📝📝📝📝
HAR BIR MUROJAAT E’TIBORDA◾️Bugun
⭐️Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
Sh.Abdug‘afforov hamda
🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i
A.Yunusov tomonidan poytaxtimizning
Chilonzor tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
◾️Yig‘ilgan fuqarolarga dastlab Oʻzbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi
“Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-937-sonli Qonunining mazmun-mohiyati, unda nazarda tutilgan tartib-taomillar, qonun bilan aholiga yaratilgan imkoniyatlar haqida tushunchalar berildi.
◾️Qabul davomida
20 dan ziyod fuqaroning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, meros hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, tegishli yechim, huquqiy tushunchalar berildi.
◾️Darhaqiqat, kadastr tizimida soha mutasaddilari tomonidan tashkil etilayotgan
sayyor qabullar fuqaro va tadbirkorlar murojaatlariga
tezkorlik bilan yechim topilishiga, davlat idoralarining xalqqa yanada yaqin bo‘lishiga munosib zamin yaratmoqda.
#Kadastr #sayyor_qabul #ChilonzorIjtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram |
🔵Facebook |
📷 Instagram |
🎬YouTube