Botir Ziyatov
7.43K subscribers
501 photos
100 videos
1 file
584 links
Shaxsiy blog va texnologiyalar haqida
Hamkorlik: @giglink_admin
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sayt yoki ilovangizni mashhur qilmoqchimisiz, u haqida qiziq videolar qilish hozirgi kundagi eng yaxshi usulllardan biri.

mult.dev saytini 15 sekundlik reklamasi, va minglab yangi odamlar bu orqali kirib keladi.

saytga bir oyda 288 000 odam kirar ekan, saytda yashash vaqti esa 2:30 daqiqa bilasizmi bu qanaqa natija...

@botirziyatov
👍48🔥10🫡3🏆1
2024-yilda bazi odamlarni ko‘rdim,

ular Korporativ hayotdan ozod bo‘lib, o‘z ishlarini yo‘lga qo‘yishdi.

Ishda charchadim, uyda vaqtim yo‘q deb nolimang, tushindizmi "Botir"

Ba'zida uyga kech qaytsam, yarim soat vaqtim bo‘lsa ham, kompyuterni ochib kod yozaman.
Bir-ikkita funksiya yozilsa ham, oldinga bir qadam bo‘ladi.

@botirziyatov
👍109🫡25💯7🔥6
Time Complexity va 🧠 Space Complexity

Dasturlashda har bir algoritm uchun tezkorlik va xotira tejamkorligi muhim ahamiyatga ega. Bu ikki tushunchani sodda va qiziqarli usulda tushuntirish qiyin lekin men harakat qilib koʻrdim.

🔗 Erinmasdan oʻqib chiqish: Link

@akobirabduganiev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29🆒3🔥1
IBM dan ochiq kodli dasturchilar uchun bepul server

IBM Cloud ochiq kodli dasturchilar uchun:
- 2 yadroli protsessor,
- 8GB operativ xotira,
- 100GB disk bilan server berimoqda.

Serverni olishni asosiy sharti: Loyiha ochiq kodli bo‘lishi

@botirziyatov
👍95🔥22🫡6🆒4💯1
soqqa qilish haqida gaplashsak )

Dunyo bo‘ylab eng katta muammolardan biri - "telefonga qaramlik"

Google Play da bunday muammoni yechishga qaratilgan ilovalar millionlab yuklab olingan.

Google da ham bu so‘rov doimiy amalga oshiriladi.

va bu trend hali ham davom etmoqda.

shu muammoni yechishga qaratilgan web saytlar kontentlar, ilovalar tez mashhur bo‘lishi mumkin.

@botirziyatov
👍89🫡12👏9🤔4🕊3🔥1
Cursor.com domeni bir paytlar 6 ming dollarga sotib olingan va 1 yil o‘tib u 399 ming dollarga sotildi!

Cursor loyihasi haqida:
Cursor — bu AI yordamida kod yozish, tahrirlash va tushunishni osonlashtiradigan zamonaviy dasturchi yordamchisi.

Dastlab, Cursor brendi Cursor.so va Cursor.sh domenlari ostida faoliyat boshlagan.
- Cursor.so: 2021-yilning 11-dekabrida ro‘yxatdan o‘tgan.
- Cursor.sh: 2023-yilning 5-aprelida qo‘shildi.
Hozirda bu ikkala domen Cursor.com ga yo‘naltirilgan.

- 2022-yilning 20-yanvari: Cursor.so o‘zini sun'iy intellekt asosida ishlaydigan email yozish vositasi sifatida tanitgan.
- 2022-yilning 12-noyabri: Sayt o'z faoliyat yo‘nalishini o‘zgartiradi va endi AI yordamida CAD (kompyuter yordamida chizma yaratish) vositalarini taklif qiluvchi xizmatga aylanadi.

- 2022-yilning 30-noyabrida ChatGPT ishga tushirildi, bu esa texnologik startaplar uchun yangi imkoniyatlar yaratdi.
2023-yil boshida Cursor.so AI yordamida dasturlashga oid xizmatlarni taklif qila boshladi.

- 2023-yilning 18-yanvari: Cursor.so yangi sahifasini ishga tushirdi va o‘zini AI asosidagi dastur kodlarini tahrir qilish vositasi sifatida taqdim etdi. Slogan: “Code editing, redefined: Refactor, understand, and write code effortlessly using Cursor's AI source editor.”
- 2023-yilning 16-marti: Cursor dasturi Mac foydalanuvchilari uchun yuklab olishga tayyor bo'ldi. Yangi slogan: “Build Software. Fast. Write, edit, and chat about your code with GPT-4.”

2023-yilning mart oyida Mike Carson ismli bir kishi Cursor.com domenini 6 ming dollarga sotib oldi. Ushbu xarid Cursor.so mahsulotining chiqarilish sanasiga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtga kelib, Cursor allaqachon texnologik startaplar dunyosida katta qiziqish uyg‘otgan edi.

2024-yilning may oyida Cursor.com domeni rasmiy ravishda 399 ming dollarga sotib olindi.

umuman olganda:
- Zõr brend tanlovi: "Cursor" degan nom texnologiya olamida hammaga tanish va òta universal.
- AI trendidan foyda olish: ChatGPT va GPT-4 òxshagan texnologiyalar rivojlanib, Cursor’ni yanayam mashhur qildi.

@botirziyatov
3👍52👏9🔥2🕊2🫡2🏆1
Odamlar hozir ham YouTube, Instagram va boshqa saytlaridan audio va videolarni yuklab oladigan botlar va saytlarni ishlab chiqishda davom etmoqda.

Lekin internetda bunaqa sayt va ilovalar juda ko‘p.

bir yigit shunday sayt ishlab chiqganini yozibdi. pastida odamlar kommentda shunday yozgan:

Ilgari foydalangan saytlarimiz endi reklamalar bilan to‘lib ketgan
- ko‘p saytlarda yuklash tugmasini bosganimizda hamma joydan uyatli reklamalari chiqib ketadi va bu yoqimsiz.
- So‘nggi paytlarda boshqa ko‘p yuklash dasturlari ishlamay qoldi.
- telegram botlar ham tinmasdan reklama yuboradi.

bunday ilova va saytlarga doim talab bor ekan degan xulosa keladi.

@botirziyatov
👍93🔥18🆒9👏4💯4
Telefonni kompyuter sifatida ishlatib bo‘lmasa, endi kuchli protsessor uchun telefon sotib olishni rejalashtirmayman

-- Android Authority sharhlovchisi

@botirziyatov
👍55🤔21💯10🔥5👏2🏆1
Bir ajoyib saytga duch kelib qoldim.
Sayt birdaniga katta trafikga ega bo‘lgan

qanaqa sayt bu - ijtimoiy tarmoq o‘yini: do‘stlaringizga xat yuborasiz, xatda esa biror qo‘shiq bo‘ladi. Shunchaki o‘yin!

Bu sayt TikTokda tez tarqalib, shu darajada ommalashib ketgan.

@botirziyatov
👍37👏7😱5🆒3🏆1
Oxirgi paytlardan O‘zbekistondan bazi saytlarga kirishda muammolar bo‘lmoqda. yoki faqat manga shunday. Lekin boshqalarda ham ko‘rdim bu holatni.

Bunga sabab TLS 1.3 va QUIC protokollarini bloklangani bo‘lishi mumkin.

Juda ko‘p saytlar ayniqsa CloudFlare da turgan saytlarning ko‘pida shu protokoll odatda yoqilgan bo‘ladi.

ChatGPT ning aytishicha:
TLS 1.3 barcha ma’lumotlarni shifrlab uzatadi, hattoki qo‘shimcha ma’lumotlarni (metadata) ham yashiradi. Natijada tarmoqlar yoki hukumat trafikni tahlil (DPI – Deep Packet Inspection) qila olmaydi, bu esa nazorat qilish imkoniyatini cheklaydi.

@botirziyatov
👍75🔥12💯7🫡4🤔2
Internetda savol berildi.

O‘zingizni faqat dasturchi deb o‘ylab, shu rol bilan cheklab qo‘yishingizning sababi nimada?

Javoblar:

* Uzoq vaqt davomida dasturchi bo‘lgandan so‘ng fikrlashlar o‘zgaradi va ijodkorlik yo‘qolib boradi.
* Biz universitetga kirganimizdan boshlab shunday "tarbiya" olamiz.
* Bizga ko‘proq yaxshi xodim bo‘lishni, jamiyatga moslashishni o‘rganganganmiz va shu orqali rivojlanyapmiz.

@botirziyatov
👍85🔥10💯9😱3🫡3
DigitalOcean’dan 10 ta bepul VPS olish – 60 kunga

DigitalOcean — AQShda joylashgan, arzon va qulay bulutli server xizmatlarini taklif qiladigan kompaniya.
Agar siz ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tsangiz, 200 dollar bepul balans olasiz.

Bu balansni VPS serverlar va boshqa xizmatlar sotib olishga ishlatishingiz mumkin.
Bepul balans 60 kun davomida amal qiladi.

E’tibor berishingiz kerak bo‘lgan narsa:
- Karta bog‘lash: Kartani bog‘laganingizda, hisobingizdan 1 dollar vaqtinchalik olinadi, keyin esa qaytariladi.

@botirziyatov
👍47🔥8👏7
Dasturchi startupini katta summaga sotdi, lekin unga endi boy bo‘lish zerikarli bo‘lib qoldi.

10 yil davomida startupda ishlab, kompaniyasini sotgach, hayotdan zavq ololmay qoldi.
Redwood o'rmonlariga borib, daraxtlar bilan gaplashdi.
Tajribasiz bo'lsa ham Himolay tog'lariga chiqdi...
Hozir Gavayida fizika o'rganyapti...

Boylik va muvaffaqiyat ortidan quvish o'rniga, o'zini anglash va hayotning oddiy zavqlarini his qilishga intilmoqda.

@botirziyatov
👍152🆒19🔥12😱5🫡5😁3🤔3👎1👏1💯1
VSCode asosidagi yangi AI muharriri – Trae

Claude 3.5 va GPT-4o modellaridan bepul foydalanish imkoniyati mavjud.

Agar siz ilgari Cursor yoki VSCode ishlatgan bo‘lsangiz,
ularning sozlamalarini Trae-ga oson import qilib, ishni Trae bilan davom ettirishingiz mumkin.

@botirziyatov
👍67🔥15👏5🫡3
Qanchadir vaqtdan keyin o‘tmishga qarab sun'iy intellekt siz qanday yashagan ekanmiz desak keragov

@botirziyatov
😢88😁48💯10👍4🆒3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Middle’lar uchun 4 oylik odoo Praktikum.

Siz middle python dasturchimisiz? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun. Kursni tamomlab odoo sertifikatiga ega bo’ling va safimizga qo’shilib Enterprise dasturchi bo’ling.

Batafsil ma’lumot uchun
DM: @AmonBro
Site: odoo.uic.academy
Admin: @uic_academy_support
👍30👎11😁6🤔5🆒3🔥2
chat.deepseek.com ni sinab ko‘rdingizmi ?

20-Yanvar kuni DeepSeek yangi modeli R1 ni chiqardi.

Hozirda undan foydalanish bepul. 3 kun davomida bu modeldan foydalanib ko‘rdim.

ChatGPT ni O1 modelidan bazi holatlarda yaxshi javob beradi.

Dasturlarni ishlab chiqish imkoniyatlarini o‘lchaydigan WebDev ball ro‘yxatida Claude 3.5 Sonnetdan 40 ball kam orqada ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.

DeepSeek Apple App Store bepul ilovalar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallab oldi.

juda maxtab yubordim telkin bo‘lib shuncha imkoniyat berganiga )

@botirziyatov
👍46🔥11🫡3🆒3
Mustaqil dasturchi "Kitty Fill Light" nomli ilova ishlab chiqdi.

Ilovaning asosiy vazifasi – qoʻshimcha yorugʻlik uskunalarisiz, faqat telefon yorugʻligini boshqargan holatda yaxshiroq suratga olish imkoniyatini beradi.
Ilova ekarandagi rangini o‘zgaritish mumkin (masalan, issiq yoki sovuq oq rang) bilan va bu orqali suratga olish paytida yorugʻlikni yaxshilaydi.

Bu ilova qisqa vaqt ichida Apple AppStore'ning “Fotografiya va Video” bo‘limida TOP-20 talikka kirib,
pullik versiyasi esa birinchi o‘ringa chiqdi va foydalanuvchilar soni 160 mingdan oshdi.

Ushbu dasturni tuzgan odam dasturlash bo‘yicha tajribaga ega emas, lekin AI vositalari yordamida qisqa vaqt ichida ilovaning dastlabki versiyasini ishlab chiqdi va tezda App Store'ga joylashtirdi.
Ilova eksperimental loyiha sifatida qilingan bo‘lsa-da, foydalanuvchilar orasida katta talabga ega bo‘ldi.

Ba’zi dasturchilar bu ilovani “Hello World” darajasida, ya’ni texnik jihatdan juda sodda mahsulot deb hisoblashadi.

Ko‘pincha dasturchilar mahsulotning qiymatini uning kod murakkabligi orqali baholashadi.

@botirziyatov
👍63🔥19👏6🆒3🕊1
Eng yangi va ommabop dasturlash tili – ingliz tili.

@botirziyatov
👍144😁64💯18🔥12🫡4🆒2👎1