Chinoz tumani hokimligi
2.11K subscribers
18.1K photos
2.17K videos
22 files
4.81K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
Forwarded from Nurafshon TV | rasmiy (Sharofiddin)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
CHINOZ TUMANI_YOSHLAR SUMALAK SAYLI TASHKIL ETILDI_01.03.2023

obuna bo'ling:👇👇👇
https://t.iss.one/nurafshontvrasmiy
#Чиноз_тумани

Мукофот муборак
ИФТИХОРИМИЗ

Чиноз тумани таълим соҳасида 40 йилдан ортиқ меҳнат қилган, тумандаги 1-сонли касб-ҳунар мактаби директори Иброҳим ака Расуловнинг меҳнатлари муносиб тақдирланиб давлатимиз томонидан "Маҳалла ифтиҳори" кўкрак нишони билан тақдирланди ва  "Маҳалла" ҳайрия жамоат фонди томонидан "Навбаҳор" сиҳатгоҳига йўлланма берилди.
Фурсатдан фойдаланиб Иброҳим акани ушбу нишон билан самимий табриклаймиз.

Чиноз тумани ҳокимлиги ахборот хизмати.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TOSHKENT SHAHRI_NURONIYLARDAN IBORAT VILOYAT ISHCHI GURUHI CHINOZ TUMANIDA YANGILANISHLAR BILAN TANISHDI_01.03.2023

obuna bo'ling:👇👇👇
https://t.iss.one/nurafshontvrasmiy
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Muftiy hazrat: Muhtojlarga yordam ko‘rsatish – mo‘minlik burchi

https://t.iss.one/AOKBToshvil
OLTMISH BIRINCHI SESSIYA

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi oltmish birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishini xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Ibragimov Farxod Ismailovich olib bordi.

Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
- Chinoz tumani prokuraturasi tomonidan tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2022-yilda amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisida;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi “2022-2026-yillarda Toshkent viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 228-sonli qarorining Chinoz tumanidagi ijrosi yuzasidan bajarilgan ishlar haqida tumandagi 2-sektor rahbarining hisoboti to‘g‘risida;
- Chinoz tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida joriy yilning yanvar-fevral oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
- Chinoz tumanida xotin-qizlar muammolarini hal etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar hamda 2023-yil 4-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilayotgan xotin-qizlar ro‘yxatini va “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida;
- Chinoz tumanida “Temir daftar” ro‘yxatidagi ehtiyojmand oilalarni iqtisodiy-moddiy ahvoli yaxshilanganligi sababli “Temir daftar” ro‘yxatidan chiqarish, tumanda moddiy yordam va ko‘makka muhtoj, og‘ir sharoitga tushib qolgan oilalarni “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritish hamda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordam to‘lash bo‘yicha mart oyi grafigini tasdiqlash to‘g‘risida Chinoz tumani hokimining birinchi o‘rinbosari M.Zufarovning hisoboti;
- Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining 2023-yil 17-yanvardagi “Chinoz tumanining 2023-yil uchun mahalliy budjetni tasdiqlash to‘g‘risida”gi VI-59-1-10-144-K/23-son qarorining 4-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;
- Chinoz tumani hokimining kadrlarga oid ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.

Sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar Muxamadiyeva Nigora Maxmayusupovna, Saydaliyeva Mavluda Abdukabirovna, Isoqov Olimjon Ilxomjonovich, Teshabayev Davron Islamovich, Sodiqov Ismoil Ubaydullayevichlar so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati
#Тайинлов
Зуфаров Мурат Баходирович
Тошкент вилояти Чиноз тумани ҳокимининг молия-иқтисодиёт ва камбағалликни қисқартириш масалалари бўйича биринчи ўринбосари – иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш бўлими бошлиғи лавозимига тайинланди.
М.Зуфаров 1999 йил Тошкент давлат аграр университетини тамомлаган. Маълумоти бўйича мутахассислиги иқтисодчи.
Ушбу лавозимга тайинлангунга қадар у Чиноз тумани ҳокимининг ўринбосари – Инвестициялар ва ташқи савдо бўлими бошлиғи лавозимида ишлаган.

Чиноз тумани ҳокимлиги ахборот хизмати.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani

Toshkent viloyati Chinoz tumani "Bog‘bon" mahalla fuqarolar yig‘inida 3-bosqich "Ayollar daftari"ning 2-toifasi ro‘yxatida turgan fuqaro 33 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib, o‘zining tadbirkorlik faoliyatini boshlab, mahalladagi 6 nafar ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minladi.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
#Тайинлов
Кодиров Мирғиёз Юсубжанович
Тошкент вилояти Чиноз тумани ҳокимининг ўринбосари-инвестиция ва ташқи савдо бўлими бошлиғи вазифасини бажарувчи лавозимига тайинланди
М.Қодиров 2006 йилда Тошкент давлат аграр университетини сиртқи бўлимини тамомлаган.
Маълумоти бўйича мутахассислиги олим-агроном.
Лавозимга тайинлангунча Чиноз тумани Инвестициялар ва ташқи савдо бўлими бошлиғининг ўринбосари бўлиб ишлаган.

Чиноз тумани ҳокимлиги ахборот хизмати.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#Sumalak_sayli

🔰Chinoz tumanida tashkil etilgan sumalak sayli barchada zavqli taassurotlar qoldirdi. Sayil ishtirokchilari ko‘z o‘ngida milliy qadriyatlarimiz qayta jonlandi go‘yo...

💠Milliy taomlar bayram dasturxonlariga fayz qo‘shdi. Xalq o‘yinlari, milliy kiyimlar ko‘rgazmalari, el-u yurtning dilidan chuqur joy olgan qadimiy urf-odatlar, ezgu insoniy tuyg‘ularni tarannum etadigan kuy va qo‘shiqlar, o‘lan va laparlar dillarga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

🎥Mavzu tafsilotlari "Uzreport_tv" telekanali lavhasida.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
#Chinoz_tumani

Hokim yordamchisi - Xalq yordamchisi!

Tumanning Prokuror sektoriga qarashli Chinoz tumani "Do'stlik" mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi hamda mahalla raisining tashabbuslari bilan "Osoyishtalik" ko'chasi 5-uyda istiqomat qiluvchi Aristanov Olimxon Djuldashbekovich o'zini-o'zi ish bilan ta'minlash uchun 15 ot kuchiga bo'lgan, motokultuvator imtiyozli kredit asosida olib berildi va fuqaro rasmiy o'zini-o'zi band qildirib, ro'yxatdan o'tkazildi.

Mana shunday amaliy ishlar natijasida mahallada xonadonlardagi muammolarning aksariyati hal etilmoqda.

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.