•BuxDU •БухГУ •BukhSU
12.3K subscribers
40.7K photos
4.57K videos
317 files
19.1K links
• Buxoro davlat universiteti

• Бухарский государственный университет

• Bukhara state university
Buxoro davlat universiteti Matbuot kotibi Otabek Jalolov https://t.iss.one/otabekjalolov1

@BuxDUMatbuotkotibi_bot
www.buxdu.uz
+998 65 221-29-14
+99865 221-26-85
Download Telegram
#ZIYORAT_VELOMARAFONI

🚴‍♀️ Bugun erta tongda BuxDU rahbariyati, professor-o'qituvchilari, ishchi xodimlar
an' anaviy tashkil etib kelinayotgan "Ziyorat velomarafoni" doirasida Chor bakr me'moriy majmuasi tomon yo'l olishdi.

Mamlakatimizda qaysi sohani olmang, unda faoliyat olib borayotgan xodimlar sog‘lom turmush tarziga amal qilishi, sport bilan shug‘ullanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. BuxDUda rektor tashabbusi bilan ziyorat velomarafonining tizimli tashkil etilayotgani ham shundan dalolat.

Har hafta qutlug` Juma kunida jamoa aʼzolari o‘rtasida bunday sport-sog‘lomlashtirish tadbiri hamda chiniqtirish mashg‘ulotlarining o`tkazilayotgani ayni muddao. Sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotiga aylantirishga qaror qilgan hamkasblarimiz mazkur tadbirlarda faol qatnashib kelmoqda.

📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
#BuxDU_yangiliklari

⚡️Tyumen davlat universitetida malaka oshirish

✍️ Buxoro davlat universitetining Fizika-matematika, Agronomiya va biotexnologiya fakulteti bir guruh professor-o’qituvchilari Rossiya davlatining Tyumen davlat universitetida va Tobolsk pedogogika institutida malaka oshirmoqda. Ular zamonaviy ilmiy tadqiqot markazlari, ilmiy laboratoriyalarda, fanning so’nggi yutuqlari bilan tanishmoqdalar. Zamonaviy nanofizika tuproqshunoslik fanining so’nggi yutuqlari bilan jihozlangan laboratoriyada ilmiy tadqiqot o’tkazish metodikasi bilan tanishishdi. Universitetning yetakchi professorlari hamda RFA akademigi A.V.Lisitsa ma’ruza qildi.

Malaka oshirish davom etmoqda.

📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
⚡️⚡️⚡️UI GreenMetric Jahon universitetlari reytingi hamkorligida tashkil etilayotgan nufuzli ikkinchi xalqaro lider talabalar uchrashuvi ishtirokchilari kutib olindi.

Kuni kecha Buxoro shahriga UI GreenMetric Jahon universitetlari reytingi hamkorligida tashkil etilayotgan nufuzli ikkinchi xalqaro lider talabalar uchrashuvi ishtirokchilari tantanali tarzda kutib olindi. Talabalar Indoneziya, Ekvador, Saudiya Arabistoni, Pokiston hamda respublikamizning nufuzli universitetlardan tashrif buyurdilar. Dastlab mehmonlar Grand Bukhara mehmonxonasiga joylashtirilgach, Buxoro shahridagi Olmos restoranida tanishuv uchrashuvi o’tkazildi.

Ushbu uchrashuvni kirish so’zi bilan Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov hamda Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor Abror Jo’rayevlar ochib berdilar. Dasturxon atrofida yig`ilgan mehmonlar milliy kuy-qo’shiqlar bilan milliy taomlarni ta`tib ko’rdilar.

@buxdu_uz
⚡️⚡️⚡️"BARQAROR UNIVERSITETLAR INNOVATSIYASI, TA'SIRI VA KELAJAK YO'NALISHLARI" MAVZUSIDA NUFUZLI IKKINCHI XALQARO LIDER TALABALAR UCHRASHUVI BO`LIB O`TMOQDA

Ayni vaqtda Buxoro davlat universitetida "Barqaror universitetlar inovatsiyasi, ta'siri va kelajak yo'nalishlari" mavzusida nufuzli ikkinchi xalqaro lider talabalar uchrashuvi o'tkazilmoqda. Uchrashuvda UI GreenMetric Jahon universitetlari reytingi raisi Prof. Riri Fitri Sari, Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi H.E. Prof. Dr. H. Sunaryo Kartadinata, Xalqaro qishloq xo'jaligi universiteti prorektori Dr. Slawomir Wroblewski, shuningdek, Indoneziya, Ekvador, Saudiya Arabistoni, Pokiston hamda respublikamizning nufuzli universitetlardan tashrif buyurgan spikerlar, talabalar ishtirok etishmoqda.

Uchrashuvni Buxoro davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Obidjon Xamidov ochib berdi.

@buxdu_uz