•BuxDU •БухГУ •BukhSU
12.3K subscribers
40.7K photos
4.57K videos
317 files
19.1K links
• Buxoro davlat universiteti

• Бухарский государственный университет

• Bukhara state university
Buxoro davlat universiteti Matbuot kotibi Otabek Jalolov https://t.iss.one/otabekjalolov1

@BuxDUMatbuotkotibi_bot
www.buxdu.uz
+998 65 221-29-14
+99865 221-26-85
Download Telegram
⚡️⚡️⚡️UI GreenMetric Jahon universitetlari reytingi hamkorligida tashkil etilayotgan nufuzli ikkinchi xalqaro lider talabalar uchrashuvi ishtirokchilari kutib olindi.

Kuni kecha Buxoro shahriga UI GreenMetric Jahon universitetlari reytingi hamkorligida tashkil etilayotgan nufuzli ikkinchi xalqaro lider talabalar uchrashuvi ishtirokchilari tantanali tarzda kutib olindi. Talabalar Indoneziya, Ekvador, Saudiya Arabistoni, Pokiston hamda respublikamizning nufuzli universitetlardan tashrif buyurdilar. Dastlab mehmonlar Grand Bukhara mehmonxonasiga joylashtirilgach, Buxoro shahridagi Olmos restoranida tanishuv uchrashuvi o’tkazildi.

Ushbu uchrashuvni kirish so’zi bilan Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov hamda Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor Abror Jo’rayevlar ochib berdilar. Dasturxon atrofida yig`ilgan mehmonlar milliy kuy-qo’shiqlar bilan milliy taomlarni ta`tib ko’rdilar.

@buxdu_uz
⚡️⚡️⚡️"BARQAROR UNIVERSITETLAR INNOVATSIYASI, TA'SIRI VA KELAJAK YO'NALISHLARI" MAVZUSIDA NUFUZLI IKKINCHI XALQARO LIDER TALABALAR UCHRASHUVI BO`LIB O`TMOQDA

Ayni vaqtda Buxoro davlat universitetida "Barqaror universitetlar inovatsiyasi, ta'siri va kelajak yo'nalishlari" mavzusida nufuzli ikkinchi xalqaro lider talabalar uchrashuvi o'tkazilmoqda. Uchrashuvda UI GreenMetric Jahon universitetlari reytingi raisi Prof. Riri Fitri Sari, Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi H.E. Prof. Dr. H. Sunaryo Kartadinata, Xalqaro qishloq xo'jaligi universiteti prorektori Dr. Slawomir Wroblewski, shuningdek, Indoneziya, Ekvador, Saudiya Arabistoni, Pokiston hamda respublikamizning nufuzli universitetlardan tashrif buyurgan spikerlar, talabalar ishtirok etishmoqda.

Uchrashuvni Buxoro davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Obidjon Xamidov ochib berdi.

@buxdu_uz
#BuxDU_yangiliklari

⚡️ Buxoro davlat universitetida Oliy ta`lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o`qituvchi-xodimlar uchun “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish hamda ijtimoiy taraqqiyotning ilmiy asoslari va amaliy yo‘nalishlari” fani bo‘yicha maxsus imtihonlar o`tkazilmoqda.

📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube