BUXORO IIB | Rasmiy kanal
11.2K subscribers
66.7K photos
8.23K videos
9 files
21.7K links
Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida batafsil maʼlumotlar
Download Telegram
Kogon shahar 3 sektor hududida kuz-qish shtabi masʼullari tomonidan o‘rganishlar davom etmoqda

Kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida Kogon shahar 3-sektorida mahallalarga biriktirilgan ishchi guruhi aʼzolari tomonidan hududlardagi ijtimoiy soha obyektlari hamda ko‘p qavatli uylarning mavsumga tayyorgarligi, gaz, elektr, ichimlik suvi masalalaridagi muammolari o‘rganilmoqda.

Mavsumda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni oldini olish maqsadida aholi bilan suhbatlar olib borilmoqda.

Shuningdek, binolarning taʼmirtalab tom qismi, fasad va kirish yo‘laklari, tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, yerto‘lalarni tartibga keltirish nazoratga olindi.

Yuqoridagi topshiriqlarni bajarish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqilib, ijrosini taʼminlashga kirishildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
"Dolzarb 40 kun" maxsus profilaktik tadbiri doirasida Buxoro shahar IIO FMB masʼullari tomonidan kasb-hunar maktabida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi

Bunda taʼlim muassasasida “Davomat” va “Tig‘” tadbirlari o‘tkazildi.

Maktablar masʼullari, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida savol-javoblar orqali turli illatlarning salbiy oqibatlari, firibgarlik, o‘g‘irlik va kiber jinoyatchilik qurboniga aylanib qolmaslik, pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasini bartaraf etish choralari batafsil tushuntirilib, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga doir targ‘ibotlar qilindi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati boshchiligida Turon Zarmed Universitetida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi

Unda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Bahodirxo‘ja Sharipov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Uktam Askarov, viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari Bobur Kamolov, taʼlim dargohi o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan yoshlarning jamiyat hayotidagi faol o‘rni, ularning taʼlim olishi va kasb-hunar egallashi uchun yaratilgan shart-sharoitlar va shu bilan birga ular tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik hamda jinoyatlar xususida so‘z yuritildi.

Uchrashuv davomida yoshlarining muammolar hamda takliflar o‘rganilib, o‘zaro muloqotda ular tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar tinglandi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Shofirkon tumanida Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov boshchiligida kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish va unga tayyorgarlik ko'rish masalalari yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi

Unda tuman hokimi Alisher Fayzilloyev hamda sektor rahbarlari hokim o'rinbosarlari, korxona-tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig'ilishda asosan jtimoiy obyektlar, maktab, maktabgacha ta'lim tashkilotlari, tuman markaziy shifoxonasi, oilaviy shifokorlik punktlaridagi qozonxonalarning sozligi va yuzaga kelayotgan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek ko'p qavatli uylarning issiqlik tizimi, elektr-energiyasi, ichimlik suvi, tabiiy gaz bilan ta'minlanganlik darajasi yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube