BUXORO IIB | Rasmiy kanal
11.1K subscribers
69.1K photos
8.54K videos
9 files
22.5K links
Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida batafsil maʼlumotlar
Download Telegram
Forwarded from POSTDA|Rasmiy kanal
KEKSALAR DOIMO E’ZOZDA

Buxoro shahar IIOFMB tomonidan 3-sektor hududiga kiruvchi “Havzi-nav” hamda “Gulshan” mahallalari hududida istiqomat qiluvchi keksa onaxonlar va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlardan 50 nafari Samarqand viloyatida dam olib, ziyorat qilib kelishi taʻminlandi. Ular “Registon” maydoni, “Shoxi Zinda” majmuasi hamda “Mirzo Ulugbek” ziyoratgohlarida boʻlishdi, bobokalonlarimizning o‘tmishlarini yana bir bor eslashdi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.

👉
@postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Mahalla” teleradiokanali “Reportyor” informatsion dasturi:

Buxoroda ikkinchi bor jinoyatga qo‘l urgan o‘smir fosh etildi
——————

Бухорода иккинчи бор жиноятга қўл урган ўсмир фош этилди

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
​​“Keksalar haftaligi” doirasida...

Buxoro viloyati Ichki ishlar organlarida uzoq yillar el-yurt tinchligi yo‘lida fidoyi xizmat qilib, bir nechta shogirdlarga ustozlik qilgan faxriylar safi ko‘pchilikni tashkil etadi.

“Keksalar haftaligi” oyligi doirasida hamda 5-oktyabr — “Tezkor bo‘linmalarda nafaqaga chiqqan xodimlarni xotiralash va qadrlash kuni” bayrami munosabati bilan viloyat IIB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Erkin Safarov boshchiligidagi mutasaddi rahbarlar tomonidan ichki ishlar organlarining bir qator ana shunday faxriylari holidan xabar olindi.

Jumladan, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor-tergov qidiruv xizmatida rivoji yo‘lida uzoq yillar smarali xizmat qilib, hozirda nafaqaga chiqgan faxriylar xonadoniga borilib, samimiy tabriklab, ularga viloyat IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyevning bayram tabrigi yetkazildi.

🇺🇿 Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati
Buxoro viloyat 3-sektor rahbari Romitan tumanida sayyor qabul o‘tkazdi
👉
Batafsil o‘qing:
————————

Бухоро вилоят 3-сектор раҳбари Ромитан туманида сайёр қабул ўтказди
👉
Батафсил ўқинг:

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Mehmonlarimiz xavfsizligi — ishonchli qo‘llarda!

Viloyatimizga tashrif buyurayotgan barcha mahalliy va xorijiy mehmonlarga yanada qulay sharoitlar yaratib berilayotgani, Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlarining faoliyati soha rivojiga qolaversa, sayyohlik salohiyati boy bo‘lgan zamin to‘g‘risida yanada ijobiy xulosalar shakllanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Surxondaryo viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari kuzatuvidagi mehmonlarga Buxoro viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari hamrohlik qilishdi.

Mehmonlarga Buxoro viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan shahrimizning diqqatga sazovor joylari to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Buxoro viloyatida “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi hamda ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” qabul qilingan qonunni aholi orasida keng tushuntirish, qaror talablarining bajarilishi yuzasidan zaruriy tayyorgarlik choralarini koʻrish borasida bir qator targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Jondor tumani IIB xodimlari tomonidan tuman hududidagi 52 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida ov quroliga ega boʻlgan fuqarolar oʻrtasida targʻibot ishlari olib borildi.

Bunda Oʻzbekiston Respublikasining qurol toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari orqali kiritilgan oʻzgartirishlar, yangi turdagi oʻrnatilgan qoidalar yuzasidan tushuntirishlar berilib, kelgusida barcha ov quroliga ega boʻlgan fuqarolar tomonidan ushbu qoidalarga qatiy amal qilishlari aytib oʻtildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube