Chinoz tumani hokimligi
2.11K subscribers
18.1K photos
2.17K videos
22 files
4.81K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Sessiya
#Chinoz tumani

Joriy yilning 24-noyabr kuni oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi yetmish uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyasi ishida xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati xodimlari, sektor rahbarlari, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiyaga Хalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ibragimov Farhod raislik qildi va olib bordi.

Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
1. Chinoz tumanida ko‘p qavatli uy-joylarni va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasining yaratilganlik holati to‘g‘risida;
2. Chinoz tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida joriy yilning yanvar-noyabr oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
3. Chinoz tumanida “Temir daftar” ro‘yxatidagi ehtiyojmand oilalarni iqtisodiy-moddiy ahvoli yaxshilanganligi sababli “Temir daftar” ro‘yxatidan chiqarish, tumanda moddiy yordam va ko‘makka muhtoj, og‘ir sharoitga tushib qolgan oilalarni “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritish hamda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordam to‘lash bo‘yicha noyabr oyi grafigini tasdiqlash to‘g‘risida;
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmoni ijrosi to‘g‘risida;
5. Chinoz tumani mahalliy byudjetining 2023-yil 9 oylik ijrosi hamda 2023-yil 3-chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi mablag‘larini sohalar bo‘yicha taqsimoti to‘g‘risida;
6. Chinoz tumanida mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi yuzasidan tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida;
7. Chinoz tumanida sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida;
8 Chinoz tumanida “Tashabbusli budjet” jarayonida g‘olib deb topilgan loyihalarning amalga oshirilganligi holati to‘g‘risida o‘tkazilgan nazorat-tahlil tadbiri yakuni haqida;
9. Chinoz tumani hududida “Hokimlikning yashil bog‘i”ni tashkil etish to‘g‘risida.
Sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar Ergashov Shuxrat, Muhamadieva Nigora, Shermatova Kammuna, Xafizov Xikmatilla so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Savol-javoblarga, keng muhokama va munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tgan sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati
#Chinoz_tumani

Chinoz tumani FVB xodimlari tomonidan tuman MMTBga qarashli 9-sonli umumtaʼlim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-sentabrdagi "Aholini zilzilada harakatlanishga tayyorlash tartibi to‘g‘risida" 513-son qaroriga asosan zilzila sodir boʻlganda oʻqituvchi va oʻquvchilarning harakatlari hamda evakuatsiya qilish boʻyicha oʻquv amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Oʻquv amaliy mashgʻuloti davomida binoni xavfsiz va tezlikda tark etish, evakuatsiya jarayonida xavfsizlik qoidalariga amal qilish, tartibli harakat qilish, jabrlanganlarni binodan olib chiqish hamda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish hamda boshqa kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha tushuntirishlar berildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Direktorlar_Angliyada

🔴 Ayni damda Buyuk Britaniyada kasbiy rivojlanish dasturida ishtirok etayotgan maktab direktorlari faoliyatidan videolavha.

✔️I
shtirokchilar ushbu dastur davomida Park Community school faoliyati bilan tanishishdi va xorijlik hamkasblari bilan tajriba almashishdi.

Shuningdek, ishtirokchilar maktablarda ta'lim sifatini oshirish va samarali boshqaruvni tashkil etish mavzularidagi seminar-treninglarda qatnashishmoqda.
#E'lon

Bugun soat 15:30 da "Nurafshon"  telekanalida Toshkent viloyati "Issiqlik manbai" ishlab chiqarish boshqarmasi boshlig‘i bilan jonli efirda ochiq muloqot o‘tkaziladi.  Muloqotda o‘zingizni qiziqtirgan savollar bilan ishtirok eting.

Telefonlar:
+998 71 214 19 32;
+998 71 214 12 72
___
#Эълон

Бугун соат 15:30 да "Нурафшон"  телеканалида Тошкент вилояти "Иссиқлик манбаи" ишлаб чиқариш бошқармаси бошлиғи билан жонли эфирда очиқ мулоқот ўтказилади.  Мулоқотда ўзингизни қизиқтирган саволлар билан иштирок этинг.

Телефонлар:
+998 71 214 19 32;
+998 71 214 12 72
___
#Объявление

Сегодня в 15:30 на телеканале "Нурафшон" состоится открытый диалог с руководителем управление по производству "Иссиклик манбаи" Ташкентской области. Просим жителей Ташкентской области принять активное участие в открытом диалоге и получить ответы на все интересующие и актуальные вопросы.

Телефоны:
+998 71 214 19 32;
+998 71 214 12 72

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Jamoat_transporti #Infografika

Toshkent viloyatida jamoat transportidan foydalanishda yoʻlovchilar uchun qulay tariflarni joriy etish hamda elektron toʻlovlarni ommalashtirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#E'lon

Bugun soat 15:30 da "Nurafshon"  telekanalida "Toshkent hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati bosh direktori bilan jonli efirda ochiq muloqot o‘tkaziladi.  Muloqotda o‘zingizni qiziqtirgan savollar bilan ishtirok eting.

Telefonlar:
+998 71 214 19 32;
+998 71 214 12 72
___
#Эълон

Bugun соат 15:30 да "Нурафшон"  телеканалида "Тошкент ҳудудий электр тармоқлари" акциядорлик жамияти бош директори билан жонли эфирда очиқ мулоқот ўтказилади.  Мулоқотда ўзингизни қизиқтирган саволлар билан иштирок этинг.

Телефонлар:
+998 71 214 19 32;
+998 71 214 12 72
___
#Объявление

Сегодня в 15:30 на телеканале "Нурафшон" состоится открытый диалог с генеральным директором акционерного общества "Тошкент ҳудудий электр тармоқлари". Просим жителей Ташкентской области принять активное участие в открытом диалоге и получить ответы на все интересующие и актуальные вопросы.

Телефоны:
+998 71 214 19 32;
+998 71 214 12 72

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#investitsiya
#“Yashil makon”


Xozirigi kunda Chinoz tuman hokimligining Investisiyalar sanoat va savdo bo‘limi xodimlar hamda sanoat korxonalari bilan birgalikda “Yashil makon” umummilliy loyihasiga o‘z xissalarini qo‘shish maqsadida Nafis MFY xududida joylashgan investisiya dasturlari asosida ishga tushgan “JU- FU” MCHJga qarashli xududda obodonlashtirish hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida turli xildagi 300 tup manzarali daraht ko‘chatlar ekildi.
Ma’lumot uchun: Joriy yilda “JU- FU” MCHJ korxonasi tomonidan 10 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bugungi kunda korxona tuman aholisining 60 nafarini ish o‘rinlari bilan ta’minlagan.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Мамлакатимиздаги уй-музейларнинг фаолиятини қайта кўриб чиқиб, уларни мазмун ва сифат жиҳатидан янги босқичга кўтариш вақти келди.
-
Пришло время пересмотреть деятельность домов-музеев нашей страны, а также вывести их на качественно и содержательно новый уровень.
Forwarded from Toshkent viloyati statistika boshqarmasi (TOSHVIL.STAT Axborot xizmati)
Chinoz tumanida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi qanchani tashkil etdi?

⚪️2023- yil yanvar-oktabr oylarida Chinoz tumanida 765,6 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,6 %ni tashkil etdi. Jami sanoat mahsulotlari hajmida hududning ulushi 0,9 %ga yetdi.

Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 4,0 mln. so‘mni va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2,7 mln. so‘mni tashkil etdi.


Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram
Forwarded from Toshkent viloyati statistika boshqarmasi (TOSHVIL.STAT Axborot xizmati)
Toshkent viloyatining qurilishi qanchaga o‘sdi?

2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 4 261,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 7,3 %ga o‘sdi.


Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram
#Sarhisob

VILOYATDA AVTOMOBIL QATNOV YO‘LLARI RAVONLASHMOQDA

Toshkent viloyatida avtomobil yo‘llari tarmog‘ini yanada yaxshilash, qatnov yo‘llarining texnik holati va harakat xavfsizligini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Viloyatdagi avtomobil yo‘llari uzunligi 13 655 kilometrni tashkil qilsa, shundan 4 045 km umumfoydalanuv yo‘llari, 358 km xalqaro, 1 354 km davlat hamda 2 333 km mahalliy ahamiyatdagi yo‘llardir.

Ichki yo‘llar uzunligi 9 610 kilometrga teng. Viloyat hududidagi avtomobil va ichki yo‘llarda joriy yilning yanvar-sentabr oylari davomida barcha dasturlar bo‘yicha ta’mirlash ishlari olib borildi.

Jumladan, 1 509 085,4 million so‘m miqdordagi mablag‘lar hisobiga 1 608,3 kilometr uzunlikdagi yo‘llarda ta’mirlash doirasidagi tadbirlar amalga oshirildi.

Shuningdek, viloyat hududidagi 7 ta infratuzilmani rivojlantirish dasturi, 6 ta shahar ko‘chalari, 1 ta erkin iqtisodiy zona, 566 ta ta’mirlash ishlari dasturi borasidagi ishlar bajarilib, foydalanishga topshirildi.

Bundan tashqari, PQ-408-qaror ijrosi yuzasidan mahallalarda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha 302 ta, PQ-5118-sonli qaror doirasida 176 ta, mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 2 ta obyektlar bitkazildi. Dasturdan tashqari 14 ta shag‘allashtirish ishlari olib borildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM