Buxoro Kadastr ️
1.3K subscribers
5.66K photos
975 videos
1 file
4.07K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Davra_suhbati #Kadastr

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi va uning tuman(shahar) filiallariga tanlov asosida ishga qabul qilingan yosh kadrlar uchun “Maqsadimiz— korrupsiyadan holi tizim yaratish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

▪️ Tadbirda sohada o’z karyerasini boshlash arafasidagi yosh kadrlarga korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida mamlakatimizda va tizimda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha tushuncha berildi. Yosh mutaxassislar kadastr tizimida korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar bilan tanishtirildi.

▪️Shuningdek, davra suhbati davomida yosh xodimlarga davlat fuqorolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari, ichki tartib-intizom hamda ijro intizomi qoidalari yuzasidan muhim ko’rsatma va tushunchalar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Yer_nazorati #Kadastr
#Buxoro

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasining yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan 2023-yilning o'tgan 6 oylik davrida jami 319 ta holatda 24,9 gektar yer maydonlari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan hech qanday hujjatlarsiz noqonuniy egallab olingani aniqlandi.

⚠️ Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallagan shaxslarga nisbatan ko'rilgan choralar.

▪️Bartaraf etish yuzasidan yuborilgan yozma ko'rsatmalar 319 ta 24,9 gektar.

▪️Qonun buzilish holatlarini ixtiyoriy bartaraf etilganlar 87 ta 6 gektar.

▪️Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarga kiritilgan da'vo arizalar 175 ta 6,3 gektar.

▪️Qo'shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilgan holatlar 29 ta 1,7 gektar.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #Buxoro
#Yer_nazorati #Shofirkon

🏢 Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi Shofirkon tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan 2023-yilning o‘tgan 6 oylik davrida 27 ta holatda 12 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan.

❇️ Shundan 8 ta holat bo‘yicha 0,2 gektar yer uchastkalaridagi o'zboshimchalik bilan egallanish holatlari joyida bartaraf etilgan.

❇️ 14 ta holatda 0,4 gektar yer maydonidagi qurilmalarni buzdirish uchun sudga da`vo arizalari kiritilgan.

🟩 Yer qonun buzilishi holatlarini keltirib chiqargan 48 nafar qonunbuzar shaxslarga 270 mln. 60 ming so’m jarimalar qo‘llanilgan.

Telegram | Facebook | Instagram
#Yer_nazorati #Kadastr
#Buxoro #Qorakol_tumani


🏢 Kadastr agentligining Qorako‘l tumani bo'limi tomonidan "Arna" MFY hududida nazorat tadbiri o’tkazildi.

Yer nazorati tadbiri davomida fuqaro mazkur hududdagi tuman hokimligi zahirasida bo‘lgan yer maydoninining 20 m² qismini o'zboshimchalik bilan egallab olib, hech qanday huquqiy hujjatlarsiz qurilish ishlarini amalga oshirganligi aniqlandi.

▪️Holat bo'yicha Qorako‘l tumani bo'limi tomonidan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, fuqaroga 15 kunlik muddatda noqonuniy holatni ixtiyoriy bartaraf qilish bo'yicha yozma ko'rsatma berildi.

▪️Mazkur holat yuzasidan yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi hamda uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi. Natijada holat fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#kadastr #bilib_oling

⁉️ Xususiylashtirilgan yer menga qanday foyda keltiradi va eng asosiysi snos qilinishi mumkinmi?

💠 Qonunchilikda davlatga tegishli yerlar yoki boshqa shaxslar foydalanishida bo‘lgan yerlar olib qo‘yilishi nazarda tutiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 2022-yil 14-fevral kunidagi 71-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqidagi qaroriga asosan siz yeringizga nisbatan mulk huquqini olishingiz bilan (xususiylashtirish orqali) davlat shunchaki sizga tegishli bo‘lgan yerni olib qo‘ya olmaydi.

🔷 Agar yer uchastkasi davlat ehtiyojiga kerak bo‘lsa, sizdan bozor narxida, shartnoma asosida sotib olishi mumkin. Sizdan davlat yeringizni kelishilgan narxda sotib olsagina, yer davlatga o‘tadi. Yer “snos”ga tushib ketmaydi. Bu – mulk huquqining kafolatlanishi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Buxoro
#Yer_nazorati #Vobkent_tumani

🏢 Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi Vobkent tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan 2023-yilning o‘tgan 6 oylik davrida 8 ta holatda 1,6 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan.

❇️ Shundan 3 ta holat bo‘yicha 1,1 gektar yer uchastkalaridagi o'zboshimchalik bilan egallanish holatlari belgilangan tartibda fuqarolar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilgan.

❇️ 5 ta holatda 0,5 gektar yer maydonidagi qurilmalarni buzdirish uchun sudga da`vo arizalari kiritilgan.

🟩 Yer qonun buzilishi holatlarini keltirib chiqargan 48 nafar qonunbuzar shaxslarga 201 mln. 30 ming so’m jarimalar qo‘llanilgan.

Telegram | Facebook | Instagram
#Bilasizmi

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik

🔹 fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 mln 300 ming so‘m),
🔸 mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4 mln 950 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Bilasizmi

Oʼzboshimcha egallangan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirish qanday javobgarliklarga sabab boʼlishini bilasizmi?


📌Oʼzboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash boʼlgan va tutash boʼlmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish:

▪️fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari;

▪️mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʼladi.

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #matbuot_anjumani

🌟 Kadastr agentligi tizimida o‘tgan olti oyda amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani

⁉️Savol. Hech kimga ziyoni tegmayotgan uylarni buzish kerakligi aytilayapti. Mana shunday uylarni qonuniylashtirish imkoni bormi?

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati
#javobgarlik

🔰Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, yer berish tartibini buzish, xuddi shuningdek fermer yoki dehqon xo‘jaligi yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat ko‘rsatish, jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to‘sqinlik qilish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Foydali
#Videoqollanma

Kadastr pasportini uydan chiqmasdan olishni istaysizmi?

Bunday imkoniyatni my.gov.uz portali taqdim etadi.

🗂 «Kadastr pasportini shakllantirish» xizmatidan onlayn foydalanib, vaqtingiz va naqdingizni tejang.

📹 Batafsil xizmatdan foydalanish yo’riqnomasi bilan video orqali tanishing!

Telegram | Facebook | Instagram
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#Kadastr #Yer_nazorati #Buxoro

Yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘yilmaydi

📌 Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi va uning tasarrufidagi tuman va shahar bo‘limlari tomonidan yer maydonlaridan samarali foydalanish va ularning talon-taroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Mazkur nazorat tadbirlari davomida aniqlangan o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlar belgilangan tartibda o‘z holatiga qaytarilmoqda.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram
#Sayyor_qabul

🔊 Hurmatli Buxoro viloyati, Jondor tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

💠 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Amriddin Toyirov hamda tumanning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Sayyor qabul kuni: 2023-yil 31-iyul, soat 16:00 dan

📍Manzil: Buxoro viloyati, Jondor tumani “Murgʻak” MFY binosida

📱Qabulga yozilish uchun +998 65-221-01-88 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kun_hikmati

🌍 Yer o'z resurslari bilan odamzod ehtiyojlarini qondirishga qodir, biroq uning nafsini emas.

✍️Mahatma Gandi

Telegram | Facebook | Instagram
#Murojaatlar #Infografika
#Kadastr #Buxoro

Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi va uning hududiy tuman (shahar)filiallari tomonidan 2023-yilning 24–30-iyul kunlari davomida kelib tushgan murojaatlar yuzasidan infografik maʼlumot

Telegram | Facebook | Instagram
#Yer_nazorati
#Javobgarlik

🔰Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rilmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to‘g‘risida vakolatli organlar xabardor etilmaganligi—

▪️fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari

▪️mansabdor shaxslarga — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Sayyor_qabul
#Live

Ayni paytda, Jondor tumanidagi "Murgʻak" mahalla fuqarolar yigʻini binosida aholining kadastrga oid murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi mas’ullari hamda tumanning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

Qabul davomida fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, uy-joyga egalik huquqini tiklash, yer ajratish kabi masalar yuzasidan murojaatlari tinglanmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kun_hikmati

Buyuklikning narxi — Mas’uliyatdir


✍️ Uinston Cherchil

Telegram | Facebook | Instagram