BUXORO IIB | Rasmiy kanal
11.3K subscribers
69.6K photos
8.62K videos
9 files
22.8K links
Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida batafsil maʼlumotlar
Download Telegram
Buxoro viloyati bo‘ylab yoshlarni turli yod g‘oyalar taʼsiriga tushib qolishining oldini olish borasida keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Jumladan, Buxoro shahar IIO FMB Terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda Buxoro davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari ishtirokida navbatdagi profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

Bunda, talabalar internet tarmoqlaridan noto‘g‘ri foydalanish natijasida ijtimoiy tarmoqlarda eksterimistik tashkilotlarning targ‘ibotlari va soxta din ulamolarining daʼvatlarini kuzatishi orqali ularning taʼsir doirasida tushib qolishi yoki chet elda faoliyat olib borayotgan eksterimistik oqimlar va taʼqiqlangan tashkilotlar safiga qo‘shilib qolishi hamda norasmiy tashkilotlarning noqonuniy faoliyati, yig‘ilish va mitinglarini kuzatishi kabi dolzarb muammolardan ogoh bo‘lishga chorlanib, ularning og‘ir va ayanchli yakuniga doir so‘z yuritildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoroda “Intizom oyligi” doirasidagi tadbirlar

IIVning tegishli farmoyishi asosida o‘tkazilayotgan “Temir intizom va halollik – muvaffaqiyat kaliti” shiori ostidagi “Intizom oyligi” doirasida xodimlarni yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega, ma’nan yetuk, bilimli, halol, vatanparvar va jasur etib tarbiyalash, ichki ishlar organlarida “Temir intizom”ni yo‘lga qo‘yish va qonuniylikni ta’minlash borasida viloyat Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlar ishtirokida qator samarali ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Peshku tumani IIB ma’muriy binosida joriy yilning 15-iyun kuni Ichki ishlar organlari tizimida uzoq yillar davomida samarali mehnat qilgan faxriylar va sohaga endigina qabul qilingan yosh xodimlar hamda boshqarma rahbariyati, IIV mas’ul xodimi ishtirokida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.

Ko‘tarinki va yuqori taassurotlarga boy o‘tgan uchrashuvda faxriylar amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, kasbiy sir-asrorlar, qo‘shimcha takliflar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

🇺🇿@bviib
Xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda

Buxoro tumani Ichki ishlar bo‘limi Huquqbuzarliklar profilaktikasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori tomonidan tuman bo‘ylab mahallalarda ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash, aholi, ayniqsa xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish, zo‘ravonlik hamda tazyiqqa uchrayotgan xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirishga doir keng qamrovli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tumanda qizil toifaga kiritilgan mahallarda jinoyat sodir etilishining oldini olish borasida ayollar bilan doimiy ravishda profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda. Ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar belgilanib, mavjud muammolarning bartaraf etilishiga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro shahrida yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibotlari yuzasidan navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
________________
Бухоро шаҳрида янги таҳрирдаги Йўл ҳаракати қоидалари бўйича тушунтириш ва тарғиботлари юзасидан навбатдаги ўқув машғулоти ўтказилди

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Buxoro viloyat 3-sektor rahbari “Oytug‘di” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi
👉
Batafsil o‘qing:
_______________
Бухоро вилоят 3-сектор раҳбари «Ойтуғди» маҳалласида сайёр қабул ўтказди
👉
Батафсил ўқинг:

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoroda IIV tibbiyot boshqarmasi markaziy muassasalarining bir guruh yetakchi mutaxassislari ishtirokida ichki ishlar organlari tibbiyot muassasalari shifokorlari hamda biriktirilgan tarkib orasida tashxis qo‘yish va malakali mutaxassislar ko‘rigiga muhtoj bemorlar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
______________
Бухорода ИИВ тиббиёт бошқармаси марказий муассасаларининг бир гуруҳ етакчи мутахассислари иштирокида ички ишлар органлари тиббиёт муассасалари шифокорлари ҳамда бириктирилган таркиб орасида ташхис қўйиш ва малакали мутахассислар кўригига муҳтож беморлар учун чуқурлаштирилган тиббий кўрик ташкил этилди.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Ozarbayjon Respublikasi Davlat turizm agentligi vakillaridan iborat delegatsiya Buxoroda bo‘ldi

Joriy yilning 15-iyun kuni Buxoroyi sharifga Ozarbayjon Davlat turizm agentligi vakillaridan iborat delegatsiya ijodiy safari tashkil etildi.

Tashrif doirasida viloyatda joylashgan hunarmandchilik markazlari, Buxoro shahrida restavratsiya qilingan madaniy meros obyektlari hamda diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishildi.

Bunda, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan mehmonlar xavfsizligi to‘liq ta’minlandi.

Shuningdek, delegatsiya vakillari viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi binosiga tashrif buyurib, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va viloyatga tashrif buyurayotgan sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Bu borada ularga taqdimot qilinib, ma’lumotlar berildi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

🇺🇿 Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube