Bukhara Tourism_Official
1.59K subscribers
17.3K photos
2.81K videos
1 file
6.75K links
Buxoro viloyati Turizm boshqarmasi matbuot xizmati

Rasmiy bot: https://t.iss.one/Buxturizmmurojaatbot
Facebook:https://m.me/Bukhtourismdevelopment
Instagram: @bukhtourismdevelopment
Download Telegram
#keksalar_turizm_haftaligi
#ichki_turizm

Keksa avlod vakillarining navbatdagi sayohati - Samarqand sayqali ro’yi zamin ast

“Keksalar uchun turizm haftaligi” doirasida Buxoro viloyatida turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etilgan chegirmalardan unumli foydalangan Olot tumanining keksa avlod vakillari uchun Samarqand bo‘ylab ichki turizm sayohatlari tashkil etildi.

Sayohatning qiziqarli jihati shundaki, Olot tumanining nuroniy otaxon va onaxonlari Samarqand shahrining muqaddas ziyoratgohlari hamda madaniy meros obyektlarida bo‘lib, nafaqat ularning boy va maftunkor tarixi bilan yaqindan tanishishdi, balki, ziyorat amallarini ham bajo keltirib, davlatimiz tinchligi va osoyishtaligi uchun shukronalar bildirib qaytdilar.

Telegram | Facebook | Instagram
#keksalar_turizm_haftaligi
#ichki_turizm

Davlatimiz rahbarining 2018-yil 10-iyuldagi qarori bilan “Buxoro-agro” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilgan edi. Bugungi kunda ulkan zamonaviy agrosanoat majmuasiga aylangan “Buxoro Varnet” korxonasi ham ana shu qaror ijrosi doirasida ishga tushirilgan bo‘lib, ko‘plab sayyohlarni o‘ziga jalb etib kelmoqda.

Joriy yilning 6-oktabr sanasida bir guruh nuroniy onaxonlarimiz uchun mazkur agrosanoat majmuasiga sayohat tashkil etildi.

El-yurt manfaatlari yо‘lida kо‘p yillar sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilgan, hayot achchiq-chuchugini totigan onaxonlarimiz ma’naviy hordiqdan, ularga berilayotgan e’tibordan mamnun bo‘lishdi.

Qolaversa, sayohat davomida yaratilgan barcha sharoit va qulayliklar uchun minnatdorchilik bildirishdi.

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ichki_turizm
#Buxoro

MILLIY KIYIMDA SHARIF SHAHARNI SAYOHAT QILDIK

Kuni kecha “O‘zbekligim-o‘zligim” tashkiloti bir guruh talabalar bilan azim Toshkentdan Buxoro shahriga tashrif buyurib, shaharning tarixiy maskanlari bo‘ylab sayohatda bo‘lishdi.

Bu gal sayohat har galgidan o’zgacha bo’ldi. O’zligimizni keng ommaga tanitish maqsadida mehmonlar o’zimizning milliy kiyimda Buxoroni ham ziyorat, ham sayohat qilishdi.

“Sayohat davomida talaba-qizlarimiz o‘zbek millatiga xos milliy kiyim hamda do‘ppida sharif shaharni aylanib, xorijlik turistlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashishdi. Hal gar Buxoroga tashrif buyurganimizda Buxoroni qaytadan kashf etamiz”, - deydi tashkilot asoschisi Mohira opa.

Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#keksalar_turizmi_oyligi
#ichki_turizm

BUXORO VILOYATIDA KEKSALAR OYLIGIGA START BERILDI!

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 28-sonli bayoniga asosan joriy yilning noyabr oyi “Keksalar uchun turizm oyligi” deb e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, respublikaning barcha hudud keksalari va nogironligi bor shaxslar uchun mamlakatimizning diqqatga sazovor joylari bo‘ylab sayohat uyushtirish rejalashtirilgan.

Ushbu oylik munosabati bilan bugun, 1-noyabr sanasida Buxoro viloyatidan keksa avlod vakillari o‘z sayohatlarini amalga oshirdilar.

Ayni sayohat davomida nuroniylar ko‘hna Buxorodagi aziz avliyolar majmui “Yetti Pir” ziyoratgohlari, shuningdek, Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lishdi.

Telegram | Facebook | Instagram
#keksalar_turizm_oyligi #ichki_turizm

NAVBATDAGI SAYOHAT MANZILI ZAMIN SAYQALI – SAMARQAND

🕌Samarqand shahri qadimdan yer yuzining sayqali deya e’tirof etib kelingan. Dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan sayyohlar bu shaharni bir marotaba ko‘rishni orzu qilib, bu shaharni ziyorat qilishni o‘zlari uchun sharaf deb bilishadi.

Mana shunday sharafga muyassar bo‘lgan bir guruh Buxorolik nuroniylarning sayohati Imom al-Buxoriy majmuasining ziyorati bilan boshlanib, Registon maydoni, Amir Temur, Shohi Zinda maqbaralari, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasini sayohat qilish bilan davom etar ekan, mazkur tarixiy obidalar, ulardagi naqshinkor bezaklar, ganchkorlik namunalari ota-bobolarimizning ilm-fan taraqqiyotidagi qudrati va donishmandligi, insoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shganligiga yana bir bor amin bo‘lishdi.

Telegram | Facebook | Instagram
#keksalar_turizm_oyligi
#ichki_turizm

Ko‘hna Xorazm bo‘ylab sayohat

“Keksalar uchun turizm oyligi” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar natijasida nuroniylarning sayohatga bo‘lgan qiziqishlari kundan kunga ortib bormoqda.

Xususan, Buxoro tumani nuroniylari uchun Xorazm viloyatining Xiva shahriga sayohat tashkillashtirildi.

Sayohatchilar Xiva shahrining Ichan-Qal’a davlat muzeyi qo‘riqxonasidagi Kalta minor, Pahlavon Mahmud masjidi, Sherg‘ozixon madrasasi, Allaqulixon masjidlarida bo‘lib, bir qator muborak qadamjolarni ziyorat qilishdi.

Shuningdek, ulug‘ ajdodlarimizning ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat rivojiga qo‘shgan hissasi va Vatanimizning jahon hamjamiyatidagi o‘rnining yanada yuksalishida ularning roli haqida chuqur taassurotlarga ega bo‘ldilar.

Telegram | Facebook | Instagram
#keksalar_turizm_oyligi      
#ichki_turizm

Azim Toshkentga sayohat

O‘zbekiston jannatmakon yurt. Yurtimizda tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, azim shaharlar-u, so‘lim maskanlar juda ko‘p.

Bugungi kunda mamlakatimizda turizm sohasiga katta e’tibor qaratilayotgani sababli bu maskanlar yanada chiroy ochib, yurtimiz ahli hamda chet ellik sayyohlarni o‘ziga chorlamoqda.

Kogon tumanidagi jamiyat rivoji uchun oʻz hissasini qoʻshgan, bugun esa keksalik gashtini surayotgan yoshi ulugʻlar bugun azim Toshkent bo‘ylab sayohatda bo‘lishdi.

Albatta, bu tashkil etilayotgan xayrli tashabbuslar vatanimizda keksalarni eʼzozlash, ulugʻlash va qadrlash yoʻlida olib borilayotgan samarali ishlarning natijasidir.

Telegram | Facebook | Instagram
#keksalar_turizm_oyligi
#ichki_turizm

Yurtimizning har bir go‘shasi o‘ziga xos tarovatga va qadimiy obidalarga boy. Lekin shu zaminda yashab turib, ha deganda o‘sha go‘zalliklardan bahramand bo‘la olmaymiz.

Shu bois Buxoro viloyati turizm boshqarmasi hamda “Nuroniy” jamg‘armasi Buxoro viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda hududlardagi nuroniylarni respublikamizning diqqatga sazovor go‘shalariga sayohatlarini tashkil etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatib kelmoqda.

Xususan, bir guruh nuroniy onaxonlar ko‘hna va navqiron Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalari, muqaddas qadamjolar va zamonaviy inshootlari bo‘ylab sayohatga olib borildi.

– Joriy yilning noyabr oyi mamlakatimizda “Keksalar uchun turizm oyligi” deb e’lon qilinishi yurtimizdagi barcha keksalarni birdek xursand qildi, Samarqanddagi tarixiy obidalarga sayohat qilib, ko‘nglimiz tog‘dek ko‘tarildi. Bunday xayrli tadbirlarni tashkil qilganlardan benihoya minnatdormiz – deydi faxriylardan biri.

Telegram | Facebook | Instagram
#keksalar_turizm_oyligi
#ichki_turizm

Mamlakatimizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning hayot sifati va darajasini, uzoq umr ko‘rish davomiyligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Mana shunday xayrli ishlar natijasida bir guruh yoshi ulug‘ otaxon-u onaxonlar uchun Toshkent shahri bo‘ylab sayohat tashkillashtirildi.

Sayohat davomida nuroniylar bir piyola choy ustida o‘tgan davrlarni eslab, Toshkent shahrining bugungi kundagi o‘zgarishlari haqida qizg‘in suhbatlashdilar.

Telegram | Facebook | Instagram
#keksalar_turizm_oyligi
#ichki_turizm

Tariqatning yetti piriga sayohat tashkillashtirildi


📈“Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida viloyatdagi nuroniylarning Buxoro hamda respublika bo‘ylab sayohatlari ko‘lami kundan-kunga kengayib bormoqda.

🗓Joriy yilning 15-noyabr sanasida bir guruh yoshi ulug‘ nuroniy onaxonlar butun dunyo musulmonlari uchun tabarruk maskan hisoblanmish “Yetti Pir”ni ziyorat qildilar.

💫Samimiy va qizg‘in suhbatlarga boy bo‘lgan, shirin diydorlashuv bilan o‘tgan sayohatda yurtga tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik, oilalarga farovonlik va fayzu baraka so‘rab, duolar qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram
#xalqaro_ziyorat_turizmi_haftaligi
#ichki_turizm_yarmarkasi
#Buxoro_hunarmandlari_kuni

Bugun, soat 10:00da “Xalqaro Ziyorat turizmi haftaligi” doirasida “Ichki turizm yarmarkasi” hamda “Buxoro hunarmandlari kuni” festivali bo’lib o’tadi.

Barchani mazkur tadbirga chorlab qolamiz!

📍Manzil: “Nodir Devonbegi” madrasasi

_________

Сегодня в 10:00 в рамках «Международной недели паломнического туризма» пройдут «Ярмарка внутреннего туризма» и фестиваль «День бухарских ремесленников».

Приглашаем всех на это мероприятие!

📍Адрес: медресе «Надир Девонбеги»

Telegram | Facebook | Instagram
#yoshlar_turizmi_haftaligi
#ichki_turizm

“YOSHLAR TURIZMI HAFTALIGI” DOIRASIDA "BUXORO VARNET"GA SAYOHAT!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi PQ-232-son qarori 1-ilovasi 3-bandi hamda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-dekabrdagi 225-son majlis bayoni 6-bandiga asosan 2024-yil yanvar oyining birinchi o‘n kunligi “Yoshlar turizmi haftaligi” deb e’lon qilindi.

Unga ko‘ra respublikaning barcha hudud yoshlari uchun mamlakatimizning diqqatga sazovor joylari bo‘ylab sayohat uyushtirish rejalashtirilgan.

Ushbu haftalik munosabati bilan bugun, 3-yanvar sanasida bir guruh maktab o’quvchilari “Buxoro Varnet” klasterida o‘z sayohatlarini amalga oshirdilar.

O’quvchilarning dam olish kunlari maroqli o’tib, ulkan taassurotlar bilan qaytishdi.

Telegram | Facebook | Instagram
#yoshlar_turizmi_haftaligi
#ichki_turizm

🙎🏻‍♂️🙍🏻‍♀️“Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida joriy yilning 1-3-yanvar sanalarida Buxoro viloyatining barcha tuman (shahar)larida “Yangi yil” bayrami konsert dasturlari bo'lib o'tmoqda.

Yoshlarning dam olishlarini maroqli o’tkazish hamda ularga keng shart-sharoitlar yaratish borasida barcha tuman (shahar)lar bo'ylab tizimli ishlar davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram
#yoshlar_turizmi_haftaligi
#ichki_turizm

BUXOROLIK O‘QUVCHILAR SAMARQAND SHAHRINING DIQQATGA SAZOVOR JOYLARIDA BO‘LDILAR

🕌Zamin sayqali sanalmish Samarqand o‘zining boy o‘tmishi va tarixiy obidalari bilan yetti iqlimga ma’lumu mashhur shaharlardan biri. Bugun ham bu sharif shahar yanada sayqal topib, barchani o‘ziga maftun etib kelmoqda.

Buxoro shahridagi maktab o’quvchilari “Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida qishki ta’tilda Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylarida sayohatda bo‘ldilar.

Bu sayohat ularga Vatanimizning buyuk tarixi va ulug‘ bobokalonlarimiz hayoti bilan yanada yaqinroq tanishish, o‘zligi, o‘zbekligi bilan faxrlanish tuyg‘ularini baxsh etdi.

Eslatib o’tamiz: bu kabi sayohatlar 10-yanvarga qadar davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram
#yoshlar_turizmi_haftaligi
#ichki_turizm

Ta’til yangi izlanish, o‘qib o‘rganish va parvozlar oldidan ruhlantiruvchi madaniy hordiq, mazmunli sayr-sayohatdir.

“Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida ta’til davrida talaba-yoshlarining mazmunli dam olishlarini ta’minlash maqsadida turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

Shuningdek, respublikaning barcha hudud yoshlari uchun mamlakatimizning diqqatga sazovor joylari bo‘ylab sayohat uyushtirish rejalashtirilgan.

Ushbu haftalik munosabati bilan bugun, 6-yanvar sanasida Buxoro viloyatidan bir ming yetti yuz (1 700)dan ortiq yoshlar o‘z sayohatlarini amalga oshirdilar.

Sayohat davomida talaba-yoshlar viloyatning diqqatga sazovor tarixiy manzillari hamda muzeylarida bo‘lib, dam olish kunlarini maroqli o‘tkazishmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram
#yoshlar_turizm_haftaligi
#ichki_turizm

⚡️QALBLARDA VATANPARVARLIK HISSINI KUCHAYTIRGAN SAYOHAT 

✨️Respublikamiz bo'ylab ichki turizm doirasida tashkil etilgan "Yoshlar turizm haftaligi" hamda yaqinlashib kelayotgan Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan buxorolik bir guruh o‘quvchi yoshlar Qarshi shahrida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti hamda “Vatanparvarlik bog‘i”ga sayohat qilishdi.

✨️Sayohat davomida yoshlar Aviatsiya bilim yurtiga yoshlarning ta’lim olishlari uchun yaratib berilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishgan bo‘lsalar, “Vatanparvarlik bog‘i”ga qilingan sayohat yoshlarimiz qalbida armiyamiz bilan faxrlanish tuyg‘usi hamda Vatan himoyachisidek oliyjanob kasbga hurmat va ehtirom hissini kuchaytirdi.

Telegram | Facebook | Instagram
#yoshlar_turizm_haftaligi
#ichki_turizm

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi PQ-232-son qarori 1-ilovasi 3-bandi hamda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-dekabrdagi 225-son majlis bayoni 6-bandiga asosan 2024-yil yanvar oyining birinchi o‘n kunligi “Yoshlar turizmi haftaligi” deb e’lon qilindi.

Mazkur tadbir doirasida Buxorodagi o'quvchi-yoshlar uchun turli madaniy-ko'ngilochar tadbirlar hamda madaniy meros obyektlariga sayohatlar tashkillashtirilmoqda.

Sayohat davrida bugun, 7-yanvar sanasida 10 ming nafardan ortiq oʼquvchilar mazkur tadbirlarda qatnashib, bir olam taassurotlar olishdi.

Haftalik doirasidagi sayohatlar davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram
#yoshlar_turizmi_haftaligi
#ichki_turizm

Samarqand shahri qadimdan yer yuzining sayqali deya e’tirof etib kelingan. Dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan sayyohlar bu shaharni bir marotaba ko‘rishni orzu qilib, bu shaharni ziyorat qilishni o‘zlari uchun sharaf deb bilishadi.

Mana shunday sharafga muyassar bo‘lgan bir guruh Buxorolik o'quvchilar sayohati Imom al-Buxoriy majmuasining ziyorati bilan boshlanib, Registon maydoni, Amir Temur, Shohi Zinda maqbaralari, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasini sayohat qilish bilan davom etar ekan, mazkur tarixiy obidalar, ulardagi naqshinkor bezaklar, ganchkorlik namunalari ota-bobolarimizning ilm-fan taraqqiyotidagi qudrati va donishmandligi, insoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shganligiga yana bir bor amin bo‘lishdi.

Telegram | Facebook | Instagram
#yoshlar_turizmi_haftaligi
#ichki_turizm

Har yili qishki ta’til mavsumda maktablarda hamda oliy o‘quv yurtlarida ta’lim oladigan o‘quvchi va talabalar qishki ta’tilga chiqishadi.

Har bir yosh bundan nihoyatda mamnun holda ta’tilni intizorlik bilan kutib, ushbu kunlarni maroqli o‘tkazishni istaydi. Shuningdek, O‘zbekistonning turli joylarida sayohatga borishlikni orzu qilishadi.

Vaholanki, yurtimizning har bir tuman (shahar)ida o‘quvchi-yoshlarning ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun joriy yil yanvar oyining birinchi o'n kunligi mamlakatimiz bo‘ylab “Yoshlar turizmi oyligi” etib belgilanganligi yoshlarni quvontirmoqda.

“Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida ta’til davrida talaba-yoshlarining mazmunli dam olishlarini ta’minlash maqsadida turli tadbirlar tashkil etildi.

Shuningdek,  respublikaning barcha hudud yoshlari uchun mamlakatimizning diqqatga sazovor joylari bo‘ylab sayohat uyushtirildi.

Ushbu haftalik yakuni munosabati bilan bugun, 10-yanvar sanasida Buxoro viloyatidan jami o'n yetti mingdan ortiq yoshlar o‘z sayohatlarini amalga oshirdilar.

Sayohat davomida talaba-yoshlar O'zbekistonning diqqatga sazovor tarixiy manzillari hamda muzeylarida bo‘lib, dam olish kunlarini maroqli o‘tkazishdi.

Telegram | Facebook | Instagram