BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
24.5K subscribers
94.4K photos
12.1K videos
23 files
42.4K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
#bugun

Delegatsiya "Buxoro neftni qayta ishlash zavodi" MCHJ faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishtirildi.

Shu yerda o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍4
#bugun

Vitaliy Xotsenko boshchiligidagi delegatsiya a'zolari “Buxoro sanoatni rivojlantirish kompleksi” maxsus sanoat parkida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

Qayd etish joizki, hozirda ilg‘or xorijiy tajriba asosida Kogon tumanida ming gektarda “Buxoro sanoatni rivojlantirish kompleksi” maxsus sanoat parki barpo qilinmoqda.

Mazkur obyektning tashkil etilishi natijasida Buxoro viloyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy sanoat quvvatlarini ishga tushirish, ichki va tashqi bozorlar uchun raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha investisiya loyihalarini amalga oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratilishiga erishiladi.

Mehmonlar sanoat parkida investorlar uchun mavjud imtiyoz va yengilliklar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍54👎2
#bugun

📍Mehmonlar dastlab Bahouddin Naqshband majmuasini ziyorat qilishdi. Qur’on tilovat qilindi.

Aytish joizki, yurtimizda yashagan avliyo va allomalar Islom olamida alohida e’zozlanadi. Buyuk ajdodimiz Bahouddin Naqshband ana shunday siymolardan biridir.

Mehmonlarga uning hayoti, islom dini rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, “Ko‘ngling Allohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin” degan g‘oyaning mazmun-mohiyati haqida so‘zlab berildi. Majmuada so‘nggi yillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari hamda ziyoratchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12👎21
#bugun
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

Viloyat hokimi Botir Zaripov bugun ham Buxoroning eski shahar qismida bo'lib, bu yerda amalga oshirilayotgan ta'mirlash-tiklash ishlarining borishi bilan tanishdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍11👎2🙏1
#Bugun
⚡️Viloyat hokimi Botir Zaripov Xitoyning “Jiansu Word Agricultural Machinarery Co., Ltd” kompaniyasi rahbari Zhu Linjun boshchiligidagi ishbilarmonlar delegatsiyasini qabul qildi

Qayd etish joizki, mazkur kompaniya urug‘chilikdan to paxtani qayta ishlashgacha bo‘lgan bosqichlarda boy tajribaga ega hisoblanadi. Shuningdek, kompaniya paxtani qayta ishlash mashinalari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Ularning orasida paxta terish mashinasi, saqlash va tashish tizimi, paxta tozalash, avtomatik bog‘lashga ixtisoslashgan texnikalar mavjud.

Muloqotda kompaniya rahbari Zhu Linjun korxona faoliyati, ishlab chiqarish, texnikalar haqida kerakli ma’lumotlarni berdi.

Shuningdek, suhbat davomida zamonaviy paxta terish mashinalarini viloyatga olib kelish bilan birga ushbu texnikalarni shu yerning o‘zida yig‘ish, o‘quv va servis xizmatlarini tashkil etish istiqbollari ham muhokama qilindi.

Muloqot davomida aniq takliflar asosida o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi. Ushbu tashabbus viloyatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining qiymat zanjirini yanada mustahkamlash, yangi texnologiyalarni joriy etish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishi bilan e’tiborlidir.

Ma’lumot o‘rnida: “Jiansu Word Agricultural Machinarery Co., Ltd” kompaniyasi “Buxoro Agroklaster” MChJ paxta-to‘qimachilik klasteri bilan hamkorlikda o‘zaro teng manfaatli qator loyihalar ustida ish olib bormoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍12👎3
#bugun

Botir Zaripov Buxoro shahrida amalga oshirilayotgan qurulish-bunyodkorlik ishlarini ko’zdan kechirdi, belgilangan ishlarni jadallashtirish yuzasidan vazifalarni belgilab berdi.

Xususan,
👉Viloyat rahbari Buxoro tumanining Buxoro shahriga yondosh “Bog‘idasht” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ajratilgan 40 gektarda maydonda barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston bog‘i”dagi ish jarayonlarini o’rgandi;

👉Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi qurilishini borib ko‘rdi. Shuningdek, viloyat rahbari viloyat pedagogik mahorat markazida ham bo‘ldi;

👉Botir Zaripov tig‘iz kun tartibi doirasida shaharning tarixiy markazida bo‘lib, mazkur hududda boshlangan restavratsiya, konservatsiya, ta’mirlash-tiklash ishlarining borishini yana bir bor ko‘zdan kechirdi;

👉O‘zbekiston - AQSH qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi jamoasi tomonidan Shahriston maydonida olib borilayotgan arxeologik qazishma ishlari bilan tanishdi;

👉Gʻijduvon ko‘chasida bunyod etilayotgan zamonaviy mehmonxonalarda borayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍10👎21
#bugun

Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev bugun, 🗓 21-may kuni 10:00 da Buxoro viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Unda tadbirkorlarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularni tezkorlik bilan hal qilish hamda aholini daromadli mehnat bilan bandligini oshirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish va bu borada aniqlangan tizimli muammolarning yechimi yuzasidan takliflar ishlab chiqishga e’tibor qaratiladi.


✔️Barcha tadbirkorlarni ushbu uchrashuvga taklif etamiz.

📍Manzil: Buxoro viloyati soliq boshqarmasi binosi.
(Buxoro shahar, M. Iqbol ko‘chasi, 14-uy.)


Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍4👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bugun

⚡️Botir Zaripov qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgan obyektlarda bo‘ldi

👉Viloyat hokimi ish kunini eski shaharda so‘nggi bosqichda davom etayotgan ta’mirlash-tiklash ishlarining borishi bilan tanishishdan boshladi.

👉"Yangi O‘zbekiston bog‘i"da ham bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan ishlarni yana bor ko‘zdan kechirdi.

👉Buxoro shahridagi 2-maktabgacha ta’lim tashkilotining rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.

👉Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy markazi Buxoro filialining rentgen-radiologiya bo‘limi uchun 30 o‘rinli yangi bino va bunker qurilishi ishlarini ko‘zdan kechirdi.

👉2-son ixtisoslashtirilgan sport maktabi hududida 18x30 o‘lchamdagi sport zali qurilishini ham borib ko‘rdi.

👉59-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham bo‘lib, qurilish-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍7
#Bugun
⚡️Viloyat hokimligida Prezident Xalq qabulxonasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Umar Ismoilov, viloyat hokimi Botir Zaripov, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Shuningdek, yig‘ilishda videokonferensaloqa shaklida tuman va shahar hokimlari hamda mas’ullari qatnashishdi.

Yig‘ilishda respublika ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyatida vazirlik va tashkilot rahbarlarining ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir bo‘lgan chegara va chekka olis hududlarida aholi bilan muloqotini tashkil etish, ishsizlik va kambag‘allik darajasini qisqartirish hamda mahallalarni obodonlashtirish, infrastrukturasini yaxshilash maqsadida 26-30 may kunlari viloyatning shahar va tumanlarida sayyor qabullari o‘tkazilishi bo‘yicha fikr almashildi.

Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning hayotiy muammolarini tezkorlik bilan hal etishga keng imkoniyat yaratish, odamlarning og‘irini yengil qilib, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash dolzarb vazifa ekanligi yana bir bor ta’kidlanib, bu boradagi muhim chora-tadbirlar belgilandi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍6
#Bugun
⚡️Buxoroda respublika ishchi guruhining ommaviy sayyor qabullari boshlandi

Xabar berganimizdek, respublika ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyatida vazirlik va tashkilot rahbarlarining sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, bugun Buxoro shahridagi Kasbiy ko’nikamalar markazida o’tkazilgan qabul Buxoro hamda Kogon shaharlari, Kogon va Qorovulbozor tumanlari aholisi uchun tashkil etilib, unda Prezident Xalq qabulxonalari, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Adliya, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari hamda boshqa qator markaziy idora va tashkilotlar mas’ul rahbarlari, shuningdek, viloyat va shahar hokimliklari mutasaddilari ishtirok etdi.

Qabul jarayonida fuqarolarning ijtimoiy-maishiy, huquqiy va boshqa dolzarb muammolari eshitildi. Shuningdek, ommaviy sayyor qabulda kadastr, bandlik, qishloq xo‘jaligi, elektr va gaz ta’minoti, uy-joy olish kabi turli yo‘nalishlardagi murojaatlar yuzasidan fuqarolar mas’ullardan yechim izladi.
Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Murojaatlar mas’ul idoralarga yo‘naltirilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Bu kabi sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, muammolarni joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
4👎2