BUXORO IIB | Rasmiy kanal
11.2K subscribers
69.4K photos
8.57K videos
9 files
22.6K links
Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida batafsil maʼlumotlar
Download Telegram
JARAYON

Viloyatning barcha hududlarida, xalqaro va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlash, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasida olib borilayotgan faoliyat hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan manzilli ishlar xususida keng jamoatchilikka axborot berish maqsadida tashkil etilgan PRESS-TUR dan

FOTOREPORTAJ

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jangovar va jismoniy tayyorgarlik — professional faoliyat mezoni

Ichki ishlar vazirligining “Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi bilan xizmat jangovar va axloqiy psixologik tayyorgarlik o‘quv mashg‘ulotlarini tashkillashtirish to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘i ijrosi yuzasidan Buxoro viloyati IIB shaxsiy tarkibi ishtirokida jismoniy va jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Ta'kidlash joizki, bu kabi sport mashg’ulutlarini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad xodimlarning kasbiy va jismoniy tayyorgarligini oshirish hamda ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va sportni yanada ommalashtirishdan iborat.

🇺🇿Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"G‘anchi Chandir" mahallasida “Kibermadaniyatni yuksaltirish" oyligi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy hamda sport tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi Nargiza Nematova, sektor rahbarlari va 100 dan ortiq yoshlar qamrab olindi. Sport tadbirlari doirasi Ichki ishlar boshqarmasi boshchiligida voleybol sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek Zakovatchilar taqdirlanib, ularning kelgusidagi o‘yinlarida zafarlar tilandi.

Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Jamshid Tangriyev yig‘ilganlarga “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” unga qarshi kurashish borasida tushunchalar berib o‘tdi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
"Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida

Romitan tumani Ichki ishlar bo'limi xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga doir targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Dastlab, tuman sektor rahbarlari boshchiligida 5000 qadam masofaga yurish tadbiri o'tkazildi.

Shuningdek, hamkor tashkilotlar, mahalla yettiligi vakillari bilan chora-tadbirlar belgilab olinib, kun davomida tumanning 4 ta sektorlariga qarashli hududlarida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Bundan tashqari mahallalardagi profilaktik, probatsiya hisobida turgan, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan va ruhiy xastaligi bo‘lgan shaxslarning oila aʼzolari bilan manzilli profilaktik tadbirlar olib borildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan aholi xonadonlariga borilib, ularning holidan xabar olindi, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, yordamlar ko‘rsatildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube