Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati
5.56K subscribers
50.4K photos
5.54K videos
25 files
8.42K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚 195-sonli ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabida ham birinchi qo‘ng‘iroq jarangladi📚

Chilonzor tumanidagi 195-sonli ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabida birinchi qo‘ng‘iroq jarangladi! Ushbu maktab 1966-yilda qurilgan bo‘lib, so‘nggi yillarda kapital rekonstruksiya qilindi va yangi korpusga ega bo‘ldi. Natijada, maktabning quvvati oshdi, uning keng va yorug' sinf xonalari va zamonaviy jihozlanishi qo'shimcha qulaylik yaratdi.

Ota-onalar, pedagoglar va o‘quvchilar yaratilgan sharoitlardan mamnun. Bugungi tadbirda Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Durdona Rahimova, tuman hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev va boshqa mutasaddilar ishtirok etib, bolajonlarga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyatlar tiladi.

Qo‘shimcha ma’lumot: Avval maktab 1200 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, unda 2734 nafar o‘quvchi ta’lim olardi (2.35 koeffitsiyent).
Hozirda esa maktab quvvati 1860 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, 2740 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda (1.5 koeffitsiyent).