#BuxDU_yangiliklari
⚡️Tyutorlar bilimlari baholanmoqda
Xabar qilganimizdek, 29-aprel kuni Buxoro viloyatidagi davlat oliy ta’lim muassasalari tyutorlari uchun o'tkazilgan o'quvlar yakuni bo‘yicha BuxDUda test va yozma imtihonlarini markazlashgan tartibda o'tkazilmoqda.
Dastlab yozma ishlar olingan bo‘lsa, keyingi bosqichda test sinovlari o‘tkazildi.
@buxdu_uz

TARIXDAN NIDO
Yangi davr, yangi asr deng.
Har qadamda g‘alabalar - siz!
Germaniyadan chaqirilib, so‘ng
Biz otilgan talabalarmiz.
Yangilandi O‘zbekiston ham.
Xabardorsiz qora tarixdan.
Hammamizni qilib jamuljam.
Biz yoqilgan talabalarmiz.
Yangi asr, yangi kelajak.
O‘zbek xalqi buyuk bo‘lajak.
Stalinga chalmadik qarsak
Va osilgan talabalarmiz.
Sizlar "Ibrat farzandlari" chin.
"Mutolaa", "Ustoz"lari chin.
Shukur qiling yoshlar bu uchun.
Biz chopilgan talabalarmiz.
Usmonidan ayrilgan millat.
Cho‘lponidan ayrilgan millat.
Qodiriydan ayrilgan millat.
Yo‘q qilingan talabalarmiz.
Ilm bir-la biz bir kuch edik.
Matbuotga ilk bor duch edik.
Hech aybsiz aybdor bo‘ldik.
Lek, ko‘milgan talabalarmiz.
Ziyolilar otilgan zamon.
Ilmlilar otilgan zamon.
Yoqilganu, chopilgan zamon.
Ha, biz o‘sha talabalarmiz.
Ta'lim oling, o‘qing, izlaning.
Axir bari sizga muhayyo.
Qalbingizga bir quloq tuting.
Jadidlardan, tarixdan nido.
Yurtim shuncha imkon hozirlar...
Qani yangi Cho‘lpon,
Fitrat,
Usmon Nosirlar?
✍Xurshid Ne'mat
BuxDU, Jurnalistika yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

⚡️Buxoro davlat universiteti Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar kafedrasi huzuridagi "Raqamli texnologiyalarni joriy qilish" ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan 150 nafardan ortiq o'quvchilarni qamrab olgan "<SMART CODING 2024>” olimpiadasi tashkil etildi.
📌 Uchrashuvda Axborot texnologiyalar fakulteti dekani, H.I.Eshankulov, Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri T.R. Shafiyevlar olimpiada qatnashuvchilari va ularning ota onalariga bugungi kunda universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o'quv jarayonining tashkil qilinishi va unga xorijiy OTMlardan olimlarning jalb qilinganligi haqida ma'lumot berdi.
✅ O’quvchilarning ota-onalari universitet rahbariyati va olimpiada tashkilotchilariga o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
⚡️Zakovat intellektual o'yinining navbatdagi soni ham bahs va munozalarga boy bo'ldi.
✅ O'yin Buxoro davlat universitetining har sohada faol, zukko hamda tashabbuskor talabalaridan tashkil topgan ahil jamoalarni o'z safiga chorladi. Natijalar qanday bo'lishidan qat'iy nazar talabalar o'yinni ko'tarinki ruh va yaxshi kayfiyatda o'tkazishdi.
🎤 O'yinda Buxoro davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti Intellektual loyihalar koordinatori Navro'z Amonov tomonidan savollar o'qib eshittirildi.
#zakovat #buxduyoshlari #talabaminbari #yoshlarittifoqi

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Президент Шавкат Мирзиёевнинг футбол бўйича Ўзбекистон ёшлар терма жамоасига табриги
—
Поздравление Президента Шавката Мирзиёева молодежной сборной команде Узбекистана по футболу
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Поздравление Президента Шавката Мирзиёева молодежной сборной команде Узбекистана по футболу
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X