•BuxDU •БухГУ •BukhSU
12.7K subscribers
41K photos
4.61K videos
321 files
19.2K links
• Buxoro davlat universiteti

• Бухарский государственный университет

• Bukhara state university
Buxoro davlat universiteti Matbuot kotibi Otabek Jalolov https://t.iss.one/otabekjalolov1

@BuxDUMatbuotkotibi_bot
www.buxdu.uz
+998 65 221-29-14
+99865 221-26-85
Download Telegram
#hamkorlik

⚡️BuxDU jamoasi Urganch davlat universitetida…

🤝Oʻquv – metodik – ilmiy tur


Buxoro davlat universitetining rahbariyati, professor-o'qituvchilari, iqtidorli talabalaridan iborat jamoa Urganch davlat universitetiga tashrif buyurishdi.

Ushbu oʻquv – metodik – ilmiy tur davomida UrDU va BuxDU kafedralari o‘rtasida o‘quv va ilmiy sohada hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi o‘zaro hamkorlikni qamrab oluvchi shartnoma tuzish, barcha jabhada tajriba almashish ko'zlangan.

Bugun universitet Maʼnaviyat xonasida tashkil etilgan uchrashuvda dastlab har ikkala oliygohning oʻquv ishlari boʻyicha prorektorlari S.Xodjaniyozov va R.Jumayevlar mazkur turning maqsadi va kutilayotgan natijalar haqida gapirdilar.

Uchrashuvda UrDUning barcha prorektorlari, boʻlim boshliqlari ishtirok etishdi. Mehmonlarga Urganch davlat universiteti va unda taʼlim jarayonining tashkil etilishi yuzasidan taqdimot qilindi. Oʻzaro tabriba almashinildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|InstagramYouTube
#hamkorlik

⚡️Oʻquv – metodik – ilmiy tur


Buxoro davlat universitetining rahbariyati, professor-o'qituvchilari, iqtidorli talabalaridan iborat jamoa Urganch davlat universiteti 5-oʻquv binosi sharoitlari bilan tanishdilar.

Mazkur oʻquv binosi joriy oʻquv yilining sentabr oyida foydalanishga topshirilgan boʻlib, zamonaviy tipda jihozlangan. Ushbu binoda Fizika-matematika hamda Tabiiy va qishloq xoʻjaligi fanlari fakultetlari talabalari tahsil oladi. Mehmonlar dastlab universitet talabalariga yanada qulaylik yaratish maqsadida yangi joriy etilgan tizim yaʼni Akademik mobillikni muvofiqlash va talabalar bilan ishlash bo'limi: Registratsion ofis faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Boʼlimning funksiyalari mehmonlarimiz eʼtiborini tortdi va ish jarayonini kuzatishdi.

Shuningdek, binoda joylashgan oʼquv laboratoriyalari, dars xonalari, maʼruza mashgʼulotlarini borib koʻrdilar. Professor-oʻqituvchilar va talabalar bilan suhbatda boʻldilar.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|InstagramYouTube