Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati
Photo
#Nuroniylar_teatrda
150 nafar chilonzorlik nuroniylar "Muqumiy" teatrida spektakl tomosha qilishdi
Jamiyatning iqtisodiy rivoji bilan bog‘liq munosabatlarda ma’naviyat masalalari, xususan, insonparvarlik, ijtimoiy talablar va me’yorlar hisobga olinadi. Bu esa ma’naviyatning ishlab chiqarish, iqtisodiy taraqqiyot bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi. Darhaqiqat, iqtisodiy va ma’naviy jarayonlarni o‘zaro mutanosib uyg‘un tarzda rivojlantirish jamiyatda siyosiy-ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotning yuksalishiga sabab bo‘ladi. Zotan, iqtisodiyot va ma’naviyat bir-birini qo‘llab-quvvatlab, o‘zaro ta’sirlanib, rivojlanib boradi.
Tumanimiz aholisining ma’naviyatini yuksaltirishdek muhim ishlarda "Nuroniy" jamg‘armasining hissasi katta bo‘lmoqda. Shuningdek, kuni kecha Toshkent shahar "Nuroniy" jamg‘armasi tomonidan tumanimizda yashovchi 150 nafar nuroniylar "Muqumiy" teatriga taklif etildi. Teatrda nuroniylarimiz taniqli dramaturg Qo‘chqor Norqobil qalamiga mansub "Bizga maktab kerak yohud zamona Avloniysi" deb nomlangan teatrni tomosha qilishib, madaniy hordiq chiqarishdi.
Namoyish etilgan spektaklda ko‘tarilgan dolzarb mavzu, aktyorlar mahorati barchada chuqur taassurot qoldirdi va nuroniylarimiz teatr jamoasiga minnatdorchilik bildirib, aktyorlarga gullar taqdim qilishdi.
🔵@Сhilonzor_tumani_hokimligi