi.

Yig‘ilishda Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Axmadali Xudayberganov, xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari, jamoatchilik nazorati guruhi a’zolari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, “Toshkent suv ta’minoti” MChJ rahbarining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va mas’ul xodimlari, loyiha buyurtmachilari va loyiha g‘olibi deb topilgan qurilish pudrat tashkilotlari rahbarlari, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati xodimlari, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi masala Chinoz tumanida aholining ichimlik suvi va oqova suv bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar holati, loyihalarni bajarish muddatlari va tartiblari to‘g‘risida “Toshkent suv ta’minoti” MChJ rahbarining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari,, loyiha buyurmachilari va loyiha g‘olibi deb topilgan qurilish pudrat tashkilotlari rahbarlarining hisobotlari eshitildi.

Muhokamalar davomida jamoatchilik nazorati guruhi a’zolari so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati
|Telegram | Web site | Facebook | Instagram|
#Chinoz_tumani
AHOLI MUROJAATLARIGA YECHIM TOPILDI.

Bugun Chinoz tumanida joylashgan O‘zbek-Tojik madaniyat markazi binosida "Tong-yulduzi" va"G‘ayrat"mahalla fuqarolari yig‘inida yashovchi fuqarolar ishtirok etishdi. Tashkil qilingan qabulda tuman hokimi Sherzod Salixov boshchiligidagi Xalq qabulxonasi mudiri, Xalq deputatlari tuman kengashi kotibiyati mudiri va deputatlar, hamda tashkilot rahbarlari qatnashishdi.
Qabulda fuqarolar uy-joy, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, sog‘ligini tiklash, soliq qarzdorligi, obodonlashtirish, qurilish hamda ta’mirlash ishlari, ichimlik suvi, va elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tuman hokimiga murojaat qilishdi. Qabul davomida bir qator masalalar shu joyning o‘zida ijobiy hal qilindi. Uzoq vaqt va mablag‘ talab qiladigan murojaatlar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi va ularning ijrosi nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram | Web site | Facebook | Instagram|
#Chinoz_tumani
INSON QADRI UCHUN

Bugun Chinoz tumanida joylashgan 2-sonli umum-ta’lim maktabida tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabulda Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov boshchiligida Xalq qabulxonasi mudiri, Xalq deputatlari tuman kengashi kotibiyati mudiri va deputatlari, hamda tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. Tashkil etilgan qabulda Chinoz tumanida joylashgan "Alisher Navoiy" va "Xo‘ja" mahalla fuqarolari yig‘ini aholisi qatnashdilar. Qabulda fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tuman hokimidan va tashkilot rahbarlaridan atroflicha javob olishdi. Shuningdek tuman hokimi qabulda qatnashgan fuqarolarga davlatimiz rahbari tomonidan yaratilgan sharoitlar chiqarilgan qaror va farmoyishlar to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Hozirgi kunda aholini mahalla byudjeti nimadan shakllanishi va mahalliy soliqlarni zarurati hamda har bir fuqaro soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashi kerakligi, to‘langan soliqlardan mahalla byudjetiga 10 foiz miqdorda mablag‘lar qaytarilishini va shu mablag‘lar evaziga aholi va mahalla raisi bilan birgalikda mahalla infratuzilmasini rivojlantirishga yoki boshqa zarur maqsadlariga ishlatishlari mumkinligi tushuntirildi. Tuman hokimi tomonidan mahalla aholisiga "Alisher Navoiy" va "Xo‘ja" mahalla fuqarolari yig‘inlarida yil oxiriga qadar ishsizlikni va kambag‘allikni sezilarli darajada kamaytirish va shu mahallalarning tajribasini butun tumandagi mahallalarga joriy qilish to‘g‘risida taklifi aholi tomonidan qizg‘in ishtiyoq va xursandchilik bilan kutib olindi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram | Web site | Facebook | Instagram|
#Chinoz_tumani
NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

Yurtimizda xalq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, avvalo inson huquq hamda manfaatlarini ta’minlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratish hisoblanadi.

Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov navbatdagi sayyor qabuli "Yovvosh" mahalla fuqarolari yig‘ini binosida bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabulda uy-joy, subsidiya, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, obodonlashtirish, qurilish hamda ta’mirlash ishlari, ichimlik suvi, va elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan va yana bir qancha yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.

Murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan bo‘lib, qolgan murojaatlar ijobiy hal etish uchun tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga biriktirildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram | Web site | Facebook | Instagram|