Бухоро вилояти Автомобиль йўллари бош бошқармаси
439 subscribers
8.02K photos
972 videos
14 files
2.86K links
Мурожаалар учун ишонч телфон рақами:
65 228 50 03
Download Telegram
Forwarded from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
#hokim_hududlarda
#Buxoro_tumani

Xalqaro ahamiyatdagi M37 “Samarqand - Buxoro - Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining Buxoro tuman hududidan o‘tuvchi 260 km qismidagi 1964-yilda qurilgan ko‘prikning o‘ng tomoni to‘g‘ri yo‘nalishida 2 qator balkasi va chap tomondan plitalari singan, shuningdek,  yig‘ma temirbeton balkalar orasidagi shoflari yemirilishi natijasida  yaroqsiz holga kelib qolgandi.

Ko‘prikning yuk ko‘tarish qobiliyati hozirgi og‘ir vaznli transport vositalarini o‘tkazish talablarini qanoatlantira olmasligi bois hozirda Buxoro yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muaassasasi tomonidan ta’mirlanmoqda. Ko‘prikni kelgusi yil mart oyida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Botir Zaripov ta’mirlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

-Hozirgi ish jarayoni mutlaqo qoniqtirmaydi. Aholiniyam, bizniyam. Qaranglar, qancha tirbandlik yo'lda. Odamlar esa norozi. Shuning uchun tezlashtirik kerak ishlarni,-dedi Botir Zaripov.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
#hokim_hududlarda
#Vobkent_tumani

Xalqaro ahamiyatdagi M37 “Samarqand - Buxoro - Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining Vobkent tuman hududidan o‘tuvchi 239,65 km qismidagi ko‘prik yaroqsiz holga kelib qolgan.

Ko‘priklarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lning "Gʻijduvon-Buxoro" yo‘nalishida transport vositalari harakati cheklanib, “Buxoro-Gʻijduvon" yo‘nalishida ikki tomonlama harakat tashkil etilgan va ko‘priklarda ta’mirlash ishlari boshlangan.

Bugun viloyat hokimi Botir Zaripov sektorlar rahbarlari hamrohligida mazkur ko‘priklar holati va u yerda borayotgan ish jarayonlari bilan tanishdi. Avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, og‘ir yuk avtotransport vositalari tomonidan me’yoridan ortiqcha yuk bilan harakatlanishi natijasida ko‘priklarga shikast yetkazilgan va yaroqsiz holga kelib qolgan. Ularni ta’mirlash esa uzoq muddat talab etadi. Biroq viloyat rahbari tomonidan ta’mirlash ishlarini smena asosida jadallashtirish orqali belgilangan muddattni qisqartirish imkoni mavjudligi alohida ta’kidlanib, bu borada muhim vazifalar belgilandi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube