Chinoz tumani hokimligi
2.37K subscribers
18.8K photos
2.24K videos
22 files
5.02K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Chinoz_tumani
#Jarayon

Ayni kunlarda yurtimizda kuzatilayotgan sovuq ob-havo hamda tinimsiz yogʻayotgan qor yoʻllarning muzlashiga sabab boʻlmoqda.Bu oʻz navbatida avtomobillarning xarakatlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.Shu bois Yoʻl xarakati havfsizligi yo‘l patrul xizmati xodimlari Chinoz tumanidan oʻtuvchi M34  va M39 markaziy trassalarda avtomobillar xarakatini yaxshilash maqsadida bir qator tizimli ishlar olib bormoqda. Kun sovuq boʻlishiga qaramay soha xodimlar tomonidan tunu-kun faoliyat olib boradigan navbatchi ishchi guruhlar tuzilgan boʻlib, ular tomonidan maxsus texnikalarda qum va tuz aralashmasi sepilmoqda. Bu oʻz navbatida yoʻllarda tirbandlik va baxtsiz hodisalar boʻlishining oldini oladi. Ayni vaqtda yoʻllar muzlamasligi uchun barcha choralar koʻrilmoqda.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
#Чиноз_тумани
#ФВВ

Чиноз тумани Фавқулодда вазиятлар бўлими ходимлари томонидан туман худудида мавжуд ижтимоий соҳа объектларида хамда ФВДқТ кирувчи ташкилотларда тунги текширувлар ўтказилди ва навбатчи ходимларнинг хизмат фаолияти текширилиб,  кунинг соовуқ вақтида хизматни ташкил этиш бўйича керакли тавсиялар берилди.

Чиноз тумани ҳокимлиги ахборот хизмати.
#Chinoz_tumani
#Xotin-qizlar e’tiborda

Mahallalar va oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarning murojaatlarini hal qilish, yordamga muhtoj, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, mahallalarda jinoyatchilikni kamaytirish, sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish maqsadida Chinoz tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan Toshkent viloyati Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boshqarmasi, Ichki ishlar bo‘limi bilan birgalikda psixologik yordamga muhtoj, tazyiq va zo‘ravonlikga uchragan xotin-qizlar bilan psixologik trening va sayyor qabul tashkil etildi.

Shuningdek, ushbu uchrashuvda ajralish yoqasida turgan oilalarni saqlab qolish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash, mahallalarda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida ham keng ko‘lamli ishlar to‘g‘risida fikr yuritildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.