Vashington kundaligi
4.09K subscribers
564 photos
198 videos
4 files
821 links
Download Telegram
"SpaceX" raketasi uchun dvigatel yasagan o'zbekistonlik

Tanishing: "SpaceX" va "Blue Origin" kosmik kompaniyalarining samoga parvoz qilayotgan raketalari uchun birinchi dvigatelni qurishda ishtirok etgan o'zbekistonlik Maqsud Ismoilov.

U AQShga kelganida dastlab avtomobil ustaxonasida balon almashtiruvchi bo'lib ishlagan. Keyin AQShning eng nufuzli oliy o'quv yurtlaridan birida raketa dvigatellari bo'yicha doktorlik ishini yoqladi. Uzoq yillar "SpaceX", "Blue Origin" kabi AQShning eng yirik xususiy fazo kompaniyalarida ishladi.

Bugun u "Rocket Propulsion Systems" deb nomlangan o'z kompaniyasiga ega. NASA bilan hamkorlikda yangi turdagi raketa dvigatellarini yaratish ustida ishlamoqda.

Orzuim Sietldan Toshkentgacha yetib borish uchun ketadigan 24 soatlik sayohat vaqtini 45 daqiqaga tushirish, deydi u. Uning kompaniyasi shu imkoniyatni taqdim etuvchi yangi avlod dvigatellarni oddiy samolyotlarga o'rnatish ustida ishlamoqda.

To'liq lavhani quyida tomosha qiling.

@bmamadiev
Rossiya Qora dengizdagi portdan Qozog'iston neftining xorijga eksport qilinishini taqiqlabdi. Bu ishni amalga oshiruvchi kompaniya portdagi xavfsizlik qoidalariga rioya qilmagani bahona qilib ko'rsatilgan.

Qozog'iston xorijga sotadigan neftining 80 foizini quvur orqali shu portdan jo'natadi va bu miqdor bir kunda 1-1,5 million barrelni tashkil qiladi.

So'nggi paytlarda Kremlga xush yoqmaydigan bayonotlarni berib kelayotgan Qozog'iston Rossiyadan shu tariqa javob oldi. Bu faqat boshlanishi, ya'ni ogohlantiruvchi signal bo'lsa, ajab emas.

Ayni paytda bu ish G'arbning neft ta'minotidagi beqarorlikni yanada oshiradi.

Bu siyosiy qaror ekani aniq va bu chora orqali Putin bir o'q bilan ikkita quyonni urmoqchi:

1) Shundoq ham neft narxi qimmat va beqaror bo'lgan bir paytda xalqaro bozordagi qora oltin hajmini yanada kamaytirib, G'arbni jazolash;

2) Qozog'istonni jazolash.

@bmamadiev
Yaponiya sobiq bosh vaziri Shinzo Abening otib o'ldirilishi katta shov-shuvlarga sabab bo'ldi. Nafaqat sobiq hukumat rahbarining o'ldirilishi, umuman, qurol zo'ravonligi Yaponiyadek jamiyatda deyarli umuman uchramaydigan holat.

Bu voqea fonida AQShda yana qurol zo'ravonligi masalasi muhokama markaziga chiqyapti.

AQShdagi kabi Yaponiyada ham oddiy fuqarolarga qurol sotib olish va saqlashga ruxsat berilgan, ammo cheklovlar ancha keskin. Balki shu boisdir, qurol sotib oladigan fuqarolar soni Yaponiyada AQShga qaraganda ancha kam.

Solishtirish uchun: AQShda aholi orasidagi qurollar soni har 100 ta odamga 120 ta to'g'ri keladi. Bu degani, ba'zi odamlar bir emas, bir nechta qurolga egalik qiladi. Yaponiyada esa bu ko'rsatkich bor-yo'g'i 0,25. Boshqacha aytganda, Yaponiyada har 400 ta odamga bitta qurol to'g'ri keladi.

Qurol zo'ravonligi bo'yicha raqamlar bundan ham dahshatli. 2021-yil AQShda kamida 45 ming odam (!) qurol zo'ravonligi qurboni bo'lgan. Shu yili Yaponiyada faqat bitta odam qurol qo'llanishi oqibatida o'lgan.

@bmamadiev
Bolaligimda men eng ko'p yaxshi ko'rgan ikkita bayram bo'lardi: yangi yil va hayit kunlari.

Yangi yil, asosan, kechqurun bo'ladigan ziyofati bilan biz bolalar uchun sevimli edi. Hayitning gashti esa baribir boshqacha bo'lgan...

Har ikki hayitda, erta tongda onam sandiqdan yangi kiyim olib, biz uchta aka-ukani kiyintirar edi. Har hayitda, albatta, nimadir yangi kiyim kiyar edik.

Bir kun avval, arafa kuni kechqurun bundan ham yoqimliroq edi. Dadam uchalamizga hayitlik uchun pul berardi. Ertasiga yangi kiyim va hamyonda 10-15 so'm pul bilan saylga borardik: katta bozor, shirinliklar, o'yin-kulgi. Dadamdan olgan pulni shu yerga borib ishlatar edik.

Sayldan chiqib birin-ketin qarindoshlarni ziyorat qilishga o'tardik. Tog'a va amakilarimizdan yana hayitlik puli olardik.

Hozir ham bu odatlar bormi-yo'qmi, bilmayman. Lekin o'sha kunlarni sog'inaman...

Qurbon hayitingiz muborak bo'lsin, azizlar!

@bmamadiev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shri-Lankada hokimiyat ag’darildi. Olomon prezident saroyini egallab oldi. Bosh vazir qarorgohiga o’t qo’yilgan.

Mamlakat tashqi qarzi ko’payib, belgilangan to’lovlarni o’z vaqtida to’lay olmagani bois defoltga uchragan edi.

Mamlakatda inflyatsiya kuchaygan, oziq-ovqat, energiya tanqisligi odatiy holga aylangan. Natijada aholi g’alayon boshlagan.

Prezident mamlakatdan qochib ketgani aytilmoqda.

@bmamadiev
Shri-Lanka bu holatga qanday tushib qoldi?

Shri-Lankada to'polonlar ortidan bosh vazir Ranil Vikramasingxe va prezident Gotabaya Rajapaksa shanba kuni iste'foga chiqishga rozi bo'ldi. Mamlakat bu kunlarga qanday kelib qoldi?

Bu savolga ikkita so'z bilan javob berish mumkin: korrupsiya va layoqatsiz boshqaruv.

Rajapaksa 2019-yilda prezident etib saylanganidan so‘ng mamlalat tarixidagi eng katta soliq imtiyozlarini e'lon qildi. Natijada mamlakat g'aznasi yiliga kamida 1,4 milliard dollar yo'qotishga uchradi. Tashqi qarzlar miqdori esa oshib bordi.

Xalqaro reyting agentliklari mamlakat reytingini pasaytirgandan so'ng hukumat soliq imtiyozlarini bekor qilishga majbur bo'ldi, ammo chetdan qarz olish allaqachon qimmatroq bo'lib ulgurgan edi.

Noto'g'ri siyosat faqat bu bilan tugamaydi.

O'tgan yili prezident Rajapaksa ximikatlardan xoli organik mahsulotlar yetishtirish da'vosi bilan kutilmaganda kimyoviy o'g'itlar importini taqiqlab qo'ydi. Bu esa qishloq xo'jaligi sektorini deyarli ishdan chiqardi va sholi ekish keskin kamaydi. Keyinroq bu qaror ham bekor qilindi. Ammo endi ancha kech edi. Dehqonchilikni qayta rivojlantirish uchun yana xorijdan qarz olindi.

Global pandemiya muhim daromad manbai bo'lgan turizmni ham to'xtatib, mamlakat yillik 3 milliard dollarlik tushumdan ayrildi.

Mahalliy valyuta 80 foiz qadrini yo'qotdi. Hozir mamlakatda oziq-ovqat, gaz, sut va hatto hojatxona qog'ozini import qilish uchun ham deyarli pul yo'q. BMT ma'lumotiga ko'ra, oziq-ovqat inflyatsiyasi Shri-Lankada 57 foizdan oshgan.

Davlatning qancha qarzi bor?

Shri-Lankaning 51 milliard dollar tashqi qarzi bor va bu qarzlar uchun foizlarni to'lash uchun hukumatda pul yo'q. Mamlakat hozirda Hindistondan olingan 4 milliard dollarlik kredit liniyasi bilan kun ko'ryapti. Yana defoltga uchramaslik uchun bu yil faqat qarz foizlarining o'ziga 7 milliard dollar to'lash kerak. Hukumat Xalqaro Valyuta Jamg'armasidan (XVJ) 3 milliard dollar favqulodda kredit so'ragan. XVJ buning uchun soliq va foiz stavkalari oshirilishini talab qilmoqda. Shri-Lanka, shuningdek, "Katta yettilik" va Xitoy bilan qarzlarni qaytarish shartlarini yumshatish choralarini muhokama qilmoqda.

Iqtisodiy halokat xavfi bilan yuzlashayotgan faqat Shri-Lanka emas

Tashqi qarz yuki ostida defolt xavfi bilan yuzlashayotgan mamlakatlar soni ortib bormoqda. Salvador, Gana, Misr, Tunis, Pokiston kabi bir qator mamlakatlarda shunday xavf yuqori ekani aytilmoqda.

Kelayotgan oylar va yillarda pandemiya, Ukraina urushi bilan bog'liq iqtisodiy muammolar, inflyatsiya, iqtisodiy turg'unlik xavfi ko'plab rivojlanayotgan davlatlar uchun iqtisodiy vaziyatni yanada og'irlashtiradi.

Bunday sharoitda hukumatlar imkon qadar imtiyozlarni, davlat xarajatlarini kamaytirishi kerak. Qarz olishda yetti o'lchab bir kesish va olingan qarz optimal tarzda ko'zlangan maqsadlar uchun ishlatilishi juda muhim. Xalqqa yoqadigan populistik, qisqa muddatli siyosatlardan, imtiyozlardan tiyilib, uzoq muddatda iqtisodiyotni rivojlantiradigan rejalar ustida ishlash kerak. Davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki maksimal darajada qisqartirilishi lozim.

@bmamadiev
AQShda inflyatsiya keskin o'sishda davom etmoqda. O'tgan yilning shu davriga nisbatan iyun oyida Amerikada iste'mol tovarlari narxi 9,1 foizga oshgan. Bu 1981-yil noyabrdan beri kuzatilgan eng katta o'sish.

Oyma-oy hisoblaganda, may oyiga qaraganda iyunda inflyatsiya 1,3 foizga oshgan. Bu 2005-yildan beri yuz bergan eng katta oylik o'sish.

Shu oy oxirida AQSh Markaziy banki inflyatsiyani jilovlash uchun moliyalash stavkasini yana 0,75 miqdor foiz darajasida oshirishi kutilyapti.

@bmamdiev
Bugun AQSh dollari va yevro qadri bir-biri bilan tenglashdi: bir yevro bir dollar qiymatiga ega bo'ldi. Yil boshida 100 yevro qariyb 114 dollar edi.

Har doim yevroning qadri dollardan baland yurgan. Bundan oldin faqat 2000-yillar boshida, yevro muomalaga endi kiritilgan payt bu ikki valyuta qadri bir-biri bilan tenglashgan edi.

Nega yevroning qadri tushib, aksincha, dollar kuchayib bormoqda?

Dollar har doim davlatlar va fuqarolar uchun zaxirada saqlanadigan birinchi raqamli valyuta bo'lib kelgan. Ayniqsa, iqtisodiy va moliyaviy beqarorlik bo'yicha xavotirlar oshgan paytda hamma dollardan panoh topishga urinadi. Hamma narsaning narxi tushib ketadi, lekin dollarga hech narsa qilmaydi, degan ishonch uning qadrini doim baland ushlab turadi.

O'tgan bir yil ichida dunyoda siyosiy va iqtisodiy beqarorlik kuchaygani bois deyarli barcha rivojlangan davlatlar valyutalari qadrsizlandi. Yevro yil boshiga qaraganda bugun 11 foizga arzonlagan. Dollar esa, aksincha, 16 foizga qimmatlagan.

@bmamadiev
“Java” degan yangi anonim qo’shiqchi chiqibdimi? Yoki u anchadan beri bormidi?

Dunyo seni tog’angmas” qo’shig’i yomon emas.

Menincha, yuz imijini sal o’zgartirishi kerak. Anonim qolish asosiy maqsad bo’lsa, bint o’rashdan ko’ra niqob taqqani yaxshiroq. Ham pandemiya davriga mos, ham boshqa ramziy ma’nolari bor.

@bmamadiev
"Twitter" kompaniyasi Ilon Maskni sudga berdi. Sababi - Mask "Twitter"ni sotib olishdan bosh tortmoqda.

Butun dunyoda shov-shuv qilib, u aprel oyida ijtimoiy tarmoqni 44 milliard dollarga sotib olishga va'da bergan edi. Tomonlar orasida rasman kelishuv ham tuzilgan. Ammo Mask endi so'zidan qaytyapti.

Kelishuvga ko'ra, agar Mask sotib olish bo'yicha va'dasini bajarmasa, "Twitter"ga bir milliard dollar evaz to'lashi kerak.

Aytgancha, bu orada "Twitter" sayti ishlamay qoldi.

@bmamadiev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Meksikadan AQSh hududiga noqonuniy o'tayotganlar. Ular orasida o'zbeklar ham bo'lsa, ajablanmayman.

@bmamadiev
"Google" kompaniyasi aksiyasi bugun 20 ga bo'lindi. Bu haqda avvalroq e'lon qilingan edi, shu bugun amalga oshdi.

Hisobingizda bir dona aksiya bo'lsa, endi u 20 taga aylandi. Ayni paytda bo'linish ortidan bitta aksiya narxi $112 atrofida baholanmoqda.

@bmamadiev
Call for Volunteers for Uzbekistan: Conversational English Language Instructors

American Uzbekistan Association (AUA) is currently looking for volunteers among U.S. citizens to work as Conversational English Language Instructors at the Ulugbek School based in the city of Qarshi, Uzbekistan. The volunteer will be based in Qarshi, Uzbekistan and the Ulugbek school will be the host organization. Additional information on the program, host organization and application instructions are available here: https://docs.google.com/document/d/1SpwnqLxGzDIpCff1o25RD-xCsZwN2w59HcspYckxyDY/edit?usp=sharing

Interested candidates should submit the online application and CV to [email protected] by 11:59pm (EST) on August 8, 2022.
For specific questions, please contact Mirjahon Turdiev at [email protected]
Dunyo borgan sari isib bormoqda. Keskin issiq ob-havodan, ayniqsa, shaharlar aholisi ko'p aziyat chekadi.

Nega aynan shaharlar? Issiqning salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun nima qilish kerak? Shu haqda tayyorlangan lavhani tomosha qiling:

https://www.youtube.com/watch?v=LPKxdkPzcps

@bmamadiev
Istanbulda Ukraina bug'doyini jahon bozoriga to'siqsiz olib chiqish bo'yicha Ukraina va Rossiya vakillari o'rtasida bitim imzolandi. Shu paytgacha Rossiya dengiz yo'lini to'sib qo'ygani uchun Ukraina g'allani eksport qila olmayotgan edi. Bu esa dunyoda oziq-ovqat tanqisligi va narx-navoning oshishiga sabab bo'ldi.

Ayni paytda Rossiya ham o'z g'allasi va kimyoviy o'g'itlarini dunyo bozorida cheklovlarsiz sotishiga ruxsat berilgan.

@bmamadiev
Maymunchechak bo'yicha global favqulodda holat e'lon qilindi

Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti maymunchechak kasalligi tarqalishi bo'yicha vaziyatni Jamoat sog'ligi uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda holat deb e'lon qildi. Ikki yil burun aynan koronavirus bo'yicha shunday qaror qabul qilingan edi.

Hozir dunyo bo'ylab 75 mamlakatda 16 500 dan ortiq maymunchechak kasalligi aniqlangan. Bu xastalik, asosan, teriga toshmalar chiqishi va tumovga yaqin alomatlar bilan kechadi. Uning yuqumlilik darajasi koronavirusga qarangada ancha past bo'lib, odamdan odamga, asosan, teri orqali o'tadi.

Bemorlarning katta qismi erkaklar ekani va kasallik, ko'pincha, bir-biri bilan jinsiy aloqa qiluvchi erkaklar orasida uchrayotgani qayd qilingan.

@bmamadiev
An'ana davom etadi: Erdog'an to'rt yildan beri peshqadamlikni qo'ldan bermayapti.

@bmamadiev
"Tesla", "Space X" va yana boshqa ko'plab kompaniyalar asoschisi Ilon Maskga oid yana bir mashmasha o'rtaga chiqdi. "Wall Street Journal"ning yozishicha, Mask yaqin do'sti, "Google" kompaniyasi asoschilaridan biri Sergey Brinning xotini bilan bir muddat don olishib yurgan. Brin ayni paytda xotini bilan ajrashish jarayonida.

Hodisa 2021-yil oxirlarida yuz bergani aytilmoqda. Mask qilg'iliq uchun tiz cho'kib Brindan kechirim so'ragan, deb yozmoqda nashr.

Ilon Mask dunyoning eng boy odami bo'lib, boyligi 240 milliard dollar atrofida. Sergey Brin esa 95 milliard dollar bilan dunyoning 8-eng boy odami hisoblanadi.

@bmamadiev
AQSh iqtisodiyoti 2-chorakda 0,4 foiz o'sgani aytilmoqda. Shu bilan mamlakatda iqtisodiy turg'unlik boshlangani haqidagi xavotirlar rasman tasdiqlanmadi.

1-chorakda AQSh iqtisodiyoti 1,4 foizga qisqargan edi. Ketma-ket ikki chorakda iqtisodiyotning qisqarishi mamlakatda iqtisodiy pasayish boshlanganini bildiradi.

@bmamadiev
Vashington kundaligi
AQSh iqtisodiyoti 2-chorakda 0,4 foiz o'sgani aytilmoqda. Shu bilan mamlakatda iqtisodiy turg'unlik boshlangani haqidagi xavotirlar rasman tasdiqlanmadi. 1-chorakda AQSh iqtisodiyoti 1,4 foizga qisqargan edi. Ketma-ket ikki chorakda iqtisodiyotning qisqarishi…
Taxminlar o’zini oqlamadi. Hozirgina AQSh Savdo vazirligi chiqargan rasmiy ma’lumotga ko’ra, o’tgan chorakda AQSh iqtisodiyoti o’smagan, aksincha, 0,9 foizga qisqargan.

Ketma-ket 2-chorakda iqtisodiyotda pasayish kuzatilyapti. Bu mamlakatda texnik iqtisodiy turg’unlik boshlanganini bildiradi. Ammo buni ham shu masala uchun mas’ul olimlar guruhi rasman e’lon qilishi kerak.

@bmamadiev