Engineering Notes
2.46K subscribers
137 photos
5 files
208 links
Kanalda asosan backend engineeringga oid postlar yozib boriladi.

Ba'zi postlarda xatoliklar bor.
Postlar foydali bo’lgan bo’lsa adminni duo qilib qo’ying. Rahmat.

Contact: @Bobosher_Musurmonov
LinkedIn: https://www.linkedin.com/in/bobosher-musurmonov
Download Telegram
Engineering Notes
AMAA ketdi, faqat juda shaxsiylashib ketmaymiz )) t.iss.one/anonimsavol_bot?start=653j1xgx
Q:
chuqurroq darsliklar chiqarish niyatda bormi?

A:
Hozircha vaqt yo'q. Universitet tugasa keyin ko'ramiz.
🍾4👍2
Engineering Notes
AMAA ketdi, faqat juda shaxsiylashib ketmaymiz )) t.iss.one/anonimsavol_bot?start=653j1xgx
Q:
Dasturlashga qanday kirib kelgansiz.
self study orqali o'rganganmisiz yoki biror ustoz yordamida.

A:
Asosan ochiq manbaalardan, lekin communitydagi 3-4 kishini rosa boshini og'ritganman.
😁7👍2
Engineering Notes
AMAA ketdi, faqat juda shaxsiylashib ketmaymiz )) t.iss.one/anonimsavol_bot?start=653j1xgx
Q:
Magistratura qilnoqchimisiz? Agar ha bolsa qaysi davlatda?

A:
Hali qaror qilmadim. Lekin o'qisam katta ehtimol Yevropada.
👍2
Engineering Notes
AMAA ketdi, faqat juda shaxsiylashib ketmaymiz )) t.iss.one/anonimsavol_bot?start=653j1xgx
Q:
Leetcodedan ko'ra Codeforces yaxshiroqmi?

A:
Bilmadim, lekin menga ko'proq codeforces yoqadi. Leetcodedagi aksariyat savollar aynan bitta algo/ds atrofiga qurilgan bo'ladi, natijada o'ylaydigan, analiz qiladigan joyi nisbatan kamroq: yechimni bilasiz yoki bilmaysiz. Codeforcesda ijod qilsangiz bo'ladi ))
👍7
Engineering Notes
AMAA ketdi, faqat juda shaxsiylashib ketmaymiz )) t.iss.one/anonimsavol_bot?start=653j1xgx
Q:
DSA uchun til rol o'ynaydimi? C++ da o'rganilsa kuchli fundament bo'ladimi

A:
Aynan CP yo'nalishida yaxshi mutaxassis bo'lishni maqsad qilmagan bo'lsangiz deyarli shartmas. Men C++ni bilmayman, demak yaxshi CPer emasman ))
👍4
Engineering Notes
AMAA ketdi, faqat juda shaxsiylashib ketmaymiz )) t.iss.one/anonimsavol_bot?start=653j1xgx
Q:
Assalomu alaykum Bobosher yaxshimisiz
Matematikadan qobiliyatingiz tugʻmami yoki koʼp oʼqib shakllantirgan misiz ?

A:
1. Matematikani yaxshi bilmayman.
2. Dadam matematik.
👍12👀2
Engineering Notes
AMAA ketdi, faqat juda shaxsiylashib ketmaymiz )) t.iss.one/anonimsavol_bot?start=653j1xgx
Q:
Dasturchi uchun universitet qanchalik muhim, tajribadan kelib chiqib aytsangiz please)

A: Yaxshi universitetda o'qish juda katta foyda beradi. Lekin ular ham miyani ochib ichiga solib qo'ymaydi ))
👍6
Engineering Notes
AMAA ketdi, faqat juda shaxsiylashib ketmaymiz )) t.iss.one/anonimsavol_bot?start=653j1xgx
Q:
"startup qilaman" deb Steve Jobsga o'xshagisi kelib yuradigan dasturchilarga bir nima deb qo'ying bro. Ko'rsam asabim buzuladi doim.

A:
Omadini bersin ))
👍8😁5
Engineering Notes
AMAA ketdi, faqat juda shaxsiylashib ketmaymiz )) t.iss.one/anonimsavol_bot?start=653j1xgx
Q:
Assalomu alaykum
Hozirda discrete math o'qiyapman, matem tarafimni ko'tarish uchun. MITning Mathematics for Computer Science kursini tanladim. Buni tugatgach keyingi steplar qanday bo'lgani yaxshi deb o'ylaysiz? Foundations uchun, chunki o'zimga ko'proq fundamental bilimlar yoqadi, frameworklar abstraksiyasi bilan cheklanib qolmoqchi emasman. Shu sabab discretedan boshlagandim. Oldindan rahmat

A:
Shaxsiyga yozsangiz specificroq javob izlab ko'ramiz.
👍9
Engineering Notes
AMAA ketdi, faqat juda shaxsiylashib ketmaymiz )) t.iss.one/anonimsavol_bot?start=653j1xgx
Q:
Pythonchilaga ish chiqmayapti. Odam ruxan siqilib qolyapti. Project qilgisi ham kelmay qolyapti. Sizda shunday bolganmi hech. Qanday maslahat bera olasiz

A:
Siqilmang, rizqingiz aynan bitta til yoki yo'nalishga bog'lanib qolmagan.
👍23
Engineering Notes
AMAA ketdi, faqat juda shaxsiylashib ketmaymiz )) t.iss.one/anonimsavol_bot?start=653j1xgx
Q:
Nima deb oʻylisiz yaqin 2 yil ichida dasturlashda nimalar oʻzgaradi, nima kirib kelib, nimalar chiqib ketadi

A:
Nima chiqib ketishini bilmayman, lekin millionta yangi JS library kirib keladi ))
😁29👍2
Engineering Notes
AMAA ketdi, faqat juda shaxsiylashib ketmaymiz )) t.iss.one/anonimsavol_bot?start=653j1xgx
Q:
Kompaniyada PHP foydalanilyotgan bo'lsa-yu, lekin boshqa tilga o'tish niyati bo'lsa qaysi tilga o'tishni maslahat bergan bo'lar edingiz?

To'g'ri qolish yaxshi variant, lekin, o'tish uchun qaysi biri yaxshi. Backend uchun qaysi tilni kelajagi porloq, Rustdan boshqa ))

A:
Specific javob berish uchun context kam savolda. Lekin umuman olganda Java, .NET, Python, Go, NodeJS hammasi yaxshi variantlar.
👍11😁7
Engineering Notes
AMAA ketdi, faqat juda shaxsiylashib ketmaymiz )) t.iss.one/anonimsavol_bot?start=653j1xgx
Q:
C++ devga uylangan yaxshimi yoki Payhon?

A:
PHPchiga uylanmasangiz bo'ldi ))
😁38👍1👀1
Shunda to'g'ri tushungan bo'lsam kitobni "piratski"sini o'qish xato lekin millionta accountda free tier ishlatish to'g'rimi?
😁50🤯1
Engineering Notes
Shunda to'g'ri tushungan bo'lsam kitobni "piratski"sini o'qish xato lekin millionta accountda free tier ishlatish to'g'rimi?
Tepadagi post bo'yicha.

Shunday qilish mumkinmi? Albatta mumkin, umuman olganda bir qancha account ochib ishlatishga hech qanday qonuniy cheklov yo'q.

Lekin shunday qilish to'g'rimi? Absolyutno yo'q, bu ochiqchasiga muallifning mehnatiga tupurish.

Free trialning ma'nosi "ozgina vaqt tekinga ishlatib ko'r, yoqsa olasan yoqmasa yo'q" degani, "ozgina ishlatib ko'r, ertaga boshqa kiyimda kelib yana ozgina ishlatib ko'r" emas. Free trial taklif qilinishiga sabab ko'pchilik o'zi umuman bilmaydigan yoki oldin ishlatib ko'rmagan mahsulot/servisni srazu katta pulga sotib olmaydi, ozgina vaqt tekinga foydalanib ko'rib keyin qaror qilishi klientning cho'ntagi uchun ham biznesning reytingi uchun ham foydali.

Yana bir gap, hech qaysi platformada "bir kishi bir marta free trial ishlatishi mumkin" degan qoida alohida yozilmagan. Bunday deb yozishning o'zi kulgili, sababi free trialning tepadagi ma'nosi bo'yicha bir kishiga faqat bir marta berilishi ochiqchasiga ko'rinib turibdi. Qolgani insof, vijdonning hududi va bu har kimning o'zining ishi.

Xullas, O'zbekistonda xizmat ko'rsatish madaniyati haqida ko'p noliymizku-ya, lekin menimcha iste'molchilik madaniyati bizda aslida kattaroq muammo.
👍16👀3