•BuxDU •БухГУ •BukhSU
12.3K subscribers
40.8K photos
4.57K videos
317 files
19.2K links
• Buxoro davlat universiteti

• Бухарский государственный университет

• Bukhara state university
Buxoro davlat universiteti Matbuot kotibi Otabek Jalolov https://t.iss.one/otabekjalolov1

@BuxDUMatbuotkotibi_bot
www.buxdu.uz
+998 65 221-29-14
+99865 221-26-85
Download Telegram
#BuxDU_yangiliklari

⚡️BUXDU REKTORINING 17-NOYABR “XALQARO TALABALAR KUNI” MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI

📌Batafsil: https://is.gd/p4ZBBK

📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
📣Qadrli talabalar!

Bugun millati, dini, mamlakati, ta’lim muassasasi va yo`nalishidan qat’iy nazar barcha talabalarning birlashuv kunidir. Talabalik hayotning eng bebaho, muhim bosqichlaridan biridir. Orzular ro`yobi, yangi muhit, muvaffaqiyat, ishonch – bularning bari ushbu davrda mujassam.

Bilim – butun dunyo insonlari asrlar davomida tayanib kelgan eng qimmatli xazinadir va ana shu xazinaning ovlovchilari Siz, aziz talabalarsiz! Minglab istovchilar safidan saralangan, Alloh taqdir qilgan va buning shukronasi o`laroq Vatanga munosib kadr bo`lish vazifasi yuklangan ilm egalarisiz. Har biringiz hali to`liq kashf etilmagan, sir-sinoatlari to`la o`zgacha dunyosiz!
Beg`ubor va navqiron fasl egalari! Orzu-umidlaringiz, beqiyos imkoniyatlaringizga har birimiz havas qilamiz. Kezi kelganda, sizning shijoatingizdan ilhom olamiz.

Eng ajoyib bayramingizda sizni chin dildan qutlaymiz. Aslida granit misol ko`ringan ilm kun kelib sizga asal kabi tatishiga ishoning. Bilim cho`qqisini zabt etib, uning mashaqqatiga qat’iyat ko`rsatar ekansiz, hayot davomida eng to`g`ri qaror qabul qilganingizga amin bo`lasiz.
Sizni “Xalqaro talabalar kuni” bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. O'qishlaringizga muvaffaqiyat, sihat-salomatlik, omad va ilhom tilaymiz!

Hurmat bilan BuxDU Matbuot xizmati
Forwarded from Edu.uz
#so‘rovnoma

OTMlarga kirish imtihonlari qanday o‘tdi?

📋 YUNISEFning “U-Report” loyihasi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Davlat test markazi bilan hamkorlikda so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

📌 So‘rovnoma 2022-yilda bo‘lib o‘tgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari bo‘yicha abituriyentlarning fikrini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan.

So‘rovnoma natijalari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarini takomillashtirishga yordam beradi.

So‘rovnomada ishtirok eting va o‘z fikringizni bildiring.

👉 So‘rovnomada ishtirok etish uchun 👈

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#BuxDU_yangiliklari

⚡️17-noyabr “XALQARO TALABALAR KUNI”

Azizbek Amonov, BuxDU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha Birinchi prorektori

https://t.iss.one/BuxDU1prorektori
#UNESCO

⚡️⚡️⚡️YUNESKOning erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiya ishtirokchilarini kutib olish marosimida BuxDU rahbariyati hamda talabalari faol qatnashishdi.

@buxdu_uz
#BuxDU_yangiliklari
#Talabalar_kuni

⚡️ 17-NOYABR “XALQARO TALABALAR KUNI” MUNOSABATI BILAN BAYRAM BO'LIB O'TDI

#Tadbir mobaynida "Yil talabasi -2022", "Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi", "Konstitutsiya - farovon hayotimiz poydevori", "O`zbekiston yoshlari buzg`unchi g`oyalarga qarshi" tanlovlari g`oliblari, "Zakovat" intelektual o`yini g`oliblari, sport va madaniyat sohasida yutuqlarga erishgan talabalar, Yoshlar ittifoqi Kengashi a'zolari hamda fakultet yetakchilari diplom, statuetka, pul mukofoti va esdalik sovg`alari bilan taqdirlanishdi.

📌Batafsil: https://is.gd/HrHTJt👈👈

📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
"Eng mohir oshpaz" ko`rik tanlovi: Palov bahona, diydor g`animat!

⚡️Buxoro davlat universitetida "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan barcha fakultetlar talaba-qizlari o`rtasida 'Eng mohir oshpaz" ko`rik tanlovi bo`lib o`tmoqda.
Tanlov davomida talaba qizlar tomonidan milliy taomimiz boʻlgan palovxontoʻraning Samarqandcha, Buxorocha, Farg`onacha, Navoiycha, Xorazmcha, Ivitma palov kabi turlari tayyorlanmoqda.
Qolaversa, bayram munosabati bilan talabalar uchun BuxDU oshxonasida osh pishirilmoqda.

@buxdu_uz