Chinoz tumani hokimligi
2.91K subscribers
20.4K photos
2.59K videos
22 files
5.66K links
Chinoz tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.

Kanal Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan yuritiladi.
Savol va murojaatlar uchun: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Chinoz_tumani

Yoʻllarda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida Chinoz tumani Yoʻl patrul xizmati xodimlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Tuman hududidan  oʻtuvchi M34 Toshkent Dushanbe avtomobil yoʻlining 43kmda joylashgan "Yangi- hayot"  "Navro‘z"  "Ahillik" mahallarida istiqomat qiluvchi aholi bilan "Diqqat piyoda"  deb nomlangan tadbir muntazam ravishda oʻtkazib kelinmoqda.Shuningdek, maktablar atrofiga yoʻl belgilari va tungi yoritish chiroqlari oʻrnatilmoqda.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani

Chinoz tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi harbiy xizmatchi va xizmatchilari tomonidan “Chorshanba – Favqulodda vaziyatlar va yong’inlar profilaktikasi” kuni tadbirlari doirasida tumanimiz fuqarolarning is gazidan zaharlanishni oldini olish, gaz-havo aralashmali chaqnash kabi favqulodda vaziyatlarni oldini olish hamda yong’in xavfsizligini ta’minlash bo’yicha profilaktik tadbirlar aholi turar uylari, ijtimoiy soha maskanlari va ta’lim muassasalarida amalga oshirilmoqda.  

Tadbirlarda ishchi va xizmatchilarning is gazidan zaharlanish, gaz-havo chaqnashi bilan bog’liq nohush holatlarni oldini olish, yong’in xavfsizligini ta’minlash bo’yicha tushuntirish va targ’ibot ishlari amalga oshirilib, eslatma va yo’riqnomalar berildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
Audio 24.01.2024
<unknown>
🟦🟦🟩🟩

Chorshanba – investitsiya, eksport masalalarini o‘rganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.

🔘Chirchiq shahri. Shahar hokimi Koreyaning “Young Jin Law, LLC” kompaniyasi hamda “AZ Energy Co., LTD” korxonasi vakillari bilan chiqindilarni qayta ishlash bo'yicha uchrashuv o‘tkazdi.

🔘Bo'ka tumani. Tuman hokimi tomonidan "TNA Agroinvest" xorijiy korxonasi faoliyati o'rganildi.

🔘Piskent tumani. Tuman hokimi Xitoyning “Shaanxi Lixin Chaoyang Construction Co., Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda Piskent tumanida zamonaviy koʻp qavatli uy-joylar qurish boʻyicha bitim imzoladi.

🔘Angren shahri. Shaharda tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsion loyihalarni yanada kengaytirish borasida qulay imkoniyatlar yaratilmoqda.

🔘O'rta Chirchiq tumani. Tumandagi "ECO SOFT TEXTILE" korxonasi aholi bandligini taʼminlamoqda.

🔘Bo'stonliq tumani. Tuman hokimi Xitoy Xalq Respublikasi investor va tadbirkorlari bilan uchrashuvlar oʻtkazib, ikki davlat oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish borasida muzokaralar olib bormoqda.

🔘Nurafshon shahri. Shahar hokimi boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.

🔘Chinoz tumani. Tumanda neftdan yoqilgʻi mahsulotlari olish loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Toshkent viloyati Chinoz tuman hokimi                                                                                                QARORI

2024 - yil 25 - yanvar                      
Chinoz tuman hokimligi

Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi yetmish oltinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq Q A R O R  Q I L A M A N:

1. Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdan tashqari yetmish oltinchi sessiyasi 2024-yil 26-yanvar (juma) kuni soat 15:00 da Chinoz tumani hokimligi katta majlislar zaliga chaqirilsin.

2. Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdan tashqari yetmish oltinchi sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin:

- Chinoz tumani mahalliy byudjetining 2023-yilgi ijrosi hamda 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘larini sohalar bo‘yicha taqsimoti to‘g‘risida;

- xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining 2024-yil 8-yanvardagi “Chinoz tumanining 2024-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VI-75-1-10-144-K/24-sonli qarorining 7-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;

- Chinoz tumanida “Temir daftar” ro‘yxatidagi ehtiyojmand oilalarni iqtisodiy-moddiy ahvoli yaxshilanganligi sababli “Temir daftar” ro‘yxatidan chiqarish, tumanda moddiy yordam va
ko‘makka muhtoj, og‘ir sharoitga tushib qolgan oilalarni “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritish hamda
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordam to‘lash bo‘yicha yanvar oyi grafigini tasdiqlash to‘g‘risida;

- O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Chinoz tumanidagi mavjud geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida;

- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati 2023-yil 13-dekabrdagi Respublikamizda yerlardan oqilona va samarali
foydalanish holatini o‘rganish, bu borada mahallliy Kengashlar tomonidan nazorat qilish samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi № 3787–IV/KQ-642–IV son Qo‘shma Qarorining ijrosi to‘g‘risida;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi Xalq qabulxonasi mudirining Chinoz tumanidagi sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning
2023-yilning 12 oyi yakuni bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati haqidagi axboroti to‘g‘risida;

- Chinoz tumanidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida Chinoz tumani Adliya bo‘limi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Adliya bo‘limi boshlig‘ining axboroti haqida;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 228-sonliqarorining Chinoz tumanidagi ijrosi yuzasidan bajarilgan ishlar haqida tumandagi sektor rahbarlarining hisoboti hamda sektorlarning 2024-yilning 1-yarim yilligiga mo‘ljallangan “Yo‘l
xarita”larini tasdiqlash to‘g‘risida;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi “Sud hujjatlari va
boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-6118-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan 2023-yilda tumanda amalga oshirilgan ishlar
to‘g‘risida Majburiy ijro byurosi Chinoz tumani bo‘limi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida;

- boshqa masalalar.
#Chinoz_tumani
#Bunyodkorlik

Chinoz tumanida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida, bir qator tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ayni kunlarda hududdagi “Ochamayli” mahalla fuqarolari yig‘inlarining “Yngi hayot” ko‘chasida, va "Xamza" mahalla fuqarolar yig‘inlarining ichki yo‘llari ta’mirlandi.

Hozirda Ilgari chang loy bo‘lgan manzillar endilikda keng va ravon koʻrinishga keldi. Amalga oshirilgan bu kabi bunyodkorlik ishlaridan aholi ham mamnun.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Bugun YUNESKO sobiq Bosh direktori Irina Bokova, “Og‘a Xon” jamg‘armasining madaniyat bo‘yicha Katta maslahatchisi Franchesko Bandarin hamda “Wilmotte & Associés” arxitektura byurosining Boshqaruvchi direktori Borina Andryu bilan uchrashdik.

Unda yaqin vaqt ichida Samarqand shahrida barpo etilishi rejalashtirilayotgan “Buyuk ipak yo‘li” muzeyining loyihasi taqdimoti bilan tanishdik. Muloqot davomida loyihaning o‘ziga xos jihatlari, uni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari haqida fikr almashdik.

Shuningdek, uchrashuv davomida Mirzo Ulug‘bek rasadxonasini rekonstruksiya qilish loyihasini ham ko‘zdan kechirdik. Ushbu maskanda tashrif buyuruvchilar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan inklyuziv muhit yaratiladi.
-
Сегодня мы встретились с Ириной Боковой, бывшим Генеральным директором ЮНЕСКО, Франческо Бандарином, старшим советником по культуре Фонда Ага Хана, и Бориной Андрю, управляющим директором архитектурного бюро Wilmotte & Associés.

Ознакомились с презентацией проекта музея «Великий шёлковый путь», который планируется построить в Самарканде в ближайшее время. В ходе беседы мы обсудили конкретные аспекты проекта и подготовку к его реализации.

Также в ходе встречи мы ознакомились с проектом реконструкции обсерватории Мирзо Улугбека. В этом месте для посетителей будет создана инклюзивная среда со всеми удобствами.
Joriy yilning 25-yanvar kuni Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi, Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi, Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Qo‘shma majlisda 14 masalalar ko’rib chiqildi va tegishli tashkilot hamda korxona rahbarlarining hisobotlari eshitildi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan doimiy komissiya a’zolari o‘z fikrlarini bildirdilar, ushbu masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama etilib, tegishli qaror qabul qilindi.
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati