•BuxDU •БухГУ •BukhSU
12.3K subscribers
39.4K photos
4.49K videos
315 files
18.8K links
• Buxoro davlat universiteti

• Бухарский государственный университет

• Bukhara state university
Buxoro davlat universiteti Matbuot kotibi Otabek Jalolov https://t.iss.one/otabekjalolov1

@BuxDUMatbuotkotibi_bot
www.buxdu.uz
+998 65 221-29-14
+99865 221-26-85
Download Telegram
Buxoro shahridagi Yoshlar markazi binosi old maydonida katta bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida viloyat hokimi Botir Zaripov Prezidentimizning O‘zbekiston yoshlariga bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Shuningdek, viloyat rahbari Buxoroda so‘nggi yillarda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida olib borilayotgan islohotlar, o‘zgarishlar haqida gapirib, viloyatimiz yoshlarining erishayotgan yutuqlari haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Yoshlarning kelgusidagi o‘qish va ishlarida ulkan zafarlar tiladi.

Shundan so‘ng o‘zining faolligi bilan bir qator yutuqlarga erishib, tengdoshlariga namuna bo‘layotgan yoshlar taqdirlandi.

Tadbirda #BuxDU yoshlari hamda rahbarlari ham ishtirok etishdi, bayram dasturlari barchaga ko'tarinki kayfiyat baxsh etdi.
#Yoshlar_kuni #Munosabat

⚡️O‘ZBEKISTON TALABASI: kecha va bugun

Biz odatda ko‘pgina erishilgan yutuqlarga tezda moslashamiz va kechagi kun esimizdan chiqgudek bo‘lamiz. Aslida har bir ulkan natijalar, islohotlar tagida kuchli iroda, uzoqni uylab qilingan mashaqqatli yo‘l bor. Hurmatli suhbatdoshim bugun sizga yaqin kunlargacha oliy ta’limdagi mavjud millionlab yoshlar hayotida chigalliklarni solib kelgan va o‘zingiz bilgan ikkita “eng katta xato”ni esingizga solaman.

Mamlakatimiz Rahbari Prezidentlik lavozimiga kirishgan kunlaridanoq yoshlar siyosati va sifatli ta’limga keng e’tibor qaratdilar. Bugun yoshlarni tom ma’noda yangi O‘zbekistonning baxtiyor yoshlari deyishga to‘liq asoslar bor. Buning isbotini so‘ngi yetti yilda barcha sohalar singari oliy ta’lim tizimidagi yoshlar hayoti misolida ham aytish, ularni kuzatish mumkin.

1-avgust...

👉 Maqolani to‘liq o‘qish

📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
#ichki_turizm

Buxoro davlat universitetining professor-oʻqituvchilari, talabalari O'zbekiston bo'ylab sayohat qilishmoqda.

Prezident qaroriga binoan Qurbon hayiti munosabati bilan mamlakatimizda ish haftasining turidan qat’iy nazar barcha xodimlar uchun ketma-ket 5 kun dam olish kunlari belgilandi. Xozirda ko`plab talabalarimiz, professor-o'qituvchilarimiz dam olish maqsadida dam olish maskanlarida hordiq chiqarishmoqda. Sayohatchilar shaharlarning diqqatga sazovor joylari, me’moriy obidalari va qadimiy yodgorliklari, madrasa va maqbaralar, shu qatorda zamonaviy qurilish arxitekturalarini tomosha qilmoqdalar. Maroqli va mazmunli o‘tgan ushbu sayohat barchaga katta taassurot qoldirmoqda.

📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
Forwarded from "YUKSALISH" HARAKATI
#Saylov2023

📢📢 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi munosabati bilan 2-iyul kuni soat 18:00 da Prezidentlikka nomzodlarning vakillari o‘rtasida navbatdagi TELEDEBAT bo‘lib o‘tadi.

Teledebatni siz
▫️O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston”, “Mahalla”, UzReport", "Renessans", "Zo'rTV", "MY5", "Sevimli" va “Milliy” telekanallarida o‘zbek tilida (surdo tarjima bilan);
▫️Yoshlar” telekanalida ingliz tilidagi tarjimasi bilan;
▫️Dunyo bo‘ylab” va “Toshkent” telekanallarida rus tilidagi tarjimasi bilan;
▫️Qoraqalpog‘iston” telekanalida qoraqalpoq tilidagi tarjimasi bilan tomosha qilishingiz mumkin.

Teledebat davomida nomzodlarning davlat boshqaruvi va sud-huquq sohalarini rivojlantirish borasida ilgari surayotgan g‘oyalari, rejalari haqida bilib olishingiz mumkin.

Aziz saylovchilar, teledebatni o‘tkazib yubormang! Sizning qaroringiz mamlakatimizning kelgusi yetti yildagi taraqqiyot yo‘lini belgilab beradi!

YUKSALISH HARAKATI
#ichki_turizm
#sayohatlar

🚄BuxDU jamoasi sayohatda

Buxoro davlat universitetida ta'til davrlarida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida vatanimizning boy tarixi va betakror tabiatini o‘zida gavdalantirgan diqqatga  sazovor joylariga sayohatlarni tashkil etishga alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda.

📍Jumladan, universitetining bir guruh xodimlari yurtimizning turizm yo‘nalishida alohida o‘rinda turuvchi Toshkent shahri, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining tarixiy obyektlari, istirohat bog‘i hamda ekoturistik maskanlariga ekskursiyalar tashkil etildi.
 
©️BuxDU Matbuot xizmati

@buxdu_uz
Omsk pedagogika universitetida stajirovkada bo`lib turgan professor-o'qituvchilarimiz tomonidan ikki tomonlama "Географические и геоэкологические проблемы внутриконтиненталых регионов" nomli ilmiy seminar tashkil qilinmoqda.

📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
#Gerb

2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi davlat Gerbi qabul qilingan kun.

Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilinganligiga 31 yil to‘ldi.

Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida» gi Qonuni bilan tasdiqlangan. Mazkur qonunning 2-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzi ekani belgilab qo‘yilgan.

📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube