•BuxDU •БухГУ •BukhSU
12.2K subscribers
40.8K photos
4.58K videos
317 files
19.2K links
• Buxoro davlat universiteti

• Бухарский государственный университет

• Bukhara state university
Buxoro davlat universiteti Matbuot kotibi Otabek Jalolov https://t.iss.one/otabekjalolov1

@BuxDUMatbuotkotibi_bot
www.buxdu.uz
+998 65 221-29-14
+99865 221-26-85
Download Telegram
Forwarded from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Хотира - абадий, қадр - муқаддас! Бухоро давлат университети тузилмасидаги қатағон қурбонлари хотира музейи ҳақида

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
BuxDU

📢 Buxoro davlat universiteti pedagog kadrlar lavozimlari uchun yangi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e’lon qiladi.

👫 Chuqur kasbiy bilimlarga va ilmiy yutuqlarga, ijodiy, ilmiy salohiyatga, yuksak intellektual qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash bilan shug‘ullanishga munosib bo‘lgan eng malakali pedagog kadrlarni tanlash uchun raqobat muhitini yaratish va ta’minlash tanlovning maqsadi hisoblanadi.

🔴 Talabgorlar diqqatiga!

🔎 Pedagog kadrlari lavozimlariga tanlov uchun hujjatlarni qabul qilish 4-sentabrdan 8-sentabrga (shu kun ham qabul qilinadi) qadar davom etadi.

🌐 Hujjatlar qabuli universitetning https://uniwork.buxdu.uz/ elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.

Ariza beruvchilar:
✔️ https://uniwork.buxdu.uz/ ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi hujjatlarni elektron tizimga biriktirishi;
✔️ https://hr.buxdu.uz/vacancy/ lavozim bo‘yicha talablar bilan tanishishi talab etiladi.

Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (bakalavr va magistr diplomi), xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qigan nomzod bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma, ilmiy daraja va ilmiy unvon olganlik to‘g‘risidagi diplom (mavjud bo‘lsa);
Rezyume (ma’lumotnoma-obyektivka)
Xorijiy til bilish sertifikati (mavjud bo‘lsa qabul jarayonida ustuvorlik beriladi)

➡️ Qo‘shimcha imtiyozlar bilan tanishib chiqing:

🗂️ Bo‘sh ish o‘rinlarini ko‘rish:

💬💬💬💬💬
📱 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | 💻Instagram |📝 Facebook | 🌍Web-sayt|🎞Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BuxDU_yangiliklari

⚡️ Buxoro davlat universitetida 2023/2024-oʻquv yiliga talabalikka tavsiya etilganlar (1-bosqich talabalari) uchun "Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir hamda bilimlar kuni tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda BuxDU rektori Obidjon Xamidov so‘zga chiqib, talabalik baxtiga musharraf bo'lgan yoshlarni qutladi. Shuningdek, universitet tuzilmasi, rahbariyat a'zolari bilan birma-bir tanishtirib o`tildi.

💬💬💬💬💬
📱 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | 💻Instagram |📝 Facebook | 🌍Web-sayt|🎞Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rektor_tabrigi

Yangi o’quv yilida g`ayrat, shijoat va muvaffaqiyat hamrohingiz bo’lsin!

Bugun yangi o`quv yilining ilk kuni. Oldingizda turgan har bir kun yangi imkoniyatdir. Muvaffaqiyat esa rohatidan voz kechib, harakat va shiddat ko`rsatganlarniki bo'ladi. Yangi O`zbekistonning g`ayratli yoshlari, yorug` kelajak uchun qo`yilgan ilk qadam — o`quv yilining ilk kuni qutlug` bo`lsin.

Joriy o`quv yilida ham Buxoro davlat universitetining bag`ri ertaning bunyodkorlari bilan yana boyidi. Bu esa yana bir pag`onaga yuksalishimiz, yangidan yangi marralarni zabt etishimizdan dalolat.

Aziz yigit-qizlarim! Sizlar bilan 2023/2024 oʻquv yilida ham ulkan yutuqlarga erishib, go`zal natijalar ko`rsatishdan umidvorman. Zotan, betakror Buxoroyi sharif yoshlariga faqat shu yarashadi. Ilm yo`lida maqsadingiz, shahdingizga baraka tilayman. Yangi o`quv yili qutlug` bo`lsin!

Xamidov Obidjon Xafizovich,
BuxDU rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor

💬💬💬💬💬
📱 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | 💻Instagram |📝 Facebook | 🌍Web-sayt|🎞Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BuxDU_yangiliklari

📚 Buxoro davlat universitetida 2023/2024-oʻquv yilining ilk kuni ko`tarinki kayfiyatda boshlandi.

💬💬💬💬💬
📱 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | 💻Instagram |📝 Facebook | 🌍Web-sayt|🎞Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟥🟥🟥

📢 Buxoro davlat universiteti tasarrufidagi Qorako‘l akademik litseyi o‘quvchilari uchun Buxoro davlat universitetining “REKTOR STIPENDIYASI” tanloviga start berildi.

🔖TANLOV SHARTLARI:

Qorako‘l akademik litseyining 1-2-bosqich o'quvchilari tanlovda ishtirok eta oladi.

🧑‍💻Tanlov ishtirokchilari tomonidan quyidagi hujjatlarni topshirishi lozimi:
🟢 sinov daftarchasidan ko‘chirma
🟢 akademik litsey direktori va direktor o’rinbosarining tavsiyanomalari
🟢 ilmiy, ijodiy va boshqa yutuqlar ro‘yxati (litsey direktori tomonidan tasdiqlangan holatda)
🟢yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar (maqolalarning bosma nusxalari, diplom, sertifikatlarning nusxalari)

✏️Barcha hujjatlar jild(papka)da joylangan holatda taqdim etiladi.

📶 TANLOVNING 1-BOSQICHIDA: Talabgorlarning ilmiy, ijodiy va boshqa yutuqlari baholash mezoni asosida baholanadi.

📶 TANLOVNING 2-BOSQICHIDA:
Talabgorlar O'zbekiston tarixi hamda chet tili fanidan test topshiriqlarini bajaradilar.

❗️Tanlovga hujjatlar 2023-yilning 25-avgustidan 15-sentabriga qadar litsey ma'muriyati tomonidan qabul qilinadi.

📚 Tanlov tashkilotchisi Buxoro davlat universiteti

📞 Murojaat uchun: 97 305 62 20

💬💬💬💬💬
📱 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | 💻Instagram |📝 Facebook | 🌍Web-sayt|🎞Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BuxDU_yangiliklari

⚡️ BuxDU rektori Obidjon Xamidov boshchiligidagi rahbariyat Agronomiya va biotexnologiya hamda Xorijiy tillar fakultetlarida bo`lib, o`quv yilining ilk kunida talabalikka tavsiya etilgan talaba-yoshlar uchun bilimlar kuni hamda "Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir o`tkazishdi.
Tadbirda BuxDU rektori Obidjon Xamidov so‘zga chiqib, talabalik baxtiga musharraf bo'lgan yoshlarni qutlash asnosida eng yuqori ball bilan o`qishga qabul qilingan talabalarni qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirladilar.

💬💬💬💬💬
📱 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | 💻Instagram |📝 Facebook | 🌍Web-sayt|🎞Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BuxDU_yangiliklari

⚡️BuxDU rektori Obidjon Xamidov, Oliy Majlis Senati a’zosi Abira Huseynova hamda O`zbekiston Qahramoni Muhammadjon Axmedovlar birinchi bosqich talabalarining "Vatan ozodligi yo'lida shahid ketganlar xotirasi mangu barhayotdir" mavzusidagi mustaqillik darsida ishtirok etib, mustaqillik xususida o`z fikr-mulohazalarini o`rtoqlashishdi.

🇺🇿 Yangi O`zbekistonning munosib vorislari, yetuk kadrlari bo`lishlariga ishonch bildirishdi. Mustaqillikning qadr-qiymatini ilm vositasida anglashlari uchun shahd bilan harakat qilishlari kerakligi uqtirildi. Bunga javoban talabalar ham ishonchni oqlashlari, tez fursatlarda buning natijasini muvaffaqiyatlari bilan isbotlashlari xususida va'da berishdi.

💬💬💬💬💬
📱 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | 💻Instagram |📝 Facebook | 🌍Web-sayt|🎞Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM