Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati
6.99K subscribers
49.3K photos
5.42K videos
24 files
8.27K links
Download Telegram
#Konstitutsiyamiz_32_yoshda

🇺🇿Chilonzor tumani hokimligi tashabbusiga ko’ra bosh qomusimiz qabul qilinganligining
#32_yilligi munosabati bilan targ’ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi.

Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.
(52-modda).

🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi
#Konstitutsiya_barchamizniki
#Konstitutsiyamiz_32_yoshda

🇺🇿Chilonzor tumani hokimligi tashabbusiga ko’ra bosh qomusimiz qabul qilinganligining
#32_yilligi munosabati bilan targ’ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

#Har_kim ta’lim olish huquqiga ega va Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir.
(50-modda)

🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi
#Mening_Konstitutsiyam!

🇺🇿Chilonzor tumani hokimligi tashabbusiga ko’ra bosh qomusimiz qabul qilinganligining #32_yilligi munosabati bilan targ’ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Har kim sog‘lig‘ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli.

Davlat sog‘liqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini, tibbiy sug‘urtaning har xil turlarini rivojlantirish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash choralarini ko‘radi.
Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
(48-modda)


🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi
#Ўрганиш

Ижтимоий объектлардаги иситиш тизимининг ишлаш ҳолати ўрганилди


Чилонзор тумани прокурори, 2- сектор раҳбари Нурали Норбаев ва тегишли масъуллар томонидан сектор ҳудудида жойлашган ижтимоий объектлардаги иситиш тизимининг ишлаш ҳолати ўрганилмоқда.

Шунингдек, масъуллар томонидан 22- сонли Меҳрибонлик уйи биносининг тунги пайтда иситилиш ҳолати ўрганилди. Бино меъёрида иситилаётгани ва камчиликлар йўқлиги аниқланди.

Ўрганишлар давом эттирилмоқда.

🔵@Сhilonzor_tumani_hokimligi
#Қўмондонлик_ўқув_штаб_машқи_Чилонзорда

Тошкент шаҳрида 2024/2025-йиллар давомида куз-қиш мавсумида энергетика, коммунал ва ижтимоий соҳа объектларида содир бўлиши мумкин бўлган фавқулодда вазиятлар ҳамда йирик аварияларнинг олдини олиш ҳамда ёнғин хавфсизлигини таъминлаш, куз-қиш мавсумини беталофат ўтказиш тадбирларини янада самарали ташкил этиш мақсадида Тошкент шаҳар Чилонзор туманида жойлашган “MAX QUR LIDER” МЧЖга қарашли Бошқарув сервис компаниясида Қўмондонлик-штаб ўқув машқи ўтказилди.

Қўмондонлик-штаб ўқув машқида Ўзбекистон Республикаси Фавқулодда вазиятлар вазирининг биринчи ўринбосари – Штаб бошлиғи полковник С.Т.Зупаров, Чилонзор тумани ҳокими ўринбосари К.К.Хамраев ҳамда тегишли идоралар масъуллари, коммунал хизмат ташкилотлари мутасаддилари иштирок этди.

🔵@Сhilonzor_tumani_hokimligi