BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
24.5K subscribers
94.6K photos
12.1K videos
23 files
42.4K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
#xalqaro_aloqalar
#Buxoro_Tatariston

Botir Zaripov Zelenodolsk tumani rahbari Mixail Afanasev hamrohligida “Iskra-Volga" texnoparki faoliyati bilan ham tanishdi.

Qayd etish joizki, mazkur texnopark nafaqat Tataristonning, balki Rossiya Federatsiyasi energetika klasterining asosi hisoblanadi. Texnopark shunchaki sanoat korxonalari xoldingi emas. Bu ta’lim va bilim orqali texnologiyalar ishlab chiqiladigan noyob sanoat platformasi.


110 gektar maydondan iborat, tarkibiy jihatdan zamonaviy energiyaning asosiy elementi bo‘lgan yuqori voltli kabel armaturalarini ishlab chiqaruvchi SKAT, intellektual elektr hisoblagichlarni seriyali ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan “PromЕnergo, elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini ishlab chiqarayotgan “E-PROM”, elektr transport vositalari uchun mini-zaryadlash stansiyalari yig‘ilayotgan komponetlar markazi, bino-inshootlarni arxitekturaviy yoritish moslamalari tayyorlanayotgan “Aruna” kompaniyalarini o‘zida birlashtirgan texnopark bilan tanishuv delegatsiyada katta qiziqish uyg‘otdi.

Ma’lumot berilishicha, mazkur texnopark uchun rezidentlar tomonidan 2,5 mlrd rubl investitsiya kiritilgan. Hozirda 750 nafar mutaxassis mehnat qilayotgan texnoparkni yanada kengaytirish ustida ish olib borilmoqda. Natijada 2027-yilga borib qo‘shimcha 150 ish o‘rni yaratiladi. 2024-yilda texnopark ishlab chiqarishlardan 7 mlrd rubl sof foyda olgan bo‘lsa, joriy yil yakuni bilan bu ko‘rsatkich 12 mlrdga yetadi.

Botir Zaripov dinamik rivojlanayotgan “Iskra-Volga” texnoparki bilan faol hamkorlik hudud iqtisodiyoti, shuningdek, “yashil energiya”ni rivojlantirish uchun juda muhim ekanligini qayd etdi. Shu jihatdan texnopark rezidentlari bilan hamkorlikni faollashtirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍8👎2🔥1
#xalqaro_aloqalar
#Buxoro_Tatariston

Xabar berganimizdek, Qozonda Rossiya, Tatariston Respublikasi va islom dunyosi mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida ekspertlar, tadbirkorlar, siyosatchilar va madaniyat arboblarini birlashtirgan “Rossiya – Islom olami: KazanForum 2025” keng ko‘lamli xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘n oltinchi bor tashkil etilayotgan mazkur forum eng yaxshi startaplar, chekka hududlarni rivojlantirish sohasidagi loyihalarni taqdim etadigan hamda Rossiya va Tatariston biznesi bilan hamkorlikni faollashtiradigan maydonga aylandi.

Mazkur forumda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etib, hududga investisiyalarni jalb etish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasining qator yirik ishlab chiqaruvchilari bilan muzokaralar o‘tkazishdi.

Shuningdek, forum doirasida Kazan Expo avtoturargohida tashkil etilgan texnikalar ko‘rgazmasi bilan tanishishdi.

Bu yerda 16 kompaniya, jumladan, KAMAZ, Qozon vertolyot zavodi, Ak Bars kemasozlik korporatsiyasi, SOLLERS Alabuga va boshqalar tomonidan 47 ta texnika va uskunalar namoyish etildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍8
#xalqaro_aloqalar
#Buxoro_Tatariston

Bugun, shuningdek, Buxoro viloyati delegatsiyasi Kazanka qirg‘og‘idagi URAM ekstremal parki bilan yaqindan tanishtirildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2015-yildan beri Tatariston Respublikasi hududlarida turli darajadagi mashg‘ulotlar uchun 20 dan ortiq ekstremal maydonlar yaratilgan.

Uram ekstremal parki ekstremal sportchilar va yoshlar uchun joylarni, faol dam olish joylariga ega shahar bog‘ini va sport va madaniy tadbirlar uchun tadbirlarni o‘tkazish joylarini o‘zida birlashtirgan.

Bog‘dagi barcha sport inshootlari - beton skeyt parki, nasos-trek, stritbol parki, parkur va treyning maydonchalari, aeropark va mashg‘ulot zonasi— skeytbordingdan BMX Freyestylegacha, shuningdek, skuter va rolikli sport turlari bo‘yicha barcha yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro musobaqalarni o‘tkazish uchun xalqaro xavfsizlik talablari va standartlariga muvofiq qurilgan.

Ekstremal park loyihasi Legato Sports Architecture tomonidan ishlab chiqilgan. Kompaniya mas’ullarining ma’lum qilishicha, parkni qurish va loyihalashda 150 dan ortiq kishi ishtirok etgan, ularning ko‘pchiligi professional ekstremal sportchilar, BMX Racing, skeytbord, pastga tushish, bayker kross va boshqa ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha Rossiya va jahon chempionatlari g‘oliblari hisoblanishadi. Park ochiq va yopiq qismdan iborat.

Binoda skeyt parki, kafe, sport zali, ma’ruza zali va madaniy tadbirlar o‘tkaziladigan ko‘p funksiyali foye joylashgan.
Bino tashqarisida bolalar o‘yin maydonchalari, konsertlar, filmlar namoyishi va taqdimotlar o‘tkazish imkoniyati bo‘lgan amfiteatrli ko‘p funksiyali kirish maydoni mavjud. Yopiq ekstremal parkda siz o‘tirishingiz, yugurishingiz yoki skeytbord yoki velosiped minishingiz mumkin.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍1
#xalqaro_aloqalar
#Buxoro_Tatariston

Maydoni 3,4 gektar bo‘lgan “Yelmay” bolalar bog‘i Uram ekstremal bog‘i va Tatariston Respublikasi Milliy kutubxonasi o‘rtasida joylashgan. Yangi jamoat maydoni tarix, arxeologiya va ixtiologiyani o‘zida mujassam etganligi bilan ahamiyatlidir.

“Yelmay” bolalar bog‘i shahardagi eng katta o‘yin maydonchasi va individual bolalar jihozlari bilan yangi ochiq jamoat maydoniga aylangan. Hudud turli yosh guruhlari uchun funksional zonalarga bo‘lingan: daryoning tuzilishini o‘rganishingiz mumkin bo‘lgan suv o‘yin zonasi, shuningdek, harakat va faol o‘yin zonasi, o‘smirlar zonasi va tepaliklar, narvonlar va yo‘llar bilan kichkintoy zonasi.

Bog‘da, shuningdek, ko‘p funksiyali pavilion, favvora, sahnaga ega tadbir maydoni, dam olish va tadbirlar uchun o‘tloqlar, katta tabiiy labirint va aholi uchun tinch va osoyishta dam olish uchun hududlar mavjud.

Mazkur bog‘ bilan tanishuv ham buxorolik mehmonlarda katta tassurot qoldirdi. Shuningdek, Botir Zaripov shu bog‘ loyihasi asosida Buxoroda ham bolalar bog‘ini tashkil etish yuzasidan fikr almashdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍8
#xalqaro_aloqalar
#Buxoro_Tatariston

Botir Zaripov Tataristonga tashrifi davomida “Zelenodolsk” sanoat parki hududidagi meva va sabzavotlarni qadoqlash, qayta ishlashga ixtisoslashgan “Zelyonaya dacha” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Korxona rahbari Fail Farxiyev bilan o‘tkazilgan muloqotda o‘zaro hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Fail Farxiyevning ma’lum qilishicha, 2008 yilda faoliyat boshlagan korxona hozirda 50 dan ortiq chakana savdo tarmoqlariga, shuningdek, kafe va restoranlarga, Tataristondagi yirik korxonalarning oziq-ovqat shoxobchalariga qadoqlangan va qayta ishlangan sabzavot va mevalarni yetkazib bermoqda. Uni amalga oshirish davomida sanoat parki rezidenti 580 million rubl investisiya kiritib, oltmishga yaqin ish o‘rni yaratgan.

Majmua yiliga 30 ming tonnagacha meva va sabzavotni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lib, u 3 ta ishlab chiqarish obyektiga bo‘lingan.

Joriy yilda yana bir salat ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Muzokarada viloyat rahbari Buxoroda yetishtirilayotgan sabzi, piyoz, karam kabi mahsulotlarni korxonaga yetkazib berish orqali hududning eksport salohiyatini oshirish masalasiga alohida to‘xtaldi. Bunda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan takliflarni ilgari surdi.

Shunga ko‘ra, muhim kelishuvga ham erishildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍10👎1
#xalqaro_aloqalar
#Buxoro_Tatariston

“LinerTek” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi korxona Rossiya bozorida kanalsiz tarmoqlarni tiklashning innovasion usullarini joriy etgani bilan e’tibor qozongan. Chunonchi, korxona har qanday turdagi quvurlarni rekonstruksiya qilish uchun eng ilg‘or texnologiyalarni qo‘llaydi va faqat ekologik toza materiallardan foydalanadi.

“LinerTek” Sverdlovsk viloyatidagi eng yuqori texnologiyali tashkilotlar qatoriga kirgan va “Mintaqa chempioni” maqomini olgan.

Qozon forumi doirasida viloyat hokimi Botir Zaripov mazkur korxona rahbari Aleksandr Kochurov bilan muzokara o‘tkazdi.

Unda sifat va byudjet nuqtai nazaridan kanalizatsiya va suv quvurlarini ta’mirlash yuzasidan fikr almashildi. Buning uchun eng mos variantlar ko‘rib chiqildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍7👎1
#xalqaro_aloqalar
#Buxoro_Tatariston

Tataristonda bo‘lib o‘tayotgan "Rossiya - Islom olami: KazanForum" XVI Xalqaro iqtisodiy forumi bugun ham o‘z ishini davom ettirmoqda. Forum doirasida Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasining rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda hududlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zaro hamkorlikni faollashtirish, yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍12👎21
#xalqaro_aloqalar
#Buxoro_Tatariston

Qozondagi “Moskva bozori” 1976-yildan faoliyat boshlagan va bu yerda yengil sanoat, oziq-ovqat mahsulotlari va turli uy-ro‘zg‘or buyumlari sotiladi. Faoliyat boshlaganidan beri u Markaziy va Volga bozorlari bilan bir qatorda Qozondagi eng yirik bozor savdo majmualaridan biri bo‘lgan. Moskva tumanidan tashqari, Qozonning qo‘shni tumanlari - Kirovskiy, Novo-Savinovskiy va Aviastroitelniydagi mijozlarga xizmat ko‘rsatadi.

Biroq so‘nggi yillarda bozor zamonaviy talablarga javob bermay qolgan. Ma’muriyatning ta’kidlashicha, bu yerda oddiy ish sharoitlari ham yo‘q edi: mashinalar to‘xtash joyi, shaxsiy narsalarni saqlash joylari va tovarlarni ko‘rsatish - sotish ba’zan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yerdan amalga oshirilib kelingan. Tovarlarning sifati, sertifikatlanishi va sanitariya me’yorlari ham hech kim tomonidan nazorat qilinmagan.

Shu bois 2023-yildan boshlab bozorda katta rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Ayni paytdagi ishlar yakuniy bosqichga kirgan va bozor may oyining yakuniga qadar qayta faoliyat boshlashi rejalashtirilgan.

Botir Zaripov eng yaxshi arxitektura va shaharsozlik yechimlari asosida rekonstruksiya qilinayotgan bozor bilan tanishtirildi.

Bozor ma’muriyatining ma’lum qilishicha, shahardagi eng qadimiy bozorlardan biri Tatariston Respublikasi poytaxtidagi oziq-ovqat zali formatida faoliyat yurituvchi birinchi ob’yektga aylanadi. “Moskva bozori” uchun arxitektura yechimlari Sankt-peterburglik kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, bozor nafaqat savdo maydonchasiga, balki shaharning yangi madaniy markaziga aylanadi.

Loyihaga asosan, ikki qavatda savdo maydonchalari, ochiq oshxonalar va ko‘rgazma zallari joylashgan. Shuningdek, bu yerda hunarmandlarning ko‘rgazma zallari va zamonaviy dizaynerlar uchun ham sharoit yaratiladi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍3
#xalqaro_aloqalar
#Buxoro_Tatariston

“Rossiya – Islom olami: Qozon forumi 2025” xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi vakillar “Ximgrad” texnopolisida bo‘ldi.

Mehmonlarga “Ximgrad” texnopolisining faoliyati, infratuzilmasi, xalqaro loyihalari va yutuqlari haqida so‘zlab berildi.

Delegatsiya a’zolari bir qator korxonalarda bo‘lib, ulardagi ilg‘or texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Jumladan, litiy-ionli akkumulyatorlar, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan dronlar ishlab chiqarish, shuningdek, gazni hisobga olish, gaz-dinamik qurilmalar va ilmiy tadqiqotlar uchun uskunalar ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatishdi.

Shuningdek, o‘zaro hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan muzokalar o‘tkazildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍91👎1
#xalqaro_aloqalar
#Buxoro_Chuvashiya

“Rossiya – Islom olami: Qozon forumi 2025” xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Chuvashiya Respublikasiga tashrif buyurdi.

Tashrif dasturiga ko‘ra, Botir Zaripov Respublika rahbari Oleg Nikolayev bilan uchrashdi. Uchrashuvda hududlar o‘rtasida o‘zaro teng manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Muloqotda savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-gumanitar aloqalarni yanada kengaytirish, hududlar o‘rtasidagi tovar aylanmasini ko‘paytirish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi. Xususan, qishloq xo‘jaligida tarmoqlarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirishning mexanizmlari ko‘rib chiqildi.

Botir Zaripov Chuvashiyadan Buxoroga serhosil kartoshka, piyoz urug‘larini yetkazib berish bo‘yicha takliflarni ilgari surdi.

— Hududlarimiz qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizm sohasida salmoqli salohiyatga ega. Chuvashiya kartoshka va piyoz yetishtirishda yetakchi sifatida Rossiyadagi umumiy hajmning 70 foizdan ortig‘ini ta’minlaydi. Biz Buxoroga zarur bo‘lgan urug‘lik kartoshka, piyoz yetkazib berishga, bundan tashqari, chuvash traktorlarini yig‘ishga tayyormiz. Shuningdek, dunyodagi eng samarali quyosh panellarini ishlab chiqaradigan Hevel zavodi bilan ham hamkorlik qilishdan manfaatdormiz. O‘zaro hamkorligimiz qo‘shma tashabbuslarni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun asos bo‘lishiga ishonaman ”, — Oleg Nikolayev.


Tashrif doirasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish imkonini beradigan keng qamrovli dastur tayyorlashga kelishib olindi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍2