BUXORO IIB | Rasmiy kanal
11.2K subscribers
69.4K photos
8.59K videos
9 files
22.7K links
Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida batafsil maʼlumotlar
Download Telegram
Romitan tumanida xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik hamda jinoyatlar sodir etilishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Yig‘ilishida viloyat prokurori o‘rinbosari Bobur Kamolov, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Uktam Askarov, tuman hokimi Umid Barnoyev, sektor rahbarlari, taalluqli tashkilot va idoralar masʼullari hamda mahalla vakillari ishtirok etishdi.

Bunda, tuman hududida ayollar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar hamda jinoyatlarga birma-bir to‘xtalinib, ularning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar, masʼullar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar xususida tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida notinch oilalar muhitini sog‘lomlashtirish, ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish kerakligi borasida topshiriqlar berildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Yashil_makon

🌳 Vobkent tuman IIB xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasiga o‘z hissalarini qo‘shishdi

Jarayonda xodimlar tomonidan manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
⚡️Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish — oliy burchimiz

Buxoro tumani hududiga “Xavfsiz tun” tadbiriga jalb qilingan ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari, Prokuratura, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida navbatdagi kengaytirilgan tungi tezkor yo‘riqnoma o‘tkazildi.

Bunda, xizmatga jalb qilingan xodimlarga jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda tungi vaqtlarda jamoat joyi va turli ko‘ngilochar maskanlarda maqsadsiz yurgan shaxslarni aniqlab, zaruriy profilaktik tushuntirish ishlarini olib borish, ish samaradorligini oshirishga qaratilgan zaruriy topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Romitan tumanida voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Unda viloyat prokurori o‘rinbosari Bobur Kamolov, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Uktam Askarov, viloyat hamda tuman IIOning tegishli sohaviy xizmatlari rahbarlari, maktab direktorlari va psixologlari, inspektor psixologlar, mahalla raislari hamda profilaktika inspektorlari ishtirok etdilar.

Muhokamada tuman hududida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar hamda jinoyatlarga birma-bir to‘xtalinib, ularning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar, masʼullar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar xususida tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Maʼnaviyat marshruti" yo‘nalishi doirasida Buxoro viloyat Musiqali drama teatrida viloyat IIO xodimlari va ularning oila aʼzolari eʼtiboriga Zikrillo Neʼmatning "Abdurauf Fitrat" asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi
—————

"Маънавият маршрути" йўналиши доирасида Бухоро вилоят Мусиқали драма театрида вилоят ИИО ходимлари ва уларнинг оила аъзолари эътиборига Зикрилло Неъматнинг "Абдурауф Фитрат" асари асосида саҳналаштирилган спектакль намойиш этилди

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
⚡️Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish — oliy burchimiz

G'ijduvon tumani hududiga “Xavfsiz tun” tadbiriga jalb qilingan ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari, Prokuratura, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida navbatdagi kengaytirilgan tungi tezkor yo‘riqnoma o‘tkazildi.