BUXORO IIB | Rasmiy kanal
11.2K subscribers
66.4K photos
8.2K videos
9 files
21.6K links
Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida batafsil maʼlumotlar
Download Telegram
Kogon shahrida "Dolzarb 40 kunlik" maxsus profilaktik tadbiri doirasida ayollar muammolari o‘rganilmoqda

Kogon shah IIB xodimlari tomonidan “xonadonbay” tizimi asosida aholi orasida navbatdagi keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Hududda notinch oilalar muhitini sog‘lomlashtirish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirishga doir targ‘ibotlar olib borilib, “Himoya orderi” berish tartibi haqida huquqiy tushunchalar berildi.

Bunda, aholi muammolari o‘rganilib, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bandligini taʼminlash va daromadini yo‘lga qo‘yishga eʼtibor qaratildi.

Shuningdek probatsiya, profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan suhbatlar tashkil etildi

Oila-turmush doirasidagi, firibgarlik, o‘g‘irlik va kiber jinoyatchilik qurboniga aylanmaslik yo‘llari tushuntirildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Kogon shahrida joylashgan Kasb-hunar maktabida "Biz zo‘ravonlikka qarshimiz" shiori ostida tadbir tashkil etildi

Unda Kogon shahar IIB masʼullari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, taʼlim muassasasi o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda xotin-qizlarga nisbatan har qanday zo‘ravonliklarning oldini olish, ularning huquqlarini himoya qilish borasida tegishli idoralar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

O‘quvchi yoshlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar oldilar.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Qarzdorlik mavjud transportlar statsionar postlarda to‘xtatiladi

☑️ Qarzdorlik to‘lanmagan hollarda transport vositalari maxsus to‘xtash joylariga joylashtiriladi.

🔹Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining 212-km.da joylashgan “Sarmijon” YPX maskanida tekshiruvlar davomida o‘z muddatida qarzdorlik holatini bartaraf etmagan haydovchilar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Zoravonlikka_qarshi_16kunlik

Buxoro shahar IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari tomonidan "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun" dasturi doirasida tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida zo‘ravonlik va unga barham beruvchi omillar hamda himoya orderi va uni berilish tartibi to‘g‘risida qatnashchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Xodimlar maʼnaviyatini oshirish yo‘lida

"Maʼnaviyat marshruti" yo‘nalishi doirasida Kogon shahar IIB xodimlari ishtirokida "Sitorai-Moxixosa" tarixiy muzey majmuasi bo‘ylab sayohat tashkil etildi.

Xodimlarning maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish barobarida bilimlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan sayohat maroqli taassurotlarga boy o‘tgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube