Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati
6.69K subscribers
49.4K photos
5.47K videos
24 files
8.29K links
Download Telegram
#Бекатлар_таъмирланмоқда

Давлатимиз раҳбарининг аҳолига жамоат транспорти хизматини яхшилаш бўйича берган кўрсатмалари асосида Чилонзор туманидаги барча автобекатлар таъмирланиб, аҳоли учун қулайликлар яратилмоқда.

Жумладан бугун Ал Хоразмий кўчасидаги барча автобекатлар атрофи туман Ободонлаштириш бошқармаси ишчилари томонидан ободонлаштирилиб, бекатларга бўёқ берилди.

🔵@chilonzor_tuman_hokimligi
Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati
Photo
#Ўрганиш

Бугун Чилонзор тумани ҳокими Саидқаҳҳор Холхўжаев бошчилигида сектор раҳбарлари ҳамда бошқа масъул мутасаддилар биргаликда Чилонзор туманининг катта кўчалари бўйлаб ўрганишлар ўтказди.

Ўрганишлар жараёнида катта кўчалар чеккаларининг ободончилик ҳолатларига эътибор қаратилди. Бундан ташқари, барча автобекатларнинг ҳолати ўрганилиб, аниқланган камчиликлар юзасидан тезкор чоралар кўриш белгилаб олинди.

Ўрганишлар давомида Тошкент автошоҳбекатида йўловчилар учун яратилган шарт-шароитлар, шоҳбекат атрофидаги ободонлаштириш ҳолатлари кўздан кечирилди.

Шунингдек, Олмазор метро бекати атрофидаги ноқонуний қурилмалар ва савдо нуқталари ўрганилиб, бу манзилни ҳам тартибга келтириш ва ободонлаштириш ишлари режалаштирилди.

Яна ўрганишлар жараёнида аҳоли Янги йил байрами тадбирларини хавфдан ҳоли ўтказишини таъминлаш учун байрам шодиёналари ўтадиган асосий кўнгилочар масканлардан бири “Парус” мажмуасидаги арча томошалари кўрсатиладиган жойлар ҳам кўздан кечирилди. Мажмуа атрофидаги савдо нуқталари, атрофдаги ободончилик ҳолатлари ўрганилиб, аниқланган камчиликларни бартараф этиш юзасидан масъулларга топшириқлар берилди.

🔵@chilonzor_tuman_hokimligi
#Чилонзор_тумани_ФВБ_фаолиятидан
#Ўрганиш

Чилонзор тумани ФВБ ходимлари томонидан Чилонзор тумани Бунёдкор кўчаси 49-уйда жойлашган 7-Абтобус саройида ўрганиш ўтказилди.

Ўрганишлар жараёнида ишчи ходимлар билан фавқулодда вазиятлар, ёнғинларнинг ҳамда ис гази, озиқ-овқат маҳсулотларидан оммавий заҳарланишнинг олдини олишга қаратилган профилактик тарғибот тадбирлари олиб борилди ва йўриқномалар ўтказилди.

🔵@chilonzor_tuman_hokimligi
#Кун_ҳикмати

Пессимист ҳар қандай имкониятда қийинчиликларни кўради, оптимист ҳар қандай қийинчиликдан чиқиш имкониятини кўради.

Уинстон Черчилл

🌞 КУНИНГИЗ ХАЙРЛИ БЎЛСИН, АЗИЗ ТУМАНДОШЛАР!

👆👆👆(Туманимизда жойлашган “Humo Arena” муз саройининг фотосурати)

🔵@chilonzor_tuman_hokimligi
Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati
Photo
CHILONZOR TUMANI DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYАSI BOSHLIG‘INING MUROJAATI

Yurtboshimiz joriy yilning 16-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi chog‘ida sohani takomillashtirish, xususan soliq tizimini raqamlashtirish, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘lamini oshirish, shuningdek, “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarini o‘rganish va soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergandi.

Mazkur topshiriqlarning ijrosini ta’minlash, tadbirkorlarni soliq sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida 28-29 mart kunlari Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati boshchiligida joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Davlat soliq qo‘mitasi raisning o‘rinbosari ishtirokida Chilonzor tumanida o‘tkazilgan uchrashuvda tumanimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Tuman davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 2022 yil yakunibo`yicha amalga oshirilgan ayrim ma’lumotlarga e’tiboringizni qaratsak. Davlat soliq inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan tumanda jami 56 marotaba tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazildi. Uchrashuvlarda qariyb 1238 nafar tadbirkorlik sub’ektlariga soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, yangiliklar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ayni paytda tumanida 6825 taga yaqin tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat ko‘rsatadi. Yil boshidan buyon “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tumanimizdagi 4835 ta korxonaning 1821 ta muammolari o‘rganilib, mazkur muammolarning 1698 tadan ortig‘i bevosita soliq xodimlari ko‘magida hal etildi.

Chilonzor tuman davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 3284 ta korxonadagi 7845 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi.

Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, savdo va umumiy ovqatlanish korxonarlarida 812 nafar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 6958 nafar, qurilish korxonalarida 75 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va byudjetga 948,5 million so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirildi.

Aytish kerakki, keyingi yillarda mamlakatimizda aholi va biznes uchun qulayliklarni oshirish, soliq munosabatlarida inson omilini kamaytirish maqsadida soliq ma’muriyatchiligi tubdan isloh qilinmoqda.

Xususan, 2020 yilda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi qabul qilindi. Soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Mol-mulk solig‘i esa 2 foizdan 1,5 foizga tushdi. Aylanmadan olinadigan solig‘i stavkasi o‘tgan yilgi foizda saqlab qolindi. Natijada, Chilonzorlik tadbirkorlarning ham islohotlarga ishonchi ortib, soliq tushumlari shaxarda 1,5 baravar ko‘paygan bo‘lsa, Aylanmadan olinadigan solig‘i to‘lovchilar soni 1652 dan 2247 taga еtdi.

Joriy yil yakuni bo`yicha “Soliq hamkor” dasturi orqali tuman hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari bilan bog‘liq soliq huquqbuzarliklari to‘g‘risida jami 9423 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, murojaatlar yuzasidan 4396 ta sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazildi. 2022-yilning 11-oyligida tushgan ushbu murojaatlarning 4396 tasi o‘z tasdig‘ini topdi.

2022 yil davomida 28 ta korxonalarga еr solig‘i, 21 ta korxonaga mol-mulk solig‘i, 18 ta korxonaga ijtimoiy soliq, 17 ta korxonaga aylanmadan olinadigan soliq, 8 ta korxonaga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovlaridan imtiyozlar qo‘llanildi.

📣 Hurmatli tadbirkorlar!

Chilonzor tumani Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida Sizlarga yaqindan yordam berishga doimo tayyordirlar. Bizga murojaat qiling barcha savollaringizga javob berishga va bilmaganlaringizni o‘rgatishga astoydil ko‘maklashamiz.

Akmalxon Rahimov
Chilonzor tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i
ТАЙИНЛОВ

Мукаррам Ғайбуллаевна Азимова
Тошкент шаҳар ҳокимлиги Матбуот хизмати раҳбари — матбуот котиби, ҳокимнинг ахборот сиёсати масалалари бўйича маслаҳатчиси лавозимига тайинланди.

Мукаррам Азимова 1983 йилда Тошкент шаҳрида туғилган. Маълумоти олий.

2019 йилдан ҳозирги вақтгача Тошкент шаҳар ҳокимлиги Матбуот хизматида бош мутахассис сифатида фаолият юритган.
—————

НАЗНАЧЕНИЕ

Мукаррам Гайбуллаевна Азимова
назначена руководителем пресс-службы хокимията города Ташкента — пресс-секретарём, советником хокима столицы по информационной политике.

Мукаррам Азимова родилась в 1983 году в Ташкенте. Образование высшее.

С 2019 года по настоящее время работала в должности главного специалиста Пресс-службы хокимията города Ташкента.

#tayinlov

📺YouTube 📱Facebook 📹Instagram 🌐Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM