•BuxDU •БухГУ •BukhSU
12.3K subscribers
46.6K photos
4.93K videos
328 files
20.6K links
• Buxoro davlat universiteti

• Бухарский государственный университет

• Bukhara state university
Buxoro davlat universiteti Matbuot kotibi Otabek Jalolov

@BuxDUMatbuotkotibi_bot
www.buxdu.uz
+998 65 221-29-14
+99865 221-26-85
Download Telegram
#LIVE
#REKTORLAR_FORUMI

⚡️⚡️⚡️Bugun Urganch davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2023 yildagi PQ-135-sonli qarori ijrosi doirasida “Turizm ta’limi beruvchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi” birinchi kuni boʻlib oʻtadi.

🔴Ayni paytda forum boshlanish arafasida. Forum ishtirokchilari universitetga tashrif buyura boshladi. Mehmonlarni Urganch davlat universiteti rahbariyati va professor-o'qituvchilari iliq qarshi olmoqda.

Forumda respublikamizning turizm sohasi bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi 11 ta oliy taʼlim muassasalari rektorlari, rahbariyati, shuningdek, Urganch davlat universitetining xorijiy hamkor oliy oʻquv yurtlari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

🗣Tafsilotlarni biz bilan kuzatib boring!

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Forwarded from 💡BukhSU_Innovations
✔️Innovatsion rivojlanish agentligi va “Birlashgan Millatlar Tashkiloti” Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi bilan hamkorlikda ilmiy-innovatsion muhitni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar doirasida joriy yilning 26-30-avgust kunlari Oliy ta'lim muassasalari va hududlardagi Yoshlar texnoparklarining mas’ul xodimlari uchun
🚀startap-akseleratsiya dasturi bo‘yicha bepul trening  tashkil qilinmoqda.

❗️Quyidagi so'rovnomada ishtirok etib  trening ishtirokchisiga aylaning so‘rovnoma 10-avgustga qadar davom etadi va natijalarga ko‘ra jami 15 nafar talabgorlar saralab olinadi.

📎So'rovnoma havolasi:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdjR6TPFqU_hiIqjmL8ODXttrbWnhlxB2VIfPMfXdSz0EZsvA/viewform
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE
#REKTORLAR_FORUMI

Ayni paytda Urganch davlat universitetida “Turizm ta’limi beruvchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi”ning ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda.

Forumni Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev ochib berdi. Mehmonlarni Xorazm vohasiga, jumladan, Urganch davlat universitetiga tashrifidan o'z mamnuniyatini bildirib, ushbu forum viloyatimizda ayni "Qovun sayli" festivali o’tkazilayotgan paytga to’g’ri kelganligi forumning salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Shuningdek, Xorazm viloyatining turizm salohiyati va imkoniyatlar xususida to’xtaldi.

🫥Forumda respublikamizning turizm sohasi bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi 11 ta oliy taʼlim muassasalari, xususan, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Buxoro davlat universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Toshkent davlat transport universiteti, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti, Andijon chet tillari instituti hamda Qoraqalpoq davlat universiteti, Urganch davlat pedagogika instituti singari oliygohlar rektorlari va ularning vakillari, Urganch davlat universitetining xorijiy hamkor Yaponiyaning Nagoya hamda Turkiyaning Gelishim oliy oʻquv yurtlari professor-o'qituvchilari ishtirok etmoqda.

🗣Tafsilotlarni biz bilan kuzatib boring!

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐https://t.iss.one/URDU_PRESSA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE
#REKTORLAR_FORUMI

⚡️Urganch davlat universitetida “Turizm ta’limi beruvchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi”ning ochilish marosimi davom etmoqda. Ayni paytda OTM rektorlari tabrik so'zlariga chiqishmoqda.

Jumladan, Buxoro davlat universiteti rektori O.Xamidov so’zga chiqib, forumning mamlakatimiz turizm salohiyatini oshirish, turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishdagi ahamiyati hamda ayni paytda Urganch davlat universitetida bo’lib o’tayotgan mazkur forumni 2023-yilda Buxoro davlat universitetida o’tkazilgan “Turizm ta’limi beruvchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi”ning uzviy davomi sifatida e’tirof qildi.

Shu bilan birgalikda, Andijon davlat iqtisodiyot va qurilish instituti rektori D.To’ychiboyev bugungi kunda yurtimizda turizm sohasini yanada takomillashtirishda olib borilayotgan islohotlarni Andijon davlat iqtisodiyot va qurilish institutidagi o'rni haqida fikr yuritdi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube