Chinoz tumani hokimligi
2.11K subscribers
18K photos
2.16K videos
22 files
4.78K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Chinoz_tumani

📆Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyatining tegishli topshirig'iga asosan, Chinoz tumanida “Yong'indan ogohlik” umummilliy kompaniyasini amalga oshirish bo'yicha  chora-tadbirlar rejasi”da belgilangan vazifa va topshiriqlarning ijrosini ta'minlash, ijtimoiy soha obyektlarida, bozor, savdo obyektlari, qurilish joylari hamda aholi yashash xonadonlarida sodir  bo'lishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong'in xavfsizligini ta'minlash maqsadida, Chinoz tumani FVB, IIB, MG, tuman gaz, elektr va mahalla raislari bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar olib borildi.
⚡️Profilaktik tadbirlar tumanda sodir bo'lgan favqulodda vaziyatlarning tahlilidan kelib chiqan holda, "Nafis", "Islomobod", "Do'stlik", "Sutchilar", "Rasulobod" va "Chinmasjid" mahalla fuqarolar yig'inlarida yashovchi fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borildi. O'tkazilgan targ'ibot davomida fuqarolarga eslatma materiallari tarqatildi.

Chinoz tumani hokimligi Axborot xizmati.
#Chinoz_tumani

Toshkent viloyati Chinoz tumani “Afg'on” mfy hududida joylashgan 26- umumta'lim maktabida
3-sektor rahbari polkovnik O.G.Ganibekovning probatsiya hisobida turgan 45 nafar yoshlar bilan
uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Dastlab, mahallada soha vakillari ishtirokida yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olish
borasida qilinayotgan ishlar haqida ma'lumotlar berildi. Shuningdek, yigit-qizlar o'rtasida
huquqbuzarliklarni yuzaga keltirishi mumkin bo'lgan omillarni bartaraf etishda keng jamoatchilik
vakillarining faol ishtiroki ham bo'lishi kerakligi ta'kidlandi.
Tadbir davomida 14 nafar yoshlar ish bilan ta'minlandi. 5 nafarini JKning 73-moddasiga
asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etish buyicha sudga takdimnoma kiritishga
tavsiya berildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
#Chinoz_tumani

Chinoz tumani Ichki ishlar bo‘limi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamorlikda Probatsiya hisobida turgan, jazo muddatini o‘tayotgan fuqarolarni ish bilan taʼminlash maqsadida joriy yilning 22 yanvar kuni 12 nafar mahkumlar ishtirokida navbatdagi “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘zlarining qiziqishi va hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda mavjud yangi ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishdilar. Fuqarolardan 2 nafari ishga joylashtirilgan bo‘lsa, 5 nafariga esa ishga joylashish uchun yoʻllanmalar berildi. Shuningdek, tadbir davomida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlari tomonidan mehnat qonunchiligida bo‘lgan o‘zgarishlar va fuqarolarning huquqiy manfaatlarini ifodalovchi me’yoriy hujjatlar haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
#Rasmiy
#Tayinlov

Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi Toshkent viloyati boshqarmasiga rahbar tayinlandi


Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi raisi birinchi oʻrinbosari Jovdatxon Inogʻomov ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi.

Dastlab, yigʻilishda yangi tuzilma oldida turgan vazifalar, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, maʼnaviy- maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish masalalari viloyat va tuman, shaharlar sektorlar rahbarlari ishtirokida muhokama qilindi.

Shundan soʻng, Hoshimov Shuhrat Oʻrozaliyevich Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Maʼlumot oʻrnida: Sh. Hoshimov 1976-yilda Oʻrta Chirchiq tumanida tugʻilgan. Mutaxassisligi-iqtisodchi. U faoliyati davomida viloyat, tuman hokimliklarining bir qator masʼul lavozimlarida ishlagan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati hokimligining Ijro intizomi nazorati boʻlimi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM