BUXORO IIB | Rasmiy kanal
11.1K subscribers
68.5K photos
8.4K videos
9 files
22.2K links
Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida batafsil maʼlumotlar
Download Telegram
Mahallalarda “Xavfsiz hudud” maxsus tezkor profilaktik tadbirlari davom etmoqda

Buxoro shahar IIO FMB HPB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha masʼullari tomonidan mahallalarda “xonadonbay” tizimi asosida aholi orasida navbatdagi keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Hududda notinch oilalar muhitini sog‘lomlashtirish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirishga doir targ‘ibotlar olib borilib, “Himoya orderi” berish tartibi haqida huquqiy tushunchalar berildi.

Unda aholi muammolari o‘rganilib, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bandligini taʼminlash va daromadini yo‘lga qo‘yishga eʼtibor qaratildi.

Oila-turmush doirasidagi jinoyatchiliklardan ehtiyotkorlikka chorlanib, firibgarlik, o‘g‘irlik va kiber jinoyatchilik qurboniga aylanmaslik yo‘llari tushuntirildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Forwarded from POSTDA|Rasmiy kanal
“QALQON” JAMOASI G‘OLIB BO‘LDI

Zakovat bu – bilim charxi. Zakovatli bo‘lish esa ma’nan yetuklik deganidir. Jumladan, kitob o‘qigan insonning maʼnaviyati yuksak, dunyoqarashi keng, tafakkuri boy bo‘ladi. Bu sifatlar bugungi kun ichki ishlar organlari xodimlari uchun zarur jihatlardir.
Shu o‘rinda, xodimlarning intellektual va professional bilim darajasini oshirib borish hamda iqtidorli, ijodkor xodimlarni rag‘batlantirish, ularning o‘z aql-zakovatini namoyon etishiga ko‘maklashish maqsadida “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida Kogon tuman “Taraqqiyot” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan axborot-kutubxona markazida ichki ishlar va xalq ta’lim bo‘limlarining xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. O‘yin bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.
Yakuniy natijalar bo‘yicha tuman ichki ishlar bo‘limining “Qalqon” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi va jamoaga Buxoro viloyati bo‘ylab “Yetti pir” ziyoratgohiga yo‘llanma topshirildi.
Farhod SHODIYEV,
kapitan.
Buxoro viloyati.
Forwarded from IIV | Rasmiy kanal
Joriy yilning 14-15-16-sentyabr kunlarida Samarqand shahriga rejalashtirilgan sayohatingizni vaqtincha boshqa kunlarga qoldirishingiz tavsiya etiladi
———
Жорий йилнинг 14-15-16 сентябрь кунларида Самарқанд шаҳрига режалаштирилган саёҳатингизни вақтинча бошқа кунларга қолдиришингиз тавсия этилади
———
14-15-16 сентября этого года рекомендуется временно отложить запланированную поездку в Самарканд на другие дни
———
Dear citizens, we recommend that you temporarily postpone your planned trip to the city of Samarkand on September 14-15-16, if possible, if not necessary, on the eve of the international event

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | TikTok | Ok | TV
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“102” avtomatlashtirilgan tizimi — ishonch poydevori...

“102” avtomatlashtirilgan tizimi imkoniyatlaridan keng foydalanish orqali Buxoro viloyatining barcha hududlarida, ayniqsa eng chekka va olis mahallalarda ham ichki ishlar organlari hamda boshqa hamkor idoralarning kuch vositalarini to‘g‘ri yo‘naltirish, hodisa sodir bo‘lgan joyga o‘z vaqtida yetib borish va bu orqali jinoyatlarni barvaqt oldini olish, sodir etilganlarini issiq izida fosh etishga, shuningdek, fuqarolarning buzilgan huquqlarini tez fursatlarda tiklanishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Tizim eng avvalo, har bir insonni Ichki ishlar organlariga yana-da yaqinlashtirib, o‘zaro ishonch va qulay munosabat muhitini yaratmoqda.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
“Kasbiy tayyorgarlik oyligi” qizg‘in davom etmoqda...

Ichki ishlar organlarida keng miqyosda o‘tkazilayotgan “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida bugun, 13-sentyabr kuni Kogon shahar IIB shaxsiy tarkibi bilan navbatdagi saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Bunda, shaxsiy tarkibning maxsus rejalar eʼlon qilinganda harakatlanishi, bu yo‘nalishda xodimlarning kasbiy bilim saviyasi hamda jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirishga qaratilgan sinov mashg‘ulotlari o‘tkazilib, ularda xizmat guvohmasi, jeton, furnitura va tashvish qoplari mavjudligi tekshirildi.

Shu bilan birga, xodimlarning o‘z vaqtida ishga kelishi nazorat qilinib, ularga xizmat intizomiga amal qilish va qonuniylilikni mustahkamlash borasida tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro MTRK “Diyor yangiliklari” informatsion dasturi:

Buxoro shahar “Imom Albuxoriy” mahallasining jinoyatdan xoli hududga aylanishida profilaktika katta inspektori bilan yelkama-yelka xizmat qilib kelayotgan ushbu mahalladagi “beshlik” vakillari, ayniqsa hokim yordamchisi Murodjon Qahhorovning ishtiroki muhim ahamiyat kasb etmoqda.

———————
Buxoro shahar “Imom Albuxoriy” mahallasining jinoyatdan xoli hududga aylanishida profilaktika katta inspektori bilan yelkama-yelka xizmat qilib kelayotgan ushbu mahalladagi “beshlik” vakillari, ayniqsa hokim yordamchisi Murodjon Qahhorovning ishtiroki muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
3-sektor faoliyatiga bir nazar...

Shofirkon tumani IIBda 3-sektor rahbari, IIB boshlig‘i, podpolkovnik Azamat Ismoilov tomonidan qator masʼullar ishtirokida “Xorin”, “Shodlik”, “Mirzoqul” mahallalarida istiqomat qiluvchi aholining turli masalalarga doir mavjud muammo va takliflari joyida birma-bir o‘rganildi.

Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etganlari esa alohida nazoratga olindi.

Shaxsiy tarkib va kunlik xizmatga jalb qilingan xodimlar bilan yo‘riqnoma o‘tkazilib, jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lib, murojaatlar bilan tizimli ishlashni yo‘lga qo‘yish, xizmat intizomi hamda qonunchilikka qat’iy rioya etilishi yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Fermer xo‘jaliklarning “Paxta-2022” mavsumidagi agrotexnik tadbirlari, g‘o‘za parvarishi va xavfsizligi bo‘yicha dalalarda olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirilib, ishchi xodimlar bilan suhbatlar qilindi.

🇺🇿 @bviib