Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati
6.99K subscribers
49.3K photos
5.42K videos
24 files
8.27K links
Download Telegram
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va qamrab olish tashabbusi doirasida shahrimiz tumanlari sektor rahbarlari poytaxtda va mamlakatdan tashqarida yashovchi yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazmoqda.

Jumladan, Olmazor tumani hokimi A.Umarxonov, Yakkasaroy tumani hokimi N. Allabergenova, Yangihayot tumani hokimi H.Inagamov, Mirobod tumani hokimi A.Sayfutdinov, Chilonzor tumani hokimi S.Xolxo‘jayev hamda Mirzo Ulug‘bek tumani 3-sektor rahbari Tuman IIO FMB boshlig‘i yosh va shijoatli yigit-qizlar bilan uchrashdilar.

Muloqot davomida yoshlar o‘zlarining yutuqlari, rejalari, maqsadlari haqida so‘zlab, murojaat va takliflarini bildirishdi.

Xorijda bo‘lib turganlar bilan esa onlayn suhbat tashkil etildi. Olisdan aloqaga chiqqan yoshlarning ham takliflari tinglandi hamda yurtimizda navqiron avlod uchun yaratilgan sharoitlar tanishtirildi.



В рамках инициативы по поддержке и вовлечению молодежи, руководители секторов районов нашего города проводят открытые диалоги с молодыми людьми, проживающими как в столице, так и за пределами страны.

В частности, хоким Алмазарского района А. Умархонов, хоким Яккасарайского района Н. Аллабергенова, хоким Янгихаётского района Х. Инагамов, хоким Мирабадского района А. Сайфутдинов, хоким Чиланзарского района С. Холхужаев, а также руководитель 3-го сектора Мирзо-Улугбекского района встретились с энергичными и целеустремленными юношами и девушками.

В ходе этих встреч молодые люди поделились своими достижениями, обсудили планы и цели на будущее, а также высказали свои предложения и пожелания относительно улучшения условий для молодежи в нашем городе.

Для тех, кто находится за границей, была организована онлайн-беседа. Молодежь, вышедшая на связь издалека, предложила свои идеи и получила информацию о том, какие условия создаются в нашей стране для молодого поколения.
Nukus shahriga investitsiya kiritish, yangi loyihalarni amalga oshirish yo'lida

✔️ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi "2020-2023-yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4889-sonli qarori 1-ilovasiga muvofiq, Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus shahrini o'sish nuqtalari "drayver" sohalarini amalga oshirilishi uchun Toshkent shahar va tuman hokimliklari biriktirilgan.

✔️ Jumladan, Chilonzor tumani hokimi o‘rinbosari Abdukodirov Abduhamid Abdumalikovich va Chilonzor tumanidan "Funksional Oziq-ovqatlar Kombinati" MChJ, "Findland Butter" MChJ, "Moy Gorod" MChJ vakillari Nukus shahrida bo‘lishdi. Tashrif davomida Nukus shahriga investitsiya kiritish, yangi loyihalarni amalga oshirish va mavjud korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borishdi.

➡️ Natijalar to‘g‘risida keyingi xabarlarimizda maʼlumot berib o‘tamiz.

🔵@Сhilonzor_tumani_hokimligi
#Кун_ҳикмати

Қора қоғоз ҳарчанд ювган билан оқ бўлмайди.

Оқ қоғозни қора қилиш учун бир чизиқ тортиш кифоя.

Қорани оқлаш эмас, оқни қораламаслик адолатдир.

Ўткир Ҳошимов

Кунингиз хайрли ўтсин, азиз тумандошлар!

@Сhilonzor_tumani_hokimligi
Сайлов - 2024

«Тараққиёт стратегияси» маркази ахборот хизмати.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
#Сўраган_эдингиз

Bolaning hujjatlarini maktabga topshirganda, o‘qish boshqa tilda olib boriladigan tillar uchun suhbat o‘tkaziladimi?

Ota-onalar farzandini ta’lim boshqa tilda (jumladan rus tilida) o‘qitiladigan sinfga o‘qitish uchun ariza topshirgan bo‘lsa, bolaning shu tilda boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmasiga ega ekanligi qabul komissiyasi tomonidan o‘rganiladi.

Namunaviy savollar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining rasmiy sayti (www.uzedu.uz) "Ota-onalar" bo‘limida e’lon qilingan.

Bola tanlagan tilda boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmasiga ega bo‘lmasa, qabul komissiyasi bolani so‘zlashuv ko‘nikmasiga mos sinfga yoki boshqa maktabga joylashtirish bo‘yicha xulosa beradi.

Bolani maktabga qabul qilish rad etilishi mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq, Qabul komissiyasi 3 ta holatda arizani rad etishi mumkin:

bolaning tibbiy ma’lumotnomasida umumta’lim maktabida ta’lim olish tavsiya etilmagan bo‘lsa;
tanlagan ta’lim tilida boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmasiga ega bo‘lmasa;
so‘rovnomada keltirilgan ma’lumotlar noto‘g‘riligi aniqlansa.

❗️Arizasi rad etilgan fuqarolar avvalgi ariza raqamini ko‘rsatib, aniqlangan kamchilikni bartaraf etgan holda qayta ariza berishlari mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM