Milliy kinomarkaz📽
815 subscribers
2.91K photos
394 videos
1 file
1.26K links
Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi rasmiy sahifasi

Official page of the Center for the Development of National Cinematography of Uzbekistan

Официальная страница Центра развития национальной кинематографии Узбекистана

☎️ +998 77 173-31-11
Download Telegram
Prezident farmoni asosida bir guruh ijodkorlar orden va mukofotlar bilan taqdirlandi

Kinematografiya agentligida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan “Bir bo’lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” shiori ostidagi bayram dasturi bo’lib o’tdi. Tadbirni Madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Avazxon Tojixonov ochib berdi.

"O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binaon mukofotlangan bir guruh kinoijodkorlar taqdirlandi:

🔹"Shuhrat" medali bilan — Ganiyeva Zuxra Abduvaxabovna - "O‘zbekfilm kinokonserni" davlat unitar korxonasining liboslar bo‘yicha rassomi;
🔹"Do‘stlik" ordeni bilan — Rejametov Zuxritdin Tuganbayevich - O‘zbekiston davlat satira teatri aktyori hamda Shaxobiddinov Ayub Shopatxiddinovich - "Milliy telekanal" mas’uliyati cheklangan jamiyatining kino va seriallar direksiyasi bo‘lim boshlig‘i, kinorejissyor;

Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi tomonidan mukofotlangan kinoijodkorlarga esdalik sovg'alar topshirildi.

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi Axborot xizmati

🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook 🌐Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎞"Qashqirlar makoni" seriali rejissyori Toshkentga keladi

"Qashqirlar makoni" seriali rejissyori Serdar Akar "Ipak yo'li durdonasi" XVI Toshkent xalqaro kinofestivaliga tashrif buyurishi kutilmoqda. Mashhur rejissyor festival doirasida kinoixlosmandlar uchun mahorat darsi o'tkazishi ko'zda tutilgan.

Serdar Akar - turk kino va televideniyesiga qo'shgan hissasi uchun tan olingan taniqli turk kinorejissyori, senariy muallifi va prodyuseri. U 1990-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshida bir qator muvaffaqiyatli filmlar va teleseriallar bilan mashhur boʻlgan.

Uning diqqatga sazovor asarlari orasida "Düğün", "Kurtlar Vadisi" va "Sıfır Kilometr" kabi filmlar hamda mashhur teleseriallar bor.


Shuningdek, taniqli hind aktrisasi Hema Malini, afsonaviy gruziyalik aktyor Avtandil Maharadze, rossiyalik aktyor Aleksandr Robak, eronlik mashhur rejissyor-aktyor Majid Majidi va boshqa ko'plab kinoyulduzlar bilan ijodiy kecha hamda mahorat darslari tashkil etish rejalashtirilgan.

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi Axborot xizmati

🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook 🌐Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎞 “Ipak yo‘li durdonasi” XVI Toshkent xalqaro kinofestivalida jurnalistlar uchun akkreditatsiya ochiq!
🔺 Ommaviy axborot vositalari va rasmiy OAV vakillari kinofestivalda ishtirok etish uchun rasmiy veb-sayt orqali ariza topshirishlari mumkin.

Akkreditatsiyadan o‘tish uchun quyidagi havola orqali onlayn shaklni to‘ldirishingiz kerak https://tiffest.uz/apply/accreditation

❗️Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2024-yil 9-sentabr

🔺🔺🔺🔺

🎞 Открыта аккредитация для журналистов на XVI Ташкентский международный кинофестиваль "Жемчужина шелкового пути"!
🔺Представители СМИ и официальных масс-медиа могут подать заявки на участие на официальном сайте кинофестиваля.

Для аккредитации нужно заполнить онлайн-форму, пройдя по данной ссылке https://tiffest.uz/ru/apply/accreditation

❗️Дедлайн подачи заявок до 9 сентября 2024 года

🔺🔺🔺🔺

🎞Accreditation is open for journalists at the XVI Tashkent International Film Festival "Pearl of the Silk Road"!
🔺Representatives of the Mass media and official media can apply for participation on the official website of the film festival.

For accreditation, you need to fill out the online form by following this link https://tiffest.uz/en/apply/accreditation

❗️Application deadline is September 9, 2024

Telegram | Website | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎞Festival mehmoni

Superyulduz Hema Malini Toshkent kinofestivali mehmoni bo'ladi


Mashhur hind aktrisasi Hema Malini "Ipak yo'li durdonasi" XVI Toshkent xalqaro kinofestivaliga mehmon sifatida tashrif buyurishi kutilmoqda.

Hema Malini — hind aktrisasi, raqqosa, prodyuser va kinorejissyor. Muxlislar uni egizaklar Zita va Gita rollari bilan tanishadi. Umuman olganda, aktrisaning filmografiyasi 160 dan ortiq filmlarni o'z ichiga oladi. Eng yaxshi aktrisa uchun "Filmfare" mukofoti sovrindori. U hind kinosi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun "Padma Shri" davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi Axborot xizmati

🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook 🌐Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Festival filmi

🎞Toshkent kinofestivalida namoyish etilishi kutilayotgan film: "Muz-3"

"Ipak yo'li durdonasi" XVI Toshkent xalqaro kinofestivali davomida Rossiya kino kunlari bo'lib o'tadi. Uning doirasida Yuriy Xmelnitskiy rejissyorligidagi "Muz-3" filmi namoyish etiladi.

"Muz 3" - bu sport, romantik, komediya dramasi bo'lib, to'liq metrajli film hisoblanadi. Aleksandr Petrov va Mariya Aronova bosh rollarni ijro etgan. Film "Muz" va "Muz-2" hikoyalarining davomi bo'lib, avvalgilari singari blokbasterga aylangan va kassada 20 mln dollardan ortiq daromad keltirgan.

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi Axborot xizmati

🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook 🌐Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🦠“Pandemiya” filmining yopiq premyerasi boʻlib oʻtadi

9-sentabr kuni Kinematografiya agentligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi hamkorligida “Yagona Cinema” studiyasi tomonidan yaratilgan “Pandemiya” badiiy filmining maxsus premyerasi o'tkaziladi.

Filmda bosh rolni Matyoqub Matchonov ijro etgan. Shuningdek, kartinada Tamara Mirmaqsudova, Aysanem Yusupova, Saidkomil Umarov, Farhod Abdullayev, Bahodir Musayevlar suratga tushgan.

Film 2020–2021-yillarda butun dunyoga, xususan, Oʻzbekiston aholisi hayotiga xavf solgan Covid-19 virusi va uning mamlakatdagi tibbiyot sohasiga taʼsiri haqida hikoya qiladi.

Senariy muallifi Husnillo Jomonqulov, rejissyor Abu Tolib Adamqulov, operatorlar Dilmurod Turdiboyev va Alisher Ahmedov, prodyuser Abror Nabiyev.

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi Axborot xizmati


📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Festival filmi

🎞 Toshkent kinofestivalida namoyish etilishi kutilayotgan yana bir film nomi ma'lum bo'ldi

"Ipak yo'li durdonasi" XVI Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida eronlik Mohammad Hamzeining "Kapitan" filmi namoyishi bo'lib o'tadi.

Film syujetiga ko'ra, 11 yoshli Iso qisqa fursatda futbol bo'yicha Eron milliy terma jamoasida o'ynashiga mutlaqo ishonadi. Uning ishtiyoqini hech narsa sindira olmaydi, hatto u kasalxonaning saraton punktida davolanayotgani va kundan kun zaiflashib borayotgani ham. Iso oxirgi jiddiy operatsiyasidan oldin o'z orzulariga erishishni maqsad qiladi.

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi Axborot xizmati

🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook 🌐Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▶️ “Pandemiya” filmining katta premyerasi boʻlib oʻtadi

10-sentabr
kuni soat 18:00 da O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyida “Pandemiya” badiiy filmining katta premyerasi o'tkaziladi.

Filmda bosh rolni Matyoqub Matchonov ijro etgan. Shuningdek, kartinada Tamara Mirmaqsudova, Aysanem Yusupova, Saidkomil Umarov, Farhod Abdullayev, Bahodir Musayevlar suratga tushgan.

Syujet 2020–2021-yillarda butun dunyoga muammolar tug'dirgan Covid-19 kassaligi va pandemiyaning Oʻzbekistonda qanday kechganini yoritib beradi.

Senariy muallifi Husnillo Jomonqulov, rejissyor Abu Tolib Adamqulov, operatorlar Dilmurod Turdiboyev va Alisher Ahmedov, prodyuser Abror Nabiyev.

❗️ Barcha kino ixlosmandlarini ushbu namoyishga taklif etamiz.

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi Axborot xizmati


🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook 🌐Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎞 Festival mehmoni

Afsonaviy Majid Majidiy Toshkent kinofestivaliga keladi


“Jannat guli”, “Muhammad – Allohning elchisi”, “Osmon bolalari” filmlari rejissyori eronlik Majid Majidiy "Ipak yo'li durdonasi" XVI Toshkent xalqaro kinofestivaliga tashrif buyurishi kutilmoqda. Mashhur rejissyor bilan festival doirasida ijdoiy uchrashuv o'tkazish ko'zda tutilgan.

Ijodkorning “Osmon bolalari” filmi 1998 yilda “Oskar” kino mukofotining “Eng yaxshi xorijiy tildagi filmi” yo‘nalishi bo‘yicha mukofot nomzodi bo‘lgan. Ushbu film unga yaxshigina mashhurlik olib kelgan.

Majidiyning oxirgi taniqli filmlaridan biri, 2015 yilda suratga olingan “Muhammad – Allohning elchisi” badiiy filmi hisoblanadi.

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi Axborot xizmati

🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook 🌐Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Festival filmi

🎞 "Ma'budlarning yaratilishi: Bo'ronlar saltanati": Toshkent kinofestivali doirasida namoyish etilishi kutilayotgan Xitoy filmlari nomi ma'lum bo'ldi

"Ipak yo'li durdonasi" XVI Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Xitoy kino kunlari bo'lib o'tadi. Uning doirasida bir qator badiiy filmlar namoyishi kutilmoqda. Jumladan, "Bitta va yagona", "Chang An", "Uyga qaytish", "Jeyd hidining siri" kabi badiiy filmlarni tomoshabinlarga taqdim etish ko'zda tutilgan.

"Festival filmi" ruknida bu safar "Ma'budlarning yaratilishi: Bo'ronlar saltanati" filmini e'tiboringizga havola etamiz.

Trilogiyaning birinchi qismi, ya'ni mazkur film Shang sulolasining oxirgi qiroli taxtga chiqishidan keyingi siyosiy inqirozning fantastik va uydirma versiyasini yoritib beradi. Bu Xitoyda eng ko'p daromad keltirgan filmlar ro'yxatida 25-o'rinni egallagan va trilogiya Xitoyda ishlab chiqarilgan eng mashhur va qimmat film hisoblanadi. Film bir nechta mukofotlarga sazovor bo'lgan, jumladan, 2023 yilgi "Eng yaxshi film" uchun "Golden Rooster" mukofoti va 2023 yilgi "Golden Deer" mukofoti nomzodi bo'lgan.

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi Axborot xizmati

🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook 🌐Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎞 Alen Delonning xotira kechasini o'tkazish rejalashtirilmoqda

XVI Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida megayulduz Alen Delonning xotira kechasini tashkil etish ko'zda tutilmoqda.

Alen ko'plab mashhur filmlardagi rollari bilan tanilgan va 20-asr kinosining ramziy timsollaridan biri hisoblanadi. U 18-avgust kuni Fransiyada 88 yoshida vafot etgan.

Alen Delon 1960-yillarda u o'zining iste'dodi va xarizmatik ko'rinishi tufayli dunyodagi eng mashhur kino aktyorlaridan biriga aylandi. Uning filmografiyasida “Quyosh ostida”, “Rokko va uning akalari”, “Leopard”, “Qora lola”, “Samuray”, “Asteriks & Obeliks” kabi 80 ga yaqin filmlar bor.

U o'zbek kino ixlosmandlariga "Tehron-43", "Zorro", “Qora lola” va “Asteriks & Obeliks” kabi filmlardagi rollari bilan tanilgan.

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi Axborot xizmati

🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook 🌐Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xorij xabarlari

#Venom3

"Venom 3" filmining yangi tizeri namoyish etildi

Sony Pictures "Venom: The Last Dance" filmi uchun yangi tizerni taqdim etdi. Film syujeti jurnalist Eddi Brok (Tom Hardi) va uning o'zga sayyoralik do'sti Venom o'rtasidagi munosabatlarning yangi bobi haqida hikoya qiladi. Bosh rolni mashhur Britaniyalik aktyor Tom Hardi ijro etgan. Film rejissyori Kelli Marsel.

Fantastik filmining birinchi qismi 2018-yilda chiqarilgan. 2021-yilda davomi suratga olinadi va hammasi bo'lib, ikkala qism global prokatda 1,3 mlrd dollar daromad keltiradi.

"Venom 3 " filmining premyerasi shu yilning 25-oktabr kunida bo'lib o'tadi.

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi Axborot xizmati

🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook 🌐Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TIFFest2024

🎞 “Ipak yoʻli durdonasi” XVI Toshkent xalqaro kinofestivalining toʻliq va qisqa metrajli filmlarining tanlovi hayʼati aʼzolari maʼlum boʻldi.

Jahon kinosiga oʻz ishi va fikrlari bilan katta hissa qoʻshgan kino sanoatining haqiqiy professionallari hisoblangan hakamlar hayʼati aʼzolari boʻlgan insonlarning tajribasi taqdim etilgan filmlarga toʻgʻri baho berishini taʼminlaydi.

🗄🗄🗄🗄
🎞 Определен состав экспертного жюри конкурса полнометражных и короткометражных фильмов XVI Ташкентского международного кинофестиваля "Жемчужина Шелкового пути".

Члены жюри – это люди, чьи работы и мнения оказывают значительное влияние на развитие мирового кинематографа. Их опыт и профессионализм гарантируют высочайший уровень экспертизы при оценке представленных фильмов.

🗄🗄🗄🗄
🎞 The list of the expert jury for the full-length and short films competition of the XVI Tashkent International Film Festival “Pearl of the Silk Road” has been announced.

The jury members are people whose work and opinions have a significant impact on the development of world cinema. Their experience and professionalism ensure the highest level of expertise in evaluating submitted films.

Telegram | Website | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Milliy kino san'ati saroyida "Pandemiya" filmining katta premyerasi boshlanish arafasida

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi Axborot xizmati


📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 OAV biz haqimizda

Toshkent kinofestivaliga tayyorgarlik


"O'zbekiston 24" telekanali, "Studiya 24" informatsion dasturi

"Ipak yo'li durdonasi" XVI Toshkent xalqaro kinofestivali tashkilotchilari tomonidan festival haqida ko'pchilikni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi Axborot xizmati


📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Veb-sayt