Botir Ziyatov
7.44K subscribers
501 photos
100 videos
1 file
585 links
Shaxsiy blog va texnologiyalar haqida
Hamkorlik: @giglink_admin
Download Telegram
1 daqiqalik Micro SaaS yangiliklari:

Marblism 50 000 dan ortiq dasturchilar tomonidan ishlatiladi. Bu platforma sun'iy intellekt yordamida SaaS ilovalarini yaratadi. Foydalanuvchi shunchaki o'z talabini yozadi, va Marblism avtomatik tarzda to'liq ishlaydigan SaaS ilovasini tayyorlaydi.

• Markus tomonidan ishlab chiqilgan Feedbucket hozirda oylik $10 000 daromad keltirmoqda. Bu vosita agentliklarga veb-saytlarni ko'rib chiqish jarayonida mijozlardan osongina fikr va takliflar olishga yordam beradi.

ipapi.is oylik $5000 daromad keltiradigan darajaga yetdi. Bu orqali har qanday IPv4 yoki IPv6 manzili haqida batafsil ma'lumot olish mumkin. ipapi.is 2022 yil oxirida qo'shimcha loyiha sifatida ishga tushirilgan edi.

• Jek tomonidan tuzilgan 60sec.site hozirda oylik $1 300 daromad keltirmoqda. Bu vosita foydalanuvchilarga sun'iy intellekt yordamida atigi 60 soniya ichida landing page yaratishga imkon beradi.

@botirziyatov
👍28🔥4😱2🫡1🆒1
Marc Lou 7 yil davomida 31 ta mahsulot ishlab chiqdi. Lekin ulardan faqat 16 tasi pul topa oldi va katta daromad esa faqat bittasidan keldi!

loyihani ishlab chiqishda birdaniga katta natijalarni kutmaslik kerak. Bir-ikki mahsulot chiqarganingiz bilan ularning tezda ommalashishi doim ham boʻlmaydi. Koʻpchilik shu holatda sabrsizlanib, oxirigacha bormaydi (manga oʻxshab).

* Bir mashhur gap bor ediku :
«gap shundaki, bu yerda hech qanday sir yoʻq – faqat mehnat va tajriba.»

@botirziyatov
👍66💯7👏3🫡3
“Paypal”, “Apple Pay” va “Google Pay” Oʻzbekistonda ham ishlashi kutilmoqda

@botirziyatov
4👍140🔥40😱16
Yandex Maps endi o‘zbek tilida gapiradi!

Yandex Maps’dan O‘zbekistonda oyiga 2,8 milliondan ortiq foydalanuvchi foydalanmoqda va bu bir yilda deyarli 50% ga oshgan.

@botirziyatov
👍88🔥13🆒4👏3
💡 Xiaomi 14T smartfonlari seriyasidan dastlabki taassurotlar

📸Ishlab chiqaruvchi rivojlangan kameraga e’tibor qaratgani sabab har ikkita qurilmada bu eng muhim jihat sifatida ko‘zdatashlanadi. Va bu bekorga emas. Xiaomi 14T va Xiaomi 14T Pro kameralari yuqori sifatli kontent yaratish imkoniyatlarini izlayotganlar uchun mo‘ljallangan.

Xiaomi AISP platformasi va AI LM texnologiyasi tufayli, qurilmalar UltraHDR va rivojlangan portret rejimlarini qo‘llab-quvvatlaydi. AI Tasvirni qayta ishlash intellektual ravishda tasvirlarni to‘ldirib, ularni ko‘proq ifodali qiladi; AI Lastik Pro noxush elementlarni o‘chirib, mukammal rasmlarni yaratish imkonini beradi; AI Portret esa shaxsiy avatarlar yaratib, foydalanuvchilarga o‘z unikall uslubini osongina namoyish etish imkonini beradi.

⚡️ Kameralardan tashqari, smartfonning afzalliklariga flagman protsessorlarni qo‘shish mumkin, bu esa yuqori ishlash samaradorligini ta’minlaydi; yangi avlod displeyi, sun’iy intellekt bilan, ishlatish sharoitlari va kun vaqtiga qarab rang temperaturasini va yaroqligini o‘zgartirib, ko‘zlar uchun qulaylikni saqlaydi; kundalik ishlar uchun AIdan foydalanish imkoniyati va tezkor quvvatlanish imkoniyatiga ega kuchli batareya.

☀️Bundan tashqari, Xiaomi 14T seriyasining smartfonlariga maxsus kafolat shartlari amal qiladi va 6 oktyabrgacha sotib oluvchilar uchun maxsus taklif mavjud.

➡️Xiaomi 14T va Xiaomi 14T Pro ning xususiyatlari haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun havolaga o‘ting.

@botirziyatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22👏4👎1🕊1🫡1
Google qidiruv tizimida yangi "tasdiqlangan" funksiyasini sinovdan o‘tkazmoqda. bu foydalanuvchilarga soxta veb-sayt havolalaridan qochishga yordam beradi

@botirziyatov
👍164🆒11🔥10😢4🕊2🏆2
Yana bir onlayn matn solishtirish vositasi, retro uslubdagi dizayn bilan.

➡️ difftext.com

Foydalanuvchi interfeysi (UI) va shriftlari juda chiroyli va o'ziga xos.

Turli matnlarni solishtira oladi, oddiy matn, json, ...

@botirziyatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍40🔥7🆒4👏2😢1
Telegram yangi tasdiqlash kodi xizmatini ishga tushirdi.

Telegram 5-oktabrda yangi katta yangilanishini e'lon qilgan edi.
ular orasida tasdiqlash kodi platformasi mavjud edi.

Endi API orqali an'anaviy SMS-lardan foydalanish o‘rniga, Telegram orqali tasdiqlash kodlarini yuborishi mumkin.
Buning narxi har bir xabar uchun 0.01 dollar.

Telegramning aytishicha:
Ushbu xizmat SMS-larga qaraganda tezroq va xavfsizroq ekani bilan ajralib turadi.

@botirziyatov
👍60🤔12🏆7🔥4🆒2👎1🫡1
👩‍💻👨🏻‍💻Yandex Uzbekistanʻning talabalar va yosh mutaxassislar uchun ajoyib mobil va bekend dasturlash maktabiga roʻyxatdan oʻtishga va test topshiriqlarini bajarishga ulgurmaganlar boʻlsa - shoshiling, chunki roʻyxatdan oʻtish yopilishiga 3 kun qoldi!

Maktabga kirish uchun ariza qoldirish, 13-oktyabrga qadar test topshiriqlarini muvaffaqiyatli bajarish va suhbatdan oʻtish kerak. Oʻqish mutlaqo bepul boʻlib, 28-oktyabrdan boshlanadi. Darslar Toshkentda offlayn tarzda, kechki vaqtlarda oʻtkaziladi.

Taʼlim dasturlari maʼruzalar, amaliy mashgʻulotlar va Yandex xizmatlaridagi haqiqiy biznes topshiriqlar ustida jamoaviy ishlashni oʻz ichiga oladi. Maktablar dasturlash boʻyicha bilimlarini yanada chuqurlashtirishni istaganlar uchun moʻljallangan. Eng yaxshi ishtirokchilar kompaniyada ish boshlash imkoniyatiga ega boʻladilar.💪
5👍37🫡6🔥3👎2🆒1
NVIDIA aksiyalari bir oy ichida 25%ga o‘sdi.

Avgust oxiri va sentyabr boshlarida aksiyalar sezilarli pasaydi.

O‘sha vaqtda 16 ta aksiyadan sotib olgan edim, bu vaqt ichida menga 400$ foyda keltirdi.

bir voqea esimga tushdi:

27 yoshida millionerga aylangan Vivian Tun ni aytgan gaplari
Boy odamlar amal qiladigan va “mashhur bo‘lmagan” qoida:

Men oddiy oilada tug'ilganman. Ota-onam juda tejamkor va ular asosan pulni berikitib yig'ib yurishardi.

Wall Street da o‘z kareramni boshlaganimdan keyingina men boylar pul yig‘ish va tejashga unchalik ahamiyat bermasliklarini, sarmoya kiritish va boyliklarini ko‘paytirishga ko‘proq e’tibor berishlarini angladim.

@botirziyatov
6👍86🔥11👏9🆒2💯1🫡1
Forwarded from Kumush Baxtiyorzoda
🔥 Pavel Durovning shaxsiy brendi: yaxshi namuna yoki o’xshamagan strategiya?

Pavel Durov o‘zining 40 yillik umrida ko'p marta imidjini tubdan o‘zgartirdi. “VKontakte” trendda bo’lgan vaqtlarda Pavel daholigi bilan hammani lol qoldirgan “botanik” bola edi.

Shundan keyin hudida yuradigan sochsiz Pasha o’rniga hayot mazmunini anglagan, sochlari bor, dono Pavel paydo bo’ldi.

Bolgar xonimning telefonidan tarqalayotgan Pashaning “yemagan” rasmlari esa alohida mavzu...

👉 Batafsil: https://telegra.ph/Pavel-Durovning-shaxsiy-brendi-yaxshi-namuna-yoki-oxshamagan-strategiya-10-10

Bugun VKontakte va Telegram asoschisi - Pavel Durovning tug’ilgan kuni.
HBD, Pasha
🎉🎉

@kumush_baxtiyorzoda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍39😁13🆒9🤔5🔥3😱2🕊2💯1
Sun'iy intellektga bo‘lgan qiziqish pasaymoqda, xabarlarga ko‘ra, Microsoft kelgusi uch yil ichida OpenAI'ni sotib olishi mumkin.

CCS Insight bosh tahlilchisi Ben Wood Forbes nashriga bergan intervyusida shunday dedi:
Microsoft yaqin uch yil ichida OpenAI'ni sotib olishi mumkin.
Bunga sabab, sun'iy intellekt haqida shov-shuvning pasayib borayotganidir.
Woodning fikricha, katta moliyaviy imkoniyatlarga ega yirik kompaniyalar, texnologiyasi kuchli, ammo moliyaviy muammolarga duch kelayotgan sun'iy intellekt startaplarini arzonroq narxda sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

@botirziyatov
👍54😱11🆒3🏆2
Bugun 10 Dan ortiq dasturchilar bilan o'tirish bo'ldi.

Ularning ko'pchiligi 10 yildan keyin kod yozishini tasavvur qila olmaydi, ko'proq biznesga qarab yurish rejada...

@botirziyatov
👍106🔥34😁19💯11😢7🫡5👎2
NVIDIA bosh direktori Huang Jenxun, Maskning xAI kompaniyasi qisqa vaqtda Colossus klasterini qurgani uchun uni “superqahramon”ga o‘xshatdi.

xAI kompaniyasi bor-yo‘g‘i 19 kun ichida Colossus degan AI trening klasterini qurib tashlagan.
Maskning aytishicha, bu klaster 100 mingta NVIDIA H100 GPU bilan to‘ldirilgan va sanoatda rekord o‘rnatibdi.

@botirziyatov
👍42😱12🤔4🔥2🆒1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Starshipni tomosha qilgandan keyin texnologiya asoschilari:

Mana, Elon Musk uchayotgan raketalarni metall tayoqchalar bilan raketalarni havoda ushlayapti.
Biroq sizlar ikki haftada qorong'u rejimni o'zgartirish tugmasini ham yasay olmaysizlar!
Men transport tizimlarining kelajagini o'zgartirish uchun harakat qilyapman.
...

@botirziyatov
2😁89👍11🔥3😢2💯2👎1
Durov o'z kanalida Telegram Gateway (Telefon raqamini tekshirish xizmati) dan foydalanishni taklif qildi.

Oldinroq bu haqida ham post qoldirgan edim.

‼️ Telegramning o‘zi har oyda xizmatga ro‘yxatdan o‘tish va tizimga kirish uchun foydalanuvchilarni autentifikatsiya qilishga taxminan 10 million dollar sarflaydi.

Durovning aytishicha:
Narxlarimiz misli ko‘rilmagan darajada past, shuning uchun Telegram Gateway biz uchun katta daromad manbaiga aylanishiga ko‘zim yetmaydi.
Ammo umid qilamizki, ushbu tashabbus ko‘plab xizmatlar uchun xarajat va narxlarni kamaytirib, dunyoni yanada samaraliroq qiladi

@botirziyatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71😁10🔥5💯3🕊1🆒1
Dasturchi Biznes yuritish faqat kod yozish emasligini tushunganingda,
LinkedIn profiliga 'Senior Developer at ...' degan yozuv paydo bo‘la boshlaydi.

@botirziyatov
👍71😁30💯13😢6👎2🤔1
👩‍💻🧑🏻‍💻Samarqandda birinchi marta Yandex Uzbekistan dasturlash maktabi ochildi

Yandex dasturlash maktabida birinchi darslar boshlandi. Tahsil Wepro maktabi bazasida haftasiga ikki marta bir yarim soatdan ochiq darslar shaklida o‘tkaziladi.

Darslarda yuqori sinf o‘quvchilari Python dasturlash tili asoslari bilan tanishishadi. Bolalar ushbu tilning asosiy tushunchalari, konstruksiyalari va til kutubxonalarini o‘rganishadi.

Loyihada ishtirok etish to‘liq bepul. Kirish sinovlari natijalariga ko‘ra maktabga 14 kishi qabul qilindi.

Yandex dasturlash maktabi – 14-17 yoshli maktab o‘quvchilari uchun Python dasturlash tili asoslarini o‘rganishga mo‘ljallangan xalqaro loyiha. O‘zbekistonda loyiha ilk bor 2023 yilda Toshkentda o‘z ishini boshlagan. 2024 yilda dasturlash maktabi Toshkent va Urganchda ham yo‘lga qo‘yildi. Loyiha raqamli texnologiyalar vazirligi va Yandex Go ko‘magida amalga oshirilmoqda.

❗️Dasturlash maktabida yurtimizni istalgan viloyatlardan ishtirok etib, bilimlarini oshirishlari mumkin.

@botirziyatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍32👏3🕊1