Bexato
14.3K subscribers
27 photos
13 links
@bexatobot rasmiy yangiliklar kanali.

Qo'llab-quvvatlash: https://tirikchilik.uz/bexatobot
Download Telegram
Toʻgʻri variantni tanlang
Anonymous Quiz
45%
Estalik
55%
Esdalik
👎1
Toʻgʻri variantni tanlang
Anonymous Quiz
61%
Jonzot
39%
Jonzod
Toʻgʻri variantni tanlang
Anonymous Quiz
19%
Junbishga kelmoq
81%
Junbushga kelmoq
👎2
Sinonimlar lugʻati

- Chiroyli;
- Goʻzal;
- Husndor;
- Husnli;
- Xushroʻy;
- Koʻhlik;
- Koʻrkam;
- Barno;
- Suluv;
- Zebo;
- Latofatli;
- Sohibjamol.
Sinonimlar lugʻati

- Xunuk;
- Badbashara;
- Badburush;
- Badqovoq;
- Tasqara;
- Bedavo;
- Taʼviya;
- Beoʻxshov;
- Besoʻnaqay;
- Sovuq;
- Badsurat;
- Nadomat.
👍2
Toʻgʻri variantni tanlang
Anonymous Quiz
13%
Subuh
77%
Subh
10%
Subih
Toʻgʻri variantni tanlang
Anonymous Quiz
92%
Birodar
8%
Birovdar
Toʻgʻri variantni tanlang
Anonymous Quiz
15%
Maza
48%
Mazza
38%
Ikkalasi ham toʻgʻri
👍2
Toʻgʻri variantni tanlang
Anonymous Quiz
37%
Kista
63%
Kissa
Toʻgʻri variantni tanlang
Anonymous Quiz
22%
Muhum
78%
Muhim
Toʻgʻri variantni tanlang
Anonymous Quiz
30%
Olijanob
70%
Oliyjanob
👎1
Toʻgʻri variantni tanlang
Anonymous Quiz
65%
Avf
35%
Afv
👎7👍1
Toʻgʻri yozilgan variantni tanlang.
Anonymous Poll
63%
Iftorlikka kelasizmi?
37%
Iftorlikga kelasizmi?
👍1
Toʻgʻri variantni tanlang
Anonymous Quiz
80%
Taroveh
20%
Tarovih
👍1👎1
Mujgon(mijgon) - bu...
Anonymous Quiz
20%
Qorachigʻ
46%
Kiprik
19%
Koʻz yoshi
15%
Koʻz
Yuziga qarama, fazilatiga qara

“Devonu lug‘atit turk” maqollaridan
 
Azgulukni suv azaqinda kemish bashinda tila – Xalqqa yaxshilik qil, uni suv tagiga tashlasang-da, suv ustida ko‘rasan. Boshqa ma’nosi – ovqat-nonni daryo tagiga tashlasang ham, ustida topasan.
 
Barig‘ o‘tru tutsa, yo‘qqa sanmas – Dasturxonga boringni qo‘ysang, mehmon yo‘qqa sanamas.
 
Tilin tugmishni tishin yazmas – Til bilan tugilganni tish bilan yechib bo‘lmaydi.
 
So‘kushub urushur, o‘rta to‘n titishur – So‘kishdan urishish boshlanadi. O‘rtada to‘n yirtiladi.
 
Ikki bug‘ra ikashur, o‘tra ko‘gakun yanchilur – Ikki ayg‘ir olishadi, oralarida so‘na halok bo‘ladi.
 
Kuch aldin kirsa, to‘ru tungluktan chiqar – Zulm eshikdan kirsa, insof tuynukdan chiqadi.
 
Evlik to‘yg‘ursa, ko‘zi yo‘lqa bo‘lur – Uy egasi mehmonni to‘ydirsa, mehmon ketishga otlanib, ko‘zi yo‘lda bo‘ladi.
 
Kichikda qatig‘lansa, ulg‘azu sevnur – Yoshlikda tirishib harakat qilgan odam ulg‘aygach sevinadi.
 
Bip qarg‘a bipla qish kelmas – Bir qarg‘a bilan qish kelmaydi.
 
Tutushmagincha tuzulmas, tubirmagincha achilmas – Urushmaguncha, qarshilashmaguncha yarash bo‘lmaydi, shamol qo‘zg‘olmaguncha havo ochilmaydi.
 
Elik tutg‘incha o‘t tut – Kafil bo‘lgandan olovni ushlagan yaxshidir. Chunki kafil bo‘lgan kishi so‘ng attang qiladi.
 
Evak evga tegmas – Shoshgan kishi uyiga yeta olmaydi.
 
Kuz keligi yazin belko‘rar – Kuzning kelishi yozda ma’lum bo‘ladi.
 
Ko‘kka sag‘ursa, yuzga tushur – Osmonga tupursa, yuzga tushar.
 
Mush yaqriqa tegishmas, ayur: “Kishi nengi yarashmas” – Mushuk mixga osilgan yog‘ga yetolmay: “Birovning moli yarashmaydi”, deydi.
 
Erdamsizdan qut chertilir – Odobsiz kishidan baxt va davlat ketadi.
 
Tag‘ tag‘qa qavushmas, kishi kishiga qavushur – Tog‘ tog‘ bilan uchrashmaydi, odam odam bilan uchrashadi.
 
Tevey silkinsa, eshakka yo‘k chiqar – Tuya silkinsa, undan bir eshakning yuki chiqadi.
 
Yug‘urqanda ortuq ayaq kusulsa ushiyur – Odam oyog‘ini ko‘rpasidan ortiq uzatsa, oyog‘i uvishadi, sovuq qotadi.
 
Tayg‘an yugurganni tilku sevmas – Yugurik tozini tulki sevmaydi.
 
Evak singak sutka tushur – Shoshqaloq pashsha sutga tushadi.
 
Tatsiz turk bo‘lmas, bashsiz bo‘rk bo‘lmas – Boshsiz bo‘rk bo‘lmagani kabi forssiz turk bo‘lmaydi.
 
Yuzga ko‘rma, erdam tila – Yuziga qarama, fazilatiga qara.
 
Tikmagincha unmas, tilamagincha bo‘lmas – Ekilmaguncha hosil unmaydi, maqsad esa ketidan yurib istalmaguncha qo‘lga kirmaydi.
 
 
© Orif Tolib
Bexato
Toʻgʻri variantni tanlang
"Tarovih" va "Taroveh"

Bir so‘zning lug‘atlarda turlicha berilishi savodxonlikka salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi jihatlardan biridir. "Tarovih" so‘zi imlosida shunday muammo bor.

2013-yili nashr etilgan imlo lug‘ati, izohli lug‘at, etimologik lug‘at, Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati, "Boburnoma" uchun tuzilgan lug‘at, milliy ensiklopediyada bu so‘z "tarovih" shaklida berilgan.

Ammo 1976 yilgi va 1995 yilgi imlo lug‘atlarida "taroveh" shaklida yozilgan.

Ko‘p lug‘atlarda "tarovih" ko‘rinishida berilgani, bu tarzda yozish asliyatga ham mos kelishini inobatga olib va so‘nggi chiqqan imlo lug‘atlariga tayanib, so‘rovnomada tarovih varianti to‘g‘ri deb belgilangan edi.

Bu so‘z og‘zaki nutqda taroveh tarzida ko‘p ishlatiladi. Men shu shaklni ham tarovihning variantdoshi sifatida lug‘atlarga kiritish tarafdoriman.

Lug‘atshunoslar esa foydalanuvchilarni ikkilantiradigan bunday holatlarga barham berishlari zarur.

Tarovih arabcha "taravihu" – "tarviha" so‘zidan, o‘zbek tiliga tovush o‘zgarishiga uchragan holda o‘tgan. Asliyatonlarim olish, hordiq onlari" ma’nosini anglatadi. "Ibodat" ma’nosida esa asliyatda ham, o‘zbek tilida ham xufton namozidan keyin o‘qiladigan sunnat namozni anglatadi. To‘rt rakat o‘qib, ortidan dam olingani uchun bu namoz "tarovih" deb nomlangan.

© Orif Tolib
👍2
Toʻgʻri variantni tanlang
Anonymous Quiz
17%
Muloqod qilmoq
83%
Muloqot qilmoq
👎1
Toʻgʻri variantni tanlang
Anonymous Quiz
12%
Asqatadi
88%
Asqotadi