BUXORO.UZ | Rasmiy kanal (Lotin)
72 subscribers
10.8K photos
1.27K videos
3 files
4.59K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Ishonch telefoni: (+998) 65-222-22-22
Murojaatlar uchun: @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi 1-uy
Download Telegram
BUXORO.UZ | Rasmiy kanal (Lotin)
Photo
#Live

“Narshaxiy bog‘i” deya nom berilgan maskanning ochilish marosimi tantanali tus oldi. Unda viloyat va shahar sektorlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari qatnashishdi.

Darhaqiqat, istirohat bog‘i bu yerda olib borilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari natijasida aholi uchun ko‘ngilli hordiq chiqarish maskaniga aylangan. Unda madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish uchun yetarli sharoitlar yaratilib, bolajonlarga atab turli yangi o‘yin qurilmalari o‘rnatildi. Atrofga ko‘plab manzarali daraxtlar ekildi.

Yig‘ilganlar bog‘da amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari, aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar. Nuroniylar, aholi vakillari yaqin-yaqingacha tashlandiq holda yotgan joyning so‘lim maskanga aylantirilgani uchun xursandligini bildirdi.

Tadbir konsert dasturiga ulanib davom etdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Diyor yangiliklari” informatsion dasturining 19-iyul soni asosiy xabarlari bilan tanishing:

— Romitan tumanida mahallalar infratuzilmasi yaxshilanmoqda;
— Agrar sohani zamonaviy texnologiya va ilg‘or tajribalar asosida rivojlantirishda klasterkorxonalarning o‘rni;
— "Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha dolzarb 30 kun" tadbirlari davom etmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

Ilm oling va viqor, halimlik bilan ziynatlaning. Ta’lim oladigan va ta’lim beradigan kishingizga ham tavo’zeli bo‘ling!

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#No_comment

Buxoro shahridagi "Narshaxiy bog‘i" foydalanishga topshirildi

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️"O‘zagrokimyohimoya" AJning viloyatimiz hududidagi 320 dan ortiq mol-mulklari sotuvda qo‘yildi

🏢 Bino-inshootlar - 56 ta
🚗 Avtotransport vositalari - 80 ta
🚜 Maxsus texnikalar - 127 ta
🖨 Asbob-uskunalar va boshqalar - 64 ta

Barchasini ko'rish

📹 Savdolarda qatnashish uchun qo‘llanma ko'rish
📱
+998992072604
📱 +998992073604

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlar_hayoti
#Qorovulbozor_tumani

“Jarqoq Umid don” MCHJ bugungi kunda un ishlab chiqarish, tikuvchilik, non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish, parrandachilik hamda qo‘ychilik yo‘nalishlarida o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Umimiy hisobda 30 dan ortiq qishloq aholisining mazkur korxonada bandligi ta’minlangan. Ishchilarga 1 mln 500 ming so‘mdan 3 mln 500 ming so‘mgacha oylik to‘lanadi.

— Korxonamizda un ishlab chiqarish bilan bilan bir qatorda mingdan ortiq tovuq parvarish qilinadi. Kuniga o‘rtacha hisobda 850-900 ta tuxum olamiz. Mahsulotlarimizga talab yuqori, – deydi korxona ish yurituvchisi Kamolat Ostonova.
Tuman hokimi Akmal Ostonov kuni kecha mazkur korxonada bo‘ldi. O‘rganishlar jarayonida korxona faoliyatini kengaytirish, bu borada tadbirkorga amaliy ko‘mak berish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shuningdek, tuman hokimi mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini ham ko‘zdan kechirdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2023

⚡️Bugun o‘qishga topshirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!

Abituriyentlar bugun soat 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz saytlari orqali OTMlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari, shuningdek, tanlagan ta’lim yo‘nalishlarini o‘zgartirishlari mumkin.

Shuningdek, to‘lovdan ozod qilinganlar toifasiga kirmaydigan abituriyentlar 21-iyul kuni soat 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Hurmatli abituriyentlar!

❗️
Ro‘yxatdan o‘tish uchun so‘nggi soatlarni kutmang! Tezroq bir qarorga kelib, imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring!

❗️Ro‘yxatdan o‘tishda tanlov ustuvorligi, maqsadli qabul, ta’lim shakli, ta’lim tili, yo‘nalishlar ketma-ketligi, chet tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling!

Qabulga doir ma’lumotlar @eduuzuniversalbot'da.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangiliklar 24 | Buxoro davlat universiteti moddiy-texnika bazasi mustahkamlanmoqda

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube