BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
18.8K subscribers
35.1K photos
3.19K videos
181 files
14.3K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#attestatsiya
#malaka_toifasi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborish jarayonlari 2024-yil 15-yanvardan boshlanganligidan xabardorsiz.

❗️Shu munosabat bilan pedagoglar uchun attestatsiyaga doir ayrim tartiblarni eslatib o‘tmoqchimiz:

Majburiy attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar yuborilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida;

Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar esa to‘lov qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida o‘rganib chiqiladi.

Navbatdan tashqari attestatsiya uchun to‘lov qilinmasa, murojaatlar elektron bazada ko‘rinmaydi va o‘rganib chiqilmaydi.

👉Murojaatning o‘rganish natijalari bilan pedagoglar o‘zlarining pedkadr.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali tanishib chiqishlari mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#сўраган_эдингиз
#malaka_toifasi

Bu yilgi attestatsiya sinovlaridan bog‘cha tarbiyachilari ham o‘tadimi?

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga muvofiq, 2024-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, attestatsiya imtihonlariga respublikamizdagi barcha davlat maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida mehnat qilayotgan hamda navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tishi lozim bo‘lgan oliy ma’lumotli pedagog kadrlar jalb etiladi.

👉 Ma’lumot uchun: majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan davlat maktabgacha, shuningdek, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari ham o‘z xohishiga ko‘ra mazkur Nizom talablariga muvofiq navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tishi mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍2
#сўраган_эдингиз
#malaka_toifasi

Maktablarning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari attestatsiya sinovlaridan qay tartibda o‘tadi?

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan tegishli Nizom talablariga ko‘ra, ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga attestatsiyaning nazariy (og‘zaki, yozma) sinovlari to‘rtta savoldan iborat bo‘ladi.

✔️ Belgilangan vaqtda, to‘liq, to‘g‘ri va sifatli javob berilganligi ko‘ra har bir topshiriq uchun 5 balldan, jami 20 ballik tizimda baholanadi.

🔹Amaliy sinovlar to‘rtta jismoniy mashqdan:

100 metrga yugurish;

joyidan turib uzunlikka sakrash;

turnikda tortilish (erkaklar uchun), gimnastika o‘rindig‘iga tayanib, qo‘llarni bukish va yoyish (ayollar uchun);

yotgan holda qo‘llarni bosh orqasiga qo‘yib gavdani ko‘tarishdan iborat. Har bir mashq uchun 15 balldan, jami 60 ball beriladi.

👉 Izoh: aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimida yoshiga mos keladigan ixtiyoriy talablarni muvaffaqiyatli bajargan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari attestatsiyaning amaliy sinovlaridan ozod etiladi va ularga mazkur sinovlardan maksimal 60 ball beriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍2
#сўраган_эдингиз
#malaka_toifasi

Men 2022-yilda attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tganman, ammo o‘sha vaqtda shaxsiy kabinetga kirish uchun berilgan login va parol hozir esimda yo‘q. Bu yilgi atttestatsiyasida ishtirok etishda ro‘yxatdan o‘tish uchun eski login va parolimni tiklasam bo‘ladimi?

❗️Albatta, tiklasa bo‘ladi. Buning uchun https://pedkadr.tdi.uz/Pedagogue/resetPassword manziliga o‘tishingiz va ochiq oynalarni to‘ldirishingiz kerak.

Bunda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki ID-karta)dagi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) hamda tegishli telefon raqamlarini kiritasiz.

👉 Eslatma: Login va parollarni tiklash uchun uch martagacha imkoniyat beriladi. Agar ushbu imkoniyatlardan foydalana olmagan taqdiringizda, tizim administratorlari, ya’ni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy boshqarmalaridagi Ishchi guruhlarga yoki @pkatdi_bot orqali murojaat yuborishingiz zarur.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
🔥1
#сўраган_эдингиз
#malaka_toifasi

Attestatsiyadan o‘tish narxi qancha, majburiy attestatsiyadan o‘tayotgan pedagoglar ham pul to‘laydimi?

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga ko‘ra, pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Nizomga asosan, pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun:

davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi (hozirda 340 ming so‘m);
pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (hozirda 306 ming so‘m);
yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (hozirda 306 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

👉Eslatma: To‘lovlar navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborilayotgan vaqtda amalga oshiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
🔥1
#сўраган_эдингиз
#malaka_toifasi

Attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar qaysi holatlarda rad etilishi mumkin?

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga ko‘ra, quyidagi holatlarda davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli vazirliklar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi rad etilishi mumkin:

pedagog kadrlar tomonidan so‘rovnomaning elektron raqamli imzo yoki imzoni identifikatsiya qilishning boshqa vositalari yoxud SMS-xabarnoma bilan tasdiqlanmaganligi;

pedagog kadrlar tomonidan noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilgani ma’lum bo‘lib qolganligi;

so‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning to‘liq taqdim etilmaganligi;

attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatganlik uchun belgilangan yig‘imning to‘lanmaganligi
(pedagog kadrni navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazish holatlari bundan mustasno).

👉 Eslatma: mazkur asoslardan boshqa holatlar bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni rad etish mumkin emas.
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

Men maktabda va akademik litseyda dars beraman. Joriy yilgi attestatsiyada maktabdan qatnashmoqchiman. Savolim, maktabdan olingan malaka toifasi professional ta’lim tashkilotlariga ham o‘tadimi?

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, pedagog kadrlar asosiy ish joyi bo‘yicha attestatsiyaga jalb etiladi.

Ta’lim tashkilotlarida o‘rindoshlik asosida dars beradigan va asosiy ish joyi bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanmaydigan pedagog kadrlar esa o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan ta’lim tashkilotidan attestatsiyaga jalb etiladi.

❗️Bu muhim! Pedagog kadrlarning malaka toifalari (lavozimlari) boshqa ta’lim tashkilotlariga, ta’lim tashkilotlarining bir turidan boshqasiga yoxud nodavlat ta’lim tashkilotidan davlat ta’lim tashkilotiga ishga o‘tganda saqlab qolinadi.

Bunda maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining ikkinchi malaka toifasi o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarining katta o‘qituvchisi lavozimiga, birinchi malaka toifasi — yetakchi o‘qituvchisi lavozimiga, oliy malaka toifasi — bosh o‘qituvchisi lavozimiga tenglashtiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

Attestatsiya imtihonlari qancha vaqt davom etadi? Mazkur vaqt ichida tashaqariga chiqish mumkinmi?

❗️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 4-yanvardagi tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka (test) sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomada bu haqida batafsil aytib o‘tilgan.

🔹Unga ko‘ra, malaka sinovlarida matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlari va pedagogik mahorat uchun 120 daqiqa hamda gumanitar fanlari va pedagogik mahorat uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

Malaka sinovi o‘tkazish paytida talabgorlar har qanday sabab bilan auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi, malaka sinovi to‘liq yakunlagan talabgorlar bundan mustasno (talabgorning sog‘lig‘i yomonlashgan hollarda auditoriya nazoratchisi va tibbiyot xodimlari kuzatuvi ostida auditoriyadan chiqishga ruxsat beriladi.)

Uzrsiz sabablarga ko‘ra auditoriyadan chiqqan talabgorlar qaytadan malaka (test) sinoviga qo‘yilmaydi.

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida chet tili fani o‘qituvchilari uchun o‘quv (maxsus) fani bo‘yicha malaka sinovi jarayonida:

“tinglab tushunish” uchun — 30 daqiqa;
“o‘qish” uchun — 45 daqiqa;
“yozma ish” uchun — 30 daqiqa;
“gapirish” uchun — 10 daqiqa vaqt ajratiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

Navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tishda topshirilgan hujjatlardagi qaysidir ma’lumotning noto‘g‘ri ekanligi aniqlansa, nomzodga chora ko‘riladimi, to‘langan pul qaytariladimi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda bu haqida alohida ko‘rsatib o‘tilgan.

🔹 Unga ko‘ra, noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqich (hujjat topshirish yoki imtihon jarayonlari)da pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan o‘tkazish jarayoni to‘xtatiladi.

Topshirilgan hujjatlar va to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.

Shuningdek:

pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatning qalbaki ekanligini aniqlash vakolatli vazirliklarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi;

mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlarning haqqoniyligini aniqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, tegishli vakolatli tashkilotlarga so‘rovnoma yuboriladi.

❗️Yodda tuting: pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlar qalbaki ekanligi aniqlangan taqdirda, mazkur hujjatlar vakolatli vazirliklar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora ko‘rish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Malaka_toifasi
❇️ONLAYN O‘QUVLAR TASHKIL ETILMOQDA

🔹Xabaringiz bor, 2024-yil 15-yanvardan boshlab maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining joriy yilgi attestatsiya jarayonlari uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari boshlandi.

🔹Attestatsiya jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrda 692-son qarori asosida yangi tartibda amalga oshiriladi.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-02-06

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#attestatsiya
#malaka_toifasi

📣 Joriy yilgi
malaka sinovlari uchun zarur adabiyotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori asosida joriy yilning mart-may oylarida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyadan o‘tkazilishidan xabaringiz bor.

✍️ Shu munosabat bilan vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan umumta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o‘tkazishga doir sinov materiallari ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

❗️Ushbu o‘quv adabiyotlari va sinov materiallari malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/announces/1470

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#attestatsiya
#malaka_toifasi

📣 Joriy yilgi
malaka sinovlari uchun zarur adabiyotlar ro‘yxati

Malaka toifasi olish uchun ariza bergan pedagoglar ishtirokida onlayn repetitsiya oʻtkazilishi haqida eshitdim. Bunda qatnashish kimlar uchun majburiy?

Albatta, maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi pedagoglar ishtirokida joriy yilning mart-may oylarida boʻlib oʻtadigan attestatsiya jarayonlaridan oldin onlayn repetetsiyalar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

🔹 Bundan maqsad, pedagoglarning test sinovlari topshiriladigan maxsus platformadan foydalanish koʻnikmalarini oshirish hamda ularni namunaviy test savollari bilan atroflicha tanishtirishdan iborat.

✔️ Onlayn repetetsiyalarga joriy yilgi attestatsiyada navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari shaklda ishtirok etish uchun murojaat yuborgan hamda murojaatlari qabul qilingan pedagoglar ishtirok etishadi.

❗️Onlayn repetetsiyada ishtirok etish ixtiyoriy.

Quyidagi pedagoglar onlayn repetetsiyalarda ishtirok etolmaydi:

toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) toifa olish uchun murojaat yuborgan pedagoglar;

navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari turlari shaklda ishtirok etish uchun murojaat yuborgan, lekin murojaatlari rad etilgan yoki koʻrib chiqilayotgan pedagoglar.

👉 Maʼlumot uchun: toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) toifa olishi mumkin boʻlgan pedagoglar guruhi bilan mazkur havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

Men С1 darajadagi milliy sertifikatga ega ingliz tili fani oʻqituvchisiman. Navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtyapman. Belgilangan tartibga koʻra, sertifikatga ega oʻqituvchilarga 80 ball qoʻshib berilar ekan, shu toʻgʻrimi?

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga koʻra:

umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining kamida С1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega chet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) tili fani oʻqituvchilariga navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan maksimal 80 ball beriladi hamda ular ushbu malaka sinovidan ozod etiladi.

❗️MUHIM!

🔹 Bu oʻrinda eʼtibor berish kerakki, bu imtiyoz faqat navbatdagi majburiy attestatsiyada ishtirok etayotgan chet tili fani oʻqituvchilariga tegishli.

👉 Oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashayotgan chet tili fani oʻqituvchilari umumiy talablar asosida, barcha test sinovlarini topshiradi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#attestatsiya
#malaka_toifasi

📣 Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazishga doir
zarur adabiyotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 26-iyuldagi "Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining attestatsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi 229-son buyrugʻida belgilangan tegishli vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazishga doir sinov materiallari ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

❗️Ushbu o‘quv adabiyotlari va sinov materiallari malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/announces/1740

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

Maktabda dars berayotgan pedagog magistraturani tamomlagan boʻlsa,
malaka toifasi uchun attestatsiyadan oʻtmas ekan, shu toʻgʻrimi?

Bu vaziyatda avvalgi, oliy taʼlim tizimi 5 yillik oʻqish davridan iborat boʻlgan vaqtda bitirgan pedagoglarning
malaka toifa olish masalasi qanday hal etiladi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda bu haqida batafsil toʻxtalib oʻtilgan.

⚡️ Unga koʻra, ilgari attestatsiyadan oʻtmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlar yoki oliy taʼlim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlarga attestatsiyaga jalb etilgunga qadar quyidagi tartibda malaka toifasi beriladi:

bakalavr darajasiga ega pedagog kadrlarga — mutaxassis lavozimi;

magistr darajasiga ega mutaxassislar, shuningdek, oliy maʼlumot darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumotli pedagog kadrlarga — ikkinchi
malaka toifasi;

fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan pedagog kadrlarga — oliy
malaka toifasi.

❗️ Bundan anglash mumkinki, magistraturani tamomlagan pedagoglar agar yangi ishga kirayotgan boʻlsa, ikkinchi malaka toifasi boʻyicha ishga qabul qilinadi va bu toifa darajasi besh yil muddatga amal qiladi (ushbu pedagoglar navbatdagi ixtiyoriy attestatsiyada ishtirok etib, malaka toifalarini yanada oshirishlari mumkin).

👉 Eslatma: mazkur Nizomga muvofiq, yuqorida keltirib oʻtilgan pedagoglar attestatsiyadan oʻtkazilmasdan, toʻgʻridan toʻgʻri malaka toifasi (lavozim) sertifikatini olish uchun bevosita davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qilishlari lozim.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
👏1
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

Maktabda ingliz tili oʻqituvchisiman. Tugʻruq taʼtilidan ishga qaytganimga endi oʻn oy boʻldi. Direktorimiz bahorgi majburiy attestatsiyada ishtirok etishimni aytyapti, uning talabi toʻgʻrimi?

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga koʻra:

homilador ayollar, ular homilador boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

homiladorlik va tugʻish hamda bolani parvarish qilish taʼtillarida boʻlgan ayollar, ular taʼtilda boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.

✍️ Eslatma: Nizomning 4-bandi, 5-xatboshisiga ko‘ra, pedagog kadrlarning majburiy attestatsiyaga oʻz muddatida jalb etilishi uchun pedagog kadr faoliyat koʻrsatayotgan taʼlim tashkilotining rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.

👉 Majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar toifasining toʻliq roʻyxati bilan Nizomning 6-bandida toʻliq tanishishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
👍2
#malaka_toifasi
‼️‼️‼️

📣 Navbatdan tashqari malaka sinovlarida qatnashayotgan pedagoglar uchun muhim eslatma

Xabaringiz bor, joriy yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada ishtirok etish yuborilayotgan murojaatlar 2025-yil 1-martga qadar qabul qilinadi.

❗️Eslatib oʻtamiz: Nizomga asosan:

navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

Shuningdek, navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazishga doir murojaatlar faqat belgilangan muddatga qadar toʻlov amalga oshirilgan taqdirda koʻrib chiqilishini eslatib o‘tamiz.

👉 Maʼlumot uchun: pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻim undirilmaydi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
👍1
#Malaka_toifasi

📣
Joriy yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari sanalari belgilandi

Maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga koʻra:

Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti, Geografiya fanlaridan — 15-16-aprel kunlari (2 kun);
Tarbiya, Davlat va huquq asoslari fanlaridan va umumtaʼlim muassasasi psixologi — 17-aprel kuni (1 kun);
Ingliz tili (umumtaʻlim), Fransuz tili (umumtaʻlim), Nemis tili (umumtaʻlim), Hind tili, Turk tili, Koreys tili, Xitoy tili fanlaridan — 18-19, 21-aprel kunlari (3 kun);
Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun), Oʻzbek tili (Davlat tili) fanlaridan — 22-24-aprel kunlari (3 kun);
Jismoniy tarbiya (umumtaʻlim), Musiqa madaniyati, Tasviriy sanʻat va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yoʼnalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi - oʼgʼil bolalar uchun) fanlaridan — 25-26-aprel kunlari (2 kun);
Matematika fanidan — 28-29-aprel kunlari (2 kun);
Biologiya, Kimyo, Fizika fanlaridan — 30-aprel, 1-may kunlari (2 kun);
Boshlangʻich taʻlim fanidan — 2-3, 5-7-may kunlari (5 kun);
Tarix fanidan — 8-may kuni (1 kun);
Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik, Iqtisodiy bilim asoslari, Oʻqituvchi-defektolog (umumtaʻlim), Oʻqituvchi-logoped (umumtaʻlim), Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Qirgʻiz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti fanlaridan hamda Badiiy akademiya va Madaniyat vazirligi tasarrufidagi umumtaʻlim muassasalari pedagoglari uchun — 10-may kuni (1 kun);
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 12-may kuni (1 kun);
Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Rus tili (maktabgacha), Ingliz tili (maktabgacha), Fransuz tili (maktabgacha), Nemis tili (maktabgacha), Jismoniy tarbiya (maktabgacha), Oʻqituvchi-defektolog (maktabgacha), Oʻqituvchi-logoped (maktabgacha), Tarbiyachi-metodist (MTT direktor oʻrinbosari) — 13-14-may kunlari (2 kun);
Qoraqalpoq tili
(Davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan — 15-16-may kunlari (2 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.

👉 Shuningdek, joriy yilning 15-may kuni (1 kun) Kasbiy sertifikat sinovlari o‘tkazilishi belgilandi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🤯2👍1

👍3😱1