✅Chinoz tumani ixtisoslashtirilgan maktabida fizika fani ustozi tajribali Zafar Zayniddinovich boshchiligida Nyuton teleskopi orqali osmon jismlarini kuzatish amaliyoti o'tkazildi. Ochiq maydonda o'tkazilgan bu qo'shimcha mashg'ulot erta tongdan barcha o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otdi. Nazariy bilimlarini amaliyotda qo'llab katta taassurot olishdi. Fizika va Astranomiya fanlariga bo'lgan qiziqish yanada ortdi. Fan ustoziga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz va ularni tajribali, bilimli shogirdlarni tayyorlab chiqarishiga ishonamiz!
✅Bizni kuzatishda davom eting;
https://t.iss.one/Chinoz_im_piima
✅Bizni kuzatishda davom eting;
https://t.iss.one/Chinoz_im_piima
🔥"Yong'indan ogohlik" umummilliy kompaniyasida profilaktik tadbirlar davom etmoqda
🌨Kuz-qish mavsumi yaqinlashishi bilan ob-havo haroratining pasayishi kuzatiladi. Albatta, bunday vaqtda aholining elektr va boshqa turli xildagi isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoji ortadi.
⚡️Mavsumni betalofat o‘tkazish maqsadida, Chinoz tumani FVB, IIB. MG va mahalla faollari bilan hamkorlikda "Dehqonobod" MFYda yashovchi fuqarolar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazilildi.
📝Tadbir doirasida aholi yashash xonadonlarida fuqarolar bilan nosoz yoki qoʻlbola usulida yasalgan gaz va elektr isitish moslamalaridan to'g'ri foydalanish bo'yicha kerakli tavsiyalar berilib, yong'in sodir bo'lgan vaqtda "101" va "1050" qisqa raqamlariga qo'ng'iroq qilish bo‘yicha tushunchalar berilib, eslatmalar tarqatilmoqda.
Chinoz tumani hokimligi Axborot xizmati.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
CHINOZ TUMANI_YANGI O‘ZBEKISTON MAKTAB OSTONASIDAN BOSHLANADI_04.09.2023
📝Profilaktika
📆Toshkent viloyati hokimining 2023-yil 31-avgust kunidagi “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yong'inlar profilaktikasi samaradorligini oshirish va yong'in xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga muvofiq “Yong'indan ogohlik” umummilliy kompaniyasini amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi”da belgilangan vazifa va topshiriqlarning ijrosini ta'minlash, ijtimoiy soha obyektlari hamda aholi turar joylarida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong'in xavfsizligini ta'minlash maqsadida, tuman FVB, IIB, MG va mahalla faollari bilan hamkorlikda keng ko'lamli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
⚡️Profilaktik tadbirlar Ochamayli MFY hududidagi xonadonlarda yashovchi fuqarolar bilan, shu hududdagi 10-sonli DMTT ishchi xodimlari bilan hamda 7 va 21-sonli maktablarning o'qituvchi va o'quvchi yoshlar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

#E’lon
DEPUTATLAR DIQQATIGA
Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi oltmish to‘qqizinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq.
1. Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi oltmish to‘qqizinchi sessiyasi 2023-yil 13-sentyabr (chorshanba) kuni soat 15:00 da Chinoz tumani hokimligi katta majlislar zaliga chaqirilsin.
2. Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi oltmish to‘qqizinchi sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin:
- Chinoz tumanida maishiy chiqindilarni olib ketish xizmati faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar tomonidan 8 oy davomida olib borgan ishlar natijadorligi to‘g‘risida;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-341-son qarorining ijrosi yuzasidan Chinoz tumanida aholining ichimlik suvi va oqova suv bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;
- Chinoz tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida joriy yilning yanvar-sentabr oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
- Chinoz tumanida energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;
- boshqa masalalar.
Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.

FVVning yongʻin nazorati organlariga qoʻshimcha vakolatlar berildi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan FVV davlat yongʻin nazorati organlariga obyektlarda bir yilda koʻpi bilan bir martadan tekshiruv oʻtkazish vakolati berildi. Shuningdek, 50 nafardan koʻp odam toʻplanadigan obyektlarda har chorakda kamida bir marotaba monitoring va profilaktika tadbirlari oʻtkaziladi.
Joriy yilning 4-avgust kuni Vazirlar Mahkamasining “Yongʻinlar profilaktikasi samaradorligini oshirish va yongʻin xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (332-son) qabul qilindi.
Mazkur qarorga koʻra, 2023-yil 1-sentyabrdan muntazam ravishda “Yongʻindan ogohlik” umummilliy kompaniyasi amalga oshirilib, unda jumladan quyidagilar nazarda tutiladi:
➖taʼlim tashkilotlarida yongʻinlarning oldini olish va yongʻin sodir boʻlgan vaziyatda harakat qilish boʻyicha batafsil uslubiy mashgʻulotlar oʻtkazish;
➖davlat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari va boshqa tashkilotlarda ish joylarida yongʻin xavfsizligi boʻyicha oʻqitishni tashkil etish;
➖jamoat joylarida, taʼlim tashkilotlarida, ish joylarida va turar joy komplekslarida oʻt oʻchirish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish.
2024-yildan umummilliy kompaniya doirasida har bir hududda tadbirkorlar oʻrtasida “Yongʻin xavfsizligi aʼlochisi” tanlovi oʻtkaziladi.
Mazkur tanlov gʻolibiga 100 million soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi hamda uning faoliyati 2 yil davomida davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan tekshirilmaydi.
2024-yil 1-yanvardan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligini mustaqil baholash tartibi (yongʻin auditi) joriy etiladi.
2023-yil 1-sentyabrdan Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yongʻin nazorati organlariga quyidagi vakolatlar beriladi:
➖tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan obyektlarda:
➖bir yilda koʻpi bilan bir martadan batafsil (dastlabki) tekshiruv va nazorat tekshiruvini oʻtkazish;
➖jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va boshqa manbalardan olingan maʼlumotlar asosida tezkor tekshiruvlar oʻtkazish;
➖bir vaqtning oʻzida 50 nafardan koʻp odam toʻplanadigan obyektlarda (bozorlar, savdo-koʻngilochar majmualari, umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqalar) davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan har chorakda kamida bir marotaba monitoring va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish.
2023-yil 1-noyabrdan davlat yongʻin nazorati organlarining ijobiy xulosasini olmasdan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini auksionga chiqarish, qurilish obyektlari loyiha-smeta hujjatlarini kelishish hamda qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektlardan foydalanish uchun ruxsatnoma berish taʼqiqlanadi.
Bunda davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan xulosa berish muddati 7 kun etib belgilanadi.
2024-yil 1-yanvardan bozorlar va savdo komplekslariga tegishli bino va inshootlarni yongʻin hamda boshqa xatarlardan, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining mulkini yongʻin va tabiiy ofat oqibatida yetkaziladigan zarardan himoya qilish maqsadida, bozorlar va savdo komplekslariga tegishli bino va inshootlar mulkdorlarining javobgarligini majburiy sugʻurtalash tartibi joriy etiladi.
Shuningdek, 2023-yil 1-noyabrgacha tekshiruvlar jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish va tezkor axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish hisobidan davlat yongʻin nazorati inspektorlarining faoliyatini takomillashtirish imkonini beruvchi “E-inspektor” apparat-dasturiy majmuasi joriy etiladi.
🖌 Chinoz tuman hokimligi Axborot xizmati.

#Seminar
Nurafshon shahridagi “Yoshlar” markazida Toshkent viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi va Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bilan hamkorlikda viloyatdagi yosh jurnalistlar uchun oʻquv seminari tashkil etildi. Tadbirda Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi Toshkent viloyati boʻlimi raisi Rahmatilla Sheraliyev “Jurnalistika nima?”, “Tafakkur qilish”, “Material yozishdagi til va uslub” mavzusida soʻz yuritdi.
Seminarda oʻzaro fikr almashilib, muloqot qilindi. Yoshlarni qoʻshimcha bilimlar olishiga yoʻnaltirish, sohaga ixtisoslashish boʻyicha fikrlar bildirildi.
https://t.iss.one/AOKBToshvil