BUXORO IIB | Rasmiy kanal
11.2K subscribers
66.9K photos
8.25K videos
9 files
21.8K links
Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida batafsil maʼlumotlar
Download Telegram
Oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan profilaktik ishlar oʻtkazildi

Buxoro shahar IIO FMB mas’ullari tomonidan Buxoro davlat universiteti yotoqxonasi va talabalar turar ijara uylarida navbatdagi profilaktik targʻibotlar oʻtkazilib, ular oʻrtasida sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga doir tushuntirishlar berildi.

O‘rganishlar daoirasida yotoqxona ichki tartib-intizomiga hamda jamiyatda yurish-turish va odob-axloq qoidalariga amal qilish, ayniqsa, tungi vaqtlarda bemaqsad yurish oqibatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli ko‘ngilsiz holatlar xususida ogohlantirildi.

Talaba qizlar orasida erta turmush, erta tug‘ruqni oldini olish, uning oqibatlari, firibgarlik, o‘g‘irlik va kiber jinoyatchilik qurboniga aylanib qolmaslik yo‘llari tushuntirildi.

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi rolini mustahkamlashga doir yaratilayotgan qulay va keng imkoniyatlardan samarali foydalanish ta’kidlandi.

🇺🇿 Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Shofirkondagi savdo do‘konidan o‘marib ketilgan buyumlar egasiga qaytarildi
👉 Batafsil o‘qing:
—————————

Шофиркондаги савдо дўконидан ўмариб кетилган буюмлар эгасига қайтарилди
👉 Батафсил ўқинг:

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Forwarded from POSTDA|Rasmiy kanal
ПСИХОТРОП МОДДАЛАР ТАРҚАЛИШИНИНГ ОЛДИ ОЛИНДИ

Бухоро вилояти ҳуқуқ-тартибот органлари томонидан ҳудудларда гиёҳвандлик воситалари ва психотроп моддаларнинг ғайриқонуний айланишига қарши курашиш мақсадида Ғиждувон туманида ўтказилган навбатдаги тезкор тадбир давомида “Сано Камол Мед Фарм” МЧЖга қарашли дорихона сотувчиси 6 дона оқ-қизил рангли капсулани бошқа бир фуқарога 350 минг сўмга сотган вақтда ушланди.
Batafsil o'qing 👉

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Qidiruvdagi shaxs Buxoro shahrida qo‘lga tushdi

Buxoro shahar IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Tong” tezkor qidiruv tadbiri davomida O‘zbekiston Respublikasi JK ning 257-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun, Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan, Buxoro shahar Navoiy shoh ko‘chasida ro‘yxatda turuvchi 1995 yilda tug‘ilgan K.T. ning yashirinib yurgan manzili aniqlanib Buxoro shahrining o‘zida qo‘lga olindi va O‘zbekiston Respublikasi IIV JIYED 6-mintaqaviy hudud 4-TH ga joylashtirildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan videoxabar yuzasidan rasmiy munosabat...
👉 Batafsil o‘qing:
—————————

Ижтимоий тармоқларда эълон қилинган видеохабар юзасидан расмий муносабат...
👉 Батафсил ўқинг:

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Peshku tumani: “Xavfsiz hudud” maxsus tezkor profilaktik tadbirlari

Peshku tumani IIB masʼullar tomonidan “Guliston”, “Peshku”, “Yangibozor” va “Chig‘irchi” mahallalarida “xonadonbay” tizimi asosida aholi orasida “Xavfsiz hudud” maxsus tezkor profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

Tadbir oldi yo‘riqnomada xodimlarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, joylarda tuman IIB 3-sektor masʼullari ishtirokida fuqarolarning murojaatlari o‘rganilmoqda.

Hududlarda savdo obyektlari, xonadonlar, ko‘cha va jamoat joylari, qishloqlar bo‘ylab aholi va korxonalar xodimlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga doir huquqiy-targ‘ibotlar olib borildi.

Bunda ov quroli bor, probatsiya nazorati ostida hamda profilaktika hisobida turuvchi, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan fuqarolar bilan yakka tartibda profilaktik ishlar olib borilib, kelgusida bu kabi jinoyat va huquqbuzarliklarni sodir etmaslik bo‘yicha ogohlantirishlar berildi.

🇺🇿 Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube