•BuxDU •БухГУ •BukhSU
12.4K subscribers
49.4K photos
5.11K videos
330 files
21.2K links
• Buxoro davlat universiteti

• Бухарский государственный университет

• Bukhara state university
Buxoro davlat universiteti Matbuot kotibi Otabek Jalolov

@BuxDUMatbuotkotibi_bot
www.buxdu.uz
+998 65 221-29-14
+99865 221-26-85
Download Telegram
#BuxDU_yangiliklari

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7-apreldagi “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ 115-sonli qaroriga asosan, Buxoro viloyatida futbolni rivojlantirish maqsadida Buxoro davlat universitetining rektorining 2023-yil 8-iyundagi № 308-U buyrug‘i bilan universitet tasarrufida Futbol sport turi bo‘yicha havaskor va yarim professional “Talabalar ligasini” tashkil etildi.

Ushbu jamoa O‘zbekiston chempionati XXXII-Buxoro viloyat bosqichi 2-liga musobaqasining 3-tur uchrashuvlarini o'tkazdi.

Unda Buxoro davlat universiteti 5️⃣0️⃣ hisobida Jondor-Nurafshon jamoasi ustidan g'alaba qozondi.
_________________
📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
#ZIYORAT_VELOMARAFONI

🚴‍♀️Bugun erta tongda an'anaviy tashkil etilib kelinayotgan "Ziyorat velomarafoni"ning navbatdagi manzili bo'lmish Bahouddin Naqshband ziyoratgohi tomon yo'l olindi🚴‍♀️

✍️ Bugun erta tongda viloyat Oliy ta'lim muassasalari rektorlari hamda BuxDU professor-o`qituvchilari, ishchi-xodimlar va talabalar ishtirokida an'anaviy "Ziyorat Velomarafoni" doirasida Bahouddin Naqshband majmuasi tomon yo`l olishdi. Xayrli kunda tashkil etilgan ushbu velomarafon bahamjihatlik, birdamlik, sog`lik yo`lida qilinayotgan ezgu ish sifatida har hafta o`z safini kengaytirmoqda.

Koni foyda bo'lgan velomarafon Buxoro davlat universitetining sog'ligiga befarq bo'lmagan jamoasining sevimli mashg'ulotiga aylanib ulgurgan. Haftaning har juma kuni erta tongdanoq ishtiyoq va xushkayfiyatda uyushtirilgan velomarafon bugun ham pozitiv ruh bilan o'tkazildi.

☝️"Ziyorat Velomarafoni" har haftaning JUMA kuni bo'lib o'tadi. BuxDU jamoasi barchangizni "Ziyorat Velomarafoni"ga chorlab qoladi.

Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ZIYORAT_VELOMARAFONI

🚴‍♀️ An'anaviy tashkil etilib kelinayotgan "Ziyorat velomarafoni"ning navbatdagi manzili Bahouddin Naqshband ziyoratgohi bo'ldi 🚴‍♀️

🎙
Boltayev Abdurahim Amonovich
Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakulteti dekani Siyosiy fanlar nomzodi, dotsent
_________________
📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirziyoyev #yoshlar #maqsadimizbir

🇺🇿 Shavkat Mirziyoyev:

"—Yoshlar mani eng katta ishonchim, qudratim, kelajagim va suyanchim! deb aytaman. Bu haqiqatdan shunday."

@buxdu_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BuxDU_yangiliklari

⚡️"BUXARA-VARNET" qishloq xoʻjaligi akademiyasi bilan Buxoro davlat universiteti oʻrtasida hamkorlik aloqalari davom etmoqda!

"BUXARA-VARNET" qishloq xoʻjaligi akademiyasi bilan dual taʼlim yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, Tabiiy fanlar fakulteti Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo'nalishi 2-1 Eko 20 va 2-2 Eko 20 guruh talabalari hamda o'qituvchilari amaliyot o'tash uchun tashrif buyurishdi
________________
📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
#Tabriklaymiz

Adizov Bobir Baxtiyorovich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

🔰Adizov Bobir Baxtiyorovich
2023-yil 23-iyun kuni Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/28.08.2020.I.55.03 raqamli Ilmiy kengashda “Oliy ta’lim muassasalarini o‘zini-o‘zi moliyalashtirish jarayonlarini strategik boshqarishning ilmiy-uslubiy jihatlari” mavzusida 08.00.13 – “Menejment ixtisosligi bo`yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

👏 Universitet jamoasi nomidan Adizov Bobir Baxtiyorovichni ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.
⚡️ Bitiruvchiga oq yo‘l tilandi

Xabaringiz bor, shu kunlarda mamlakatimizda umumtaʼlim maktablarini bitirganlarga shahodatnomalar topshirilib, o‘qishi davomida yuqori natijalarga erishganlar oltin medallar bilan taqdirlanishmoqda. Maktablarda o‘tkazilgan "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlarida oliy taʼlim muassasalaridan ko‘plab rahbarlar va professor-o‘qituvchilar ham ishtirok etib, mustaqil hayot yo‘liga qadam qo‘yayotgan bitiruvchilarga oq yo‘l tiladilar.

Bugun Buxoro shahridagi 38-maktabning iqtidorli bitiruvchisi, oltin medal sohibi Islomova Mohinur Ashurovna o‘z muvaffaqiyatlari bilan tanishtirish, oltin medalga sazovor bo‘lganligining xursandchiligini bo‘lishish hamda keyingi taʼlim bosqichi bo‘yicha maslahat olish maqsadida universitetga kelib, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Jo‘rayev bilan uchrashdi. A.Jo‘rayev Mohinurni tabriklab, shaxsiy sovg‘asini taqdim etdi hamda uning qiziqishlari, kelgusi rejalari bo‘yicha suhbatlashdi.

Mohinur kelajakda yetuk shifokor bo‘lishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Biz ham unga ushbu maqsadiga erishishida muvaffaqiyat tilab qolamiz!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_oyligi
#Muzqaymoq_Party

🇺🇿 Bilim va tafakkurimiz – shu el uchun, shu yurt uchun!

🎉👥 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan oliy taʼlim muassasalarida "Yoshlar oyligi" doirasida 5-25 iyun kuniga qadar "Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!" shiori ostida festival, loyiha va tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan.

☀️Shu munosabat bilan BuxDU Yoshlar ittifoqi BT tomonidan talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "MUZQAYMOQ PARTY" kechki ko'ngilochar konsert dasturi tashkil etildi.

🧨Konsertda qo'shiq va raqslar, har xil sovg'ali o'yinlar barchaga o'zgacha kayfiyat bag'ishladi.

👀Bizni kuzatishda davom eting!

📲
BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
#Мақсадимиз_бир
#Ишончли_вакил
#сайловчилар_учрашуви
#Ғиждувон_тумани

⚡️⚡️Xalq xizmatidagi davlatni barpo etish vazifasi - Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy tamoyilidir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O'zLIDEPdan ko‘rsatilgan nomzodning Buxoro viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Samoydin Xusenovning g‘ijduvonlik saylovchilar bilan uchrashuvi ham samimiy va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Gʻijduvon tuman hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari – Emma Aslanova, Nazir Sabirov, O'zLiDeP viloyat Kengashi raisi Obidjon Xamidov, ushbu Kengash raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari Bobomurod Ochilov, mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

📲
BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube