bukhari.uz
19.2K subscribers
14.9K photos
3.2K videos
11 files
11.1K links
IMOM BUXORIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZINING RASMIY KANALI

Sayt: www.bukhari.uz
facebook.com/bukharicenter
instagram.com/bukhari.uz
twitter.com/www_bukhari_uz
ok.ru/bukharicenter
mover.uz/channel/imambukhari
Murojaat uchun: @Zafar_Uzaqov
Download Telegram
#Yangiliklar #Xalqaro_aloqalar #Fotolavha #Memorandum

Qoʻlyozmalar ilmiy tadqiqida xalqaro hamkorlik rivojlanmoqda


8-yanvar kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan Fotix Sulton Mehmet vaqfi universiteti huzuridagi Qoʻlyozmalarni oʻrganish va tadqiq etish markazi (Turkiya) oʻrtasida videokonferensiya shaklida oʻzaro hamkorlikka oid Anglashuv memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda ikki muassasa rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirok etib, ilmiy-amaliy aloqalar istiqbolini muhokama qildi...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=39578&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️https://t.iss.one/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35
🫥https://taplink.cc/bukhariuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiliklar #Fotolavha

Kasbiga sodiq boʻlgan har bir fidoyi inson Vatan himoyachisidir!

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Vatan himoyasi – muqaddas burch” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Markaz direktorining oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev tabrik soʻzida Vatan himoyasining nafaqat harbiy, balki maʼnaviy va fuqarolik jihatlariga ham alohida eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidladi. Qayd etilganidek, har bir soha vakili kasbiga sodiq boʻlib, yurti shaʼni va ravnaqi uchun mehnat qilsa, oʻz ishining ustasi va fidoyisi boʻlsa, u albatta Vatan himoyachisidir...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=39676&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
🌐
bukhari.uz 💬 Telegram 📱 Facebook 📹 Instagram 💬Twitter 📹 YouTube 📹 TikTok 💬 OK 🌐 Taplink
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiliklar #Xalqaro_aloqalar #Fotolavha

NAVOIYNING ILK DEVONI: MANBALAR VA XULOSALAR

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon vohasi madaniy boyliklari” turkumida navbatdagi onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Unda Markaz xodimlari, yurtimiz va xorijdagi ilmiy muassasalar tadqiqotchilari, shuningdek, Germaniya, Turkiya va AQSHdan olimlar ishtirok etdi.

Seminarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent Oysara Madaliyeva “Alisher Navoiy “Badoyeul bidoya” devonining qoʻlyozmalari va tadqiqi tarixiga nazar” mavzusida maʼruza qildi...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=39826&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
🌐
bukhari.uz 💬 Telegram 📱 Facebook 📹 Instagram 💬Twitter 📹 YouTube 📹 TikTok 💬 OK 🌐 Taplink
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiliklar #Xalqaro_aloqalar #Fotolavha

Fariza Shom: “Oʻzbekistonlik tadqiqotchilar uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz”

21-yanvar kuni Malayziya islom madaniyati institutida davra suhbati oʻtkazildi. Tadbirda Imom Buxoriy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari, Malayziya islom madaniyati instituti rahbariyati hamda Malayziya milliy universiteti professor-oʻqituvchilari qatnashdi.

Malayziya tomoniga Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, diniy-maʼrifiy sohadagi ijobiy oʻzgarishlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Yigʻilish ishtirokchilarida “Oʻzbekistonda diniy sohadagi yangilanishlar” mavzusidagi film katta qiziqish uygʻotdi.

Tadbir davomida Malayziya islom madaniyati institutidan Imom Buxoriy xalqaro stipendiyasining gʻolibi boʻlgan tadqiqotchilar bilan suhbat uyushtirildi...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=39835&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
🌐
bukhari.uz 💬 Telegram 📱 Facebook 📹 Instagram 💬Twitter 📹 YouTube 📹 TikTok 💬 OK 🌐 Taplink
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiliklar #Xalqaro_aloqalar #Fotolavha

Malayziya instituti O‘zbekistonning qadimiy va noyob merosi targ‘ibotchisiga aylanadi

Imom Moturidiy, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari delegatsiyasining Malayziyaga tashrifi davomida Islom tushunchasi va sivilizatsiyasi xalqaro institutida muloqot tashkil etildi.

Suhbat davomida Islom tushunchasi va sivilizatsiyasi xalqaro instituti direktori Abdulaziz Berghout Yangi O‘zbekistondagi islohotlar natijalarini yuqori baholadi.

Ushbu ilmiy muassasa Malayziyada alohida nufuzga ega institut bo‘lib, bu yerda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan tadqiqotchilar islom ilm-fani, zamonaviy diniy jarayonlar, qadimiy qo‘lyozmalarga oid tadqiqotlarni amalga oshiradi...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=39901&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
🌐
bukhari.uz 💬 Telegram 📱 Facebook 📹 Instagram 💬Twitter 📹 YouTube 📹 TikTok 💬 OK 🌐 Taplink
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiliklar #Fotolavha

Jadidlik va milliy uyg‘onish: Behbudiy merosi yoshlar qalbida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Gʻallaorol tumani ixtisoslashtirilgan maktabida buyuk jadid, ma’rifatparvar va Turkiston millatparvarlari yetakchilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiyning 150 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda Markaz ilmiy xodimlari B.Mahmudov, A.Mamadaliyev, tuman Adliya bo‘limi bosh yuristi E.Muhammadiyev va Davlat xizmatlari bo‘limi xodimi Gʻ.Normatov ishtirok etdi...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=39994&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
🌐
bukhari.uz 💬 Telegram 📱 Facebook 📹 Instagram 💬Twitter 📹 YouTube 📹 TikTok 💬 OK 🌐 Taplink
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiliklar #Fotolavha

Yoshlar maʼnaviyati – kelajakni belgilovchi bosh omil

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Samarqand Agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida “Yoshlarning maʼnaviy-axloqiy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi huquqbuzarliklar, diniy ekstremizm kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yoʻllari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=40053&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
🌐
bukhari.uz 💬 Telegram 📱 Facebook 📹 Instagram 💬Twitter 📹 YouTube 📹 TikTok 💬 OK 🌐 Taplink
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiliklar #Fotolavha

Jaholatga qarshi kurashga barcha masʼul

Samarqand Davlat tibbiyot universitetida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan “Radikalizm – jamiyat barqarorligiga tahdid” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Universitet pedagog-xodimlari va talabalari ishtirokida oʻtgan uchrashuvda radikalizmning ijtimoiy barqarorlik va millatlararo hamjihatlikka tahdidi, mafkuraviy xurujlarga qarshi kurashish yoʻllari muhokama qilindi. Markaz ilmiy xodimlari yigʻilganlarga interaktiv usullar orqali radikalizmning salbiy taʼsirlari haqida tushunchalar berib, bu illatga qarshi turli madaniy-maʼrifiy ishlarni tashkil etishning ahamiyatiga urgʻu berdi...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=40165&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
🌐
bukhari.uz 💬 Telegram 📱 Facebook 📹 Instagram 💬Twitter 📹 YouTube 📹 TikTok 💬 OK 🌐 Taplink
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiliklar #Fotolavha

Xalqaro turizm festivali qatnashchilari – Markazda

Shu kunlarda mamlakatimizda Naqshbandiya tariqatining Oltin Silsila pirlari ziyoratgohlari boʻylab davom etayotgan “Naqshbandiya festivali” ziyorat tadbirlari qatnashchilari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida mehmon boʻldi.

Malayziya, Indoneziya, Singapur, Hindiston, Bruney, Turkiya, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Nepal kabi davlatlardan kelgan yuzdan ziyod din, fan va jamoat arboblari, olimlar va turizm sohasi vakillaridan iborat nufuzli delegatsiyani direktor oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev kutib olib, Markazning maqsad va vazifalari hamda faoliyat natijalari xususida qisqacha maʼlumot berdi...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=40194&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
🌐
bukhari.uz 💬 Telegram 📱 Facebook 📹 Instagram 💬Twitter 📹 YouTube 📹 TikTok 💬 OK 🌐 Taplink
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiliklar #Fotolavha

Radikalizmning oldini olishda maʼrifiy yondashuv

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand Davlat arxitektura-qurilish universitetida “Radikalizm – jamiyat barqarorligiga tahdid” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Universitet pedagog-xodimlari va talabalari ishtirokida oʻtgan uchrashuvda radikalizmning kelib chiqish sabablari, jamiyat uchun xavfli oqibatlari va uning oldini olishda maʼrifiy yondashuvning oʻrni haqida maʼruzalar tinglandi...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=40215&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
🌐
bukhari.uz 💬 Telegram 📱 Facebook 📹 Instagram 💬Twitter 📹 YouTube 📹 TikTok 💬 OK 🌐 Taplink
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiliklar #Fotolavha

Alisher Navoiy merosi – maʼnaviy va maʼrifiy yuksalish manbai

Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligiga bagʻishlab 8-9-fevral kunlari Navoiy viloyatida ilmu fan, adabiyot, sanʼat, madaniyat namoyandalari, davlat va jamoat arboblari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirlarda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy kotibi, falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori Baxtiyor Tursunov ham ishtirok etdi.

Markaz vakili viloyat miqyosida oʻtgan “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” anʼanaviy xalqaro simpozium doirasida Nurota tumanida “Xamsa” asarining yaratilishiga bagʻishlab tashkil etilgan davra suhbatida “Alisher Navoiy badiiy merosining yoshlar tarbiyasidagi oʻrni va ahamiyati” mavzusida maʼruza qildi...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=40250&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
🌐
bukhari.uz 💬 Telegram 📱 Facebook 📹 Instagram 💬Twitter 📹 YouTube 📹 TikTok 💬 OK 🌐 Taplink
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiliklar #Fotolavha

Sharq tafakkuri va tamaddunining soʻnmas yulduzlari

12-fevral kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi xodimlari va Hadis ilmi maktabi ustoz-talabalari ishtirokida buyuk allomalarimiz tavallud sanalariga bagʻishlab “Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur – Sharq Renessansining yorqin namoyandalari” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Markaz direktori Shovosil Ziyodov buyuk mutafakkirlarning maʼnaviy merosi haqida soʻz yuritib, dastlab Alisher Navoiyning turkiyni ijod va ilm-fan tili sifatida saqlab qolishda, oʻsha davrgacha hech kim koʻrsatib bermagan ulugʻvorligini namoyon etishdagi beqiyos xizmatlariga toʻxtaldi. Hazratning yuksak badiiy va ilmiy merosi haqida soʻzlar ekan, “Navoiyning asarlari hamma zamonlarda boʻlgani singari bugun ham insoniyatni maʼnaviy yuksalish sari yetaklovchi asosiy manbalardan boʻlib qolmoqda”, deb taʼkidladi...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=40276&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
🌐
bukhari.uz 💬 Telegram 📱 Facebook 📹 Instagram 💬Twitter 📹 YouTube 📹 TikTok 💬 OK 🌐 Taplink
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiliklar #Fotolavha

Ilhombaxsh ziyorat

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida joylashgan 2-ixtisoslashtirilgan maktab-internat ustozlari va aʼlochi oʻquvchilari tashrif buyurdi. Ushbu ilmiy-amaliy ekskursiya yoshlarga tarixni jonli tarzda anglatish, ularda vatanparvarlik, yurt ravnaqiga daxldorlik hissini kuchaytirish, maʼnan yuksalish, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish koʻnikmasini mustahkamlash hamda ilmga ishtiyoqini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=40286&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
🌐
bukhari.uz 💬 Telegram 📱 Facebook 📹 Instagram 💬Twitter 📹 YouTube 📹 TikTok 💬 OK 🌐 Taplink
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiliklar #Fotolavha

Ustozga hurmat-ehtirom – yoshlarga ragʻbat

Namangan shahrida Buyuk mutafakkir, adib, olim, davlat arbobi va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542-yilligi munosabati bilan “Axsikent – Sharq mashʼali” I xalqaro ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi.

Namangan viloyati hokimligi, Oʻrta Osiyo xalqlari tarixi instituti, Turon fanlar akademiyasi va Aksikent tarixi va arxeologiyasini oʻrganish ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida yurtimiz hamda Qozogʻiston va Qirgʻizistondagi oliy taʼlim muassasalari tarixchi olimlari, professor-oʻqituvchilar, yoshlar va nuroniylar ishtirokida tashkil etilgan anjumanda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktorining Bosh maslahatchisi, falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor Toʻrayev qatnashib, “Maxdumi Aʼzamning konfliktologik metodlari” mavzusida maʼruza qildi...

Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=40307&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
🌐
bukhari.uz 💬 Telegram 📱 Facebook 📹 Instagram 💬Twitter 📹 YouTube 📹 TikTok 💬 OK 🌐 Taplink
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM