Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati
5.82K subscribers
50.1K photos
5.53K videos
25 files
8.38K links
Download Telegram
#Маърифат_марафони

Республика Маънавият ва маърифат маркази Тошкент шаҳар Чилонзор туман бўлинмаси ҳамда туман Оила ва хотин қизларни қўллаб-қувватлаш бўлими билан ҳамкорликда туманимизда жойлашган Фан ва технологиялар университетида “Маърифат марафони” шиори остида давра суҳбати ўтказилди.

Ушбу давра суҳбатида ёшлар ўртасида оиланинг муқаддаслиги, оилавий тантаналар, маърака ва маросимларни ихчам ва тартибли ўтказиш юзасидан тушунчалар ва тавсиялар берилди.

Мазкур давра суҳбатида туман “Оқила аёллари ҳаракати” етакчиси Марям Маҳмудова ва “Мўътабар аёл” кўкрак нишони совриндори, шоира Муаттар Хамроевалар иштирок этиб мавзу юзасидан ўз фикр мулоҳазаларини билдирди.

🔵@Сhilonzor_tumani_hokimligi
#JARAYON

Chilonzor tumanida noqonuniy reklama banerlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

Shu o’rinda tadbirkorlarimizdan tegishli ruxsatnomalari mavjud bo’lmagan reklama vositalarini o’zlari faoliyat olib borayotgan bino va inshootlar, savdo nuqtalari va boshqa joylarga joylashtirmasliklarini so’rab qolamiz.

➡️ Mazkur chora-tadbirlar tumanimiz, qolaversa poyaxtimizning ko‘rkini saqlash va tartibli muhit yaratishga qaratilgan.

🔵@Сhilonzor_tumani_hokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Бокуда COP29 Жаҳон етакчилари саммитида иштирок этмоқда

Президент Шавкат Мирзиёев участвует в Саммите мировых лидеров COP29 в Баку

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Yosh nikoxhanuvchilar oilaviy hayotga tayyorlash o’quv kurslariga jalb qilinmoqda

Zamonaviy oilaning namunali shakli hamda “Oila-muqaddas dargoh”
ekanligini nikohlanuvchilar ongiga singdirib borish yo’nalishida tuman Adliya bo’limi hamda Oila va xotin -qizlar bo’limi hamkorligida yosh nikohlanuvchilarni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida “Baxtli oila siri” mavzusida navbatdagi seminar tashkil etildi.

Seminar 20 nafar nikokohlanuvchi shaxslarni oilaviy-huquqiy munosabatlarga tayyorlash, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan mavzularda tashkil etilib, seminar so’ngida oila qurish bo’sag’asida turgan nikohlanuvchilarga sertifikatlar tarqatildi.

Ma’lumot o’rnida aytish joizki, joriy yil boshidan tymanimizda yashovchi 182 ta juftlik oilaviy hayotga tayyorlash kurslarida o’qitildi.

🔵@Сhilonzor_tumani_hokimligi