Chinoz tumani hokimligi
2.09K subscribers
18.3K photos
2.19K videos
22 files
4.86K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Chinoz_tumani
#Birinchi_qoʻngʻiroq

🟢Bugun tumandagi barcha umumtaʼlim maktablari yoshlarni oʻz bagʻriga chorladilar. Ilm maskanlarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, yangi – 2023-2024 oʻquv yili boshlandi. “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbirlari “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida boʻlib oʻtdi.

🟢Mazkur tadbirlarda sektor rahbarlari boshchiligida mutasaddi rahbarlar ishtirok etib, oʻquvchilarni yangi oʻquv yili bilan qutladilar hamda davlatimiz rahbari tomonidan taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, bu borada qilinayotgan ishlar xususida toʻxtalib oʻtdilar.

🟢Bu yil tumanimizdagi umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga 2655 nafar oʻquvchi qabul qilindi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
#Chinoz_tumani
#Jarayon

Chinoz tumani "Sarbozor" mahalla fuqarolar yig‘ini, Sarbozor ko‘chasida yashovchi 4 bosqich "Ayollar daftari"ning 2-toifasiga kiritilgan Maxkamova Muxayo Abduxakimovnaga dastur doirasida "Qandolatchilik" faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida 33 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘i ajratildi.

Bugungi kunda ushbu loyiha ishga tushib, 10 nafar xotin-qizlar pishiriqchilik, qandolatchilik, yevrodesert, yevropa va milliy taomlar  tayorlash yo‘nalishlarida  taxsil olmoqda.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
#Chinoz_tumani
#oziq_ovqat_xavsizligi

Chinoz tumanida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2019 yil 8 maydagi №386-sonli “Ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari faoliyatini tartibga solish xamda iste’mol bozoriga go‘sht va go‘sht maxsulotlarini yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Chinoz tumani "Obi xayot" mahalla fuqarolar yig‘ini xududida umumiy qiymati 960,0 mln.so‘mlik zamon talablariga javob beradigan yangi zamonaviy “VIS-BILLUR” yagona elektron tizmdan ro‘yxatdan o‘tkazilib hamda barcha sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda maxalliy tadbirkor Xaitov Murodjon tomonidan iste’mol uchun chiqariladigan go‘sht va go‘sht mahsulotlari uchun “Chinoz qushxona” tashkil qilinib, axoli va chorvachilik fermer xo‘jaligi qaramog‘idagi qoramollarni so‘yish hizmati yo‘lga qo‘yildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
#salom_maktab

Tumandagi 2-umumiy o‘rta ta'lim maktabida “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbirlarida davlat idora-tashkilot masʼullari ishtirok etishdi. 

“Mustaqillik dars”larida yurtimizda soʻnggi yillarda erishilgan yutuqlar, taʼlim sohasidagi oʻzgarish va yangiliklar, yoshlar uchun yaratilayotgan qulayliklar, shart-sharoitlar haqida oʻquvchilarga soʻzlab berildi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.